|
O’zbеkistоn rеspublikаsi
|
bet | 28/64 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #139436 |
Bog'liq Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)Islom ta'limoti. Islom so‘zining Arab tilidagi lug‘avviy ma'nosi – taslim bo‘lish, bo‘ysunish, istilohda esa yagona Allohga bo‘ysunish ma'nolarini beradi. Islom dini ta'limoti bo‘yicha Muhammad payg‘ambar avvvalgi (o‘rta er havvzasi tsivilizasiyasida ma'lum bo‘lgan) payg‘ambarlar ishini davvom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar ( Xotam al-anbiyo‘) – Nabiy va Rasul deb tan olinadi.
Islomning asosiy shartlari hisoblanmish besh rukn quyidagilardir:
1) imon;
2) namoz;
3) zakot;
4) ro‘za;
5) haj;
Imon masalasida Islomda ( Ahl as-sunna, shi'alar, xavvorijlar ichida) avvvalgi davvrda turli maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha rivojlanib kelmoqda. Ba'zi ta'limotlar (masalan, mu'tazila, murji'a) yo‘qolib, yangi teologik maktablar paydo bo‘lgan. Shuningdek, ko‘p hollarda alohida olingan mashhur mutafakkir-ulamoning shaxsiy yo‘li ( mazhabi) o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ahl as-sunna va-l-jamoa ichida klassik davvrda ikki asosiy maktab – moturidiylar va ash'ariylar kuchli mavvqega ega bo‘ldilar. Masalan, moturidiylar nazdida aqida masalalarida quyidagicha fikr mavvjud:
«Imon» so‘zining lug‘avviy ma'nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa « La ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh»(«Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad – Allohning payg‘ambari») kalimasini til bilan aytib ( al-iqror bi-l-Lison), dil bilan tasdiqlash ( at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur ta'limot boshqalaridan imon masalasida amal ni imon dan alohida hisoblashi bilan farqlanadi. Imonning etti sharti bor. Ular: – Allohning borligi va birligiga imon keltirish, ya'ni Allohning Qur'oni karimda va Muhammad payg‘ambar hadislarida bayon qilingan barcha ism lari va sifat lariga imon keltirish. Ibodat qilish va sig‘inishga undan o‘zga loyiq zot yo‘q deb bilish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish. Qur'onning «al-Ixlos» surasida Alloh taoloning yagonaligi shunday ta'riflanadi: «Aytgin (Ey, Muhammad payg‘ambar): Alloh yagonadir, beniyozdir (hech kim va hech narsaga muhtoj emas, balki barcha unga muhtojdir), tug‘magan, tug‘ilmagan va uning tengi yo‘qdir» (Qur'on, 112:1-4); – farishtalarning borligiga imon keltirish. Farishtalar ( Malo‘ika) Allohning nurdan yaratgan, uning buyruqlarini so‘zsiz bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan Jabroil, Mikoil kabi buyuk farishtalarning nomlari Qur'onda zikr etilgan. Jabroil farishtaning vazifalaridan biri payg‘ambarlarga Allohning vahy larini etkazish bo‘lgan. Farishtalardan ba'zilari odamlar bilan doim birga bo‘lib, ularning yaxshi va yomon ishlarini yozib boradilar. Qur'onda ular « Kirom kotibun»( mukarram kotiblar) deb zikr etilgan (Qur'on, 82: 10-12). Bundan tashqari, tafsir kitoblarida Isrofil, Azro‘il nomli farishtalarning ismlari qayd etilgan. Qur'on va hadislarda farishtalar haqida juda ko‘p erda so‘z yuritilgan. Ularga ishonish imonning shartlaridandir; – ilohiy kitoblarga imon keltirish. Alloh Muhammad payg‘ambarga Qur'onni nozil qilganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Ulardan bizga ma'lum bo‘lganlari: Ibrohim payg‘ambarga «sahifalar», Muso payg‘ambarga «Tavvrot», Dovud payg‘ambarga «Zabur» va Iso payg‘ambarga berilgan «Injil» kitoblaridir. Ulardan boshqa payg‘ambarlarga yuborilgan kitoblar haqida Qur'on va hadislarda xabar berilmagan.
Yuqorida nomlari zikr etilgan kitoblarning barchasi Qur'onda Alloh tomonidan nozil qilingan deb ta'kidlanganligi sababli ularga shunday deb ishonish imonning shartlaridan hisoblanadi. Islom ta'limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli Qur'on ularning ta'limotini tiklab kelgan; – payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish. Alloh insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlar yuborgan. Barcha payg‘ambarlar bir zanjirning bo‘g‘inlari kabidirlar. Qur'onda 25 payg‘ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming ekanligi bayon qilingan. Musulmonlar uchun ulardan Qur'onda nomi zikr qilingan va zikr qilinmaganlarning barchasiga barobar imon keltirish shart; – oxirat kuniga ishonish. Dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi uning intihosi ham bor. Islom ta'limotiga ko‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savvob ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavvjud. Qiyomat kuniga va oxirat hayotiga ishonish Islomning asosiy g‘oyalaridandir; – taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga e'tiqod qilish.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Islomning ma'nosi « taslim bo‘lmoq»dir. Shunga binoan, inson hayotda ro‘baro‘bo‘ladigan barcha yaxshi-yomon ishlarni o‘zi uchun Alloh tomonidan belgilangan sinov va imtihon deb bilishi lozim. Yaxshiliklarga shukur qilmog‘i, qiyinchilik va mashaqqatlarga sabr qilmog‘i imonning shartlaridan hisoblanadi; – o‘limdan keyin qayta tirilishga ishonish. Islom ta'limotiga ko‘ra, qiyomat kuni bo‘lganda barcha insonlar qabrdan turadilar va mahshargoh maydoniga yig‘iladilar. U erda barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do‘zax)ga mahkum etiladilar. Namoz Islomda imondan keyin musulmonlar ustiga farz qilingan ikkinchi amal hisoblanadi. Qur'oni karimda namozga qat'iy buyruqlar kelgan bo‘lib, uning ba'zi shartlari bayon etilgan. Namozning vaqti, miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. Bu masalada turli mazhablarda ba'zi farqlar bor. Har kuni besh vaqt namoz: bomdod – (tong otishidan kun chiqquniga qadar), peshin – (quyosh tikkadan oqqanidan to biron narsaning soyasi o‘z bo‘yiga ikki barobar kelguniga qadar), asr – (peshin vaqti chiqishi bilan to quyosh to‘liq botgunga qadar), shom – (quyosh to‘liq botganidan ufqdagi qizillik yo‘qolguniga qadar), xufton – (shom vaqti chiqqanidan tong otguniga qadar) ado etiladi. Zakot «poklash» ma'nosini bildiradi, ya'ni ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir qismini (2,5 %) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga etgan badavvlat kishilar uchun farz etilgan. Zakot etim-esir, beva-bechoralar, musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo‘lida yurganlar, zakot yig‘uvchilarga beriladi. Zakot hijriy hisob bilan bir yil davvomida ishlatilmay turgan yoki shaxsiy ehtiyojdan tashqari xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan mablag‘dan beriladi. Zakot islomdagi ijtimoiy himoyalashning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Bu jamiyat taraqqiyoti, tinch va osudaligi yo‘lida katta ahamiyat kasb etadi. Ro‘za yilda bir oy – hijriy qamariy kalendarning Ramazon oyi davvomida kunduz kunlari eyish-ichish va jinsiy aloqada bo‘lishdan tiyilish. Ro‘za hijrat ning ikkinchi yili farz bo‘lgan. Bu ibodat kasal yo safarda bo‘lgan kishilardan boshqa kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi. Sababsiz ro‘zani buzgan kishi uning kafforati sifatida ikki oy paydar-pay ro‘za tutishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, ro‘za Ramazondan tashqari oylarda ham tutilishi mumkin. Masalan, nafl ro‘za yoki qasamni buzishdagi kafforat ro‘zasi tutiladi. Haj qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka'bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj Zulhijja oyining sakkizinchi kunidan boshlanadi. Haj qilishning uch turi mavvjud: «ifrod» – faqat haj amallari bajariladi, «qiron» – haj va Umra amallari oldinma-ketin bajarilai, «tamattu'« – avvval Umra qilinib, ehromdan chiqiladi va Zulhijja oyining sakkizinchi kuni ehromga kirib, haj ruknlari ado qilinadi. Hajning farzi uchta: ehrom bog‘lab niyat qilmoq, Arafotda turmoq, Ka'bani tavvof qilmoq. Islom dinida yuqorida birinchi rukn sifatida zikr qilingan imon va boshqa e'tiqod masalalari – ilm al-aqo‘ID (ilohiyot) ilmida o‘rganilsa, keyingi to‘rt masala – ibodat masalalari boshqa ko‘pgina savvollar bilan ilm al-fiqh (diniy qonunshunoslik) doirasida bayon qilinadi va o‘rganiladi.
|
| |