|
O‘tilgan mavzu bo‘yicha savvollar
|
bet | 24/64 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #139436 |
Bog'liq Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)O‘tilgan mavzu bo‘yicha savvollar
1. Ilk buddizm ta'limoti nimalardan iborat?
2. Buddizm amaliyotida meditasiya qanday o‘rin tutadi?
3. Xinayana va Maxayana orasidagi asosiy farqlar nimalardan iborat?
4. Buddizm o‘zga tsivilizasiyalar ichiga qanday kirib borgan?
5. Hozirgi Yaponiya hayotida buddizm qanday o‘rin egallaydi?
6. Lamaizm qaysi davvrda vujudga keldi?
7. Lamaizmning Rossiya Federasiyasida tutgan maqomi qanday?
8. Markaziy Osiyoda buddizm tarixini o‘rganishning qanday ilmiy muammolari bor?
5-mavvzu. Xristianlik dini
Reja
Xristianlikning paydo bo‘lishi, aqidalari, asosiy yo‘nalishlari, ta'limotlari va manbalari.
Katolitsizm va pravvoslavvlik dini yo‘nalishlarining o‘zaro farqli tomonlari.
Protestantlik harakatining shakllanishi va rivojlanishi.
O‘zbekistonda xristian dinining rivojlanishi tarixi va hozirgi zamon.
Xristianlik dini buddavviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o‘ziga e'tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e'tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo‘lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to‘g‘ri keladi.
Xristianlik asosan Evropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avvstraliya qit'alarida hamda qisman Afrika qit'asining janubiy qismida va Osiyo qit'asining sharqiy qismida tarqalgan.
Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin erlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko‘ra, xristianlik ta'limotining asoschisi bo‘lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog‘liq.
Eramizning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog‘liq og‘ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko‘mib tashlagan edilar. Xuddi shu davvrda yahudiylar o‘rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo‘ldi. Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar.
Isoning tarixiyligi xususida diniy va diniy bo‘lmagan manbalar orasida ixtilof mavvjud: xristianlik manbalari Isoning o‘zi xudo bo‘la turib, insoniyatning gunohlarini o‘ziga olish uchun odam qiyofasida tug‘ilganini, uning tarixiy shaxs ekanini ta'kidlab, uning hayot tarzini, insonlar bilan muloqoti haqidagi keng ma'lumotlarni bersada, diniy bo‘lmagan manbalarda Isoning nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonavviy shaxsdir deguvchilar ham bor.
Iso nomiga qo‘shiluvchi Masih so‘zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi «moshiax» so‘zidan olingan bo‘lib, «silangan» yoki «siylangan» ma'nolarini beradi. Grekchada bu so‘z «xristos» («christos») shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so‘zlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari xristianlik Iso Masihning tug‘ilgan qishlog‘i - «Nazaret» bilan bog‘lab, nazroniyya deb ham atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini olgan.
Iso Masih o‘z ta'limotini o‘zining 12 o‘quvisi Apostollar - Havvoriylarga o‘rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining talimotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «Yangi ahd» qismini tashkil etadi.
Xristianlikning ta'limoti. Manbalar habar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Bu esa xristianlikning yahudiylikdan ko‘p jihatdan ta'sirlanishiga sabab bo‘ldi. Xristianlikning asosiy g‘oyasi - Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavvjud bo‘lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta'limotdan kelib chiqqandir.
Keyinchalik bu ta'limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki mohiyati - odam mohiyati, xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya'ni Isoning o‘zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqiqatdagi ta'limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik muqaddas ruh ota-xudo, o‘g‘il-xudo va muqaddas ruh - uch yuzlik xudo to‘g‘risidagi ta'limot, jannat va do‘zax, oxiratda go‘yo dunyoning oxiriga borish, Isoning qaytishi haqida va boshqa aqidalarni o‘z ichiga oladi.
Xristian jamoasining shakllanishi, uning aqidalarini tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi eramizning IV asr boshlarida 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davvlat dini deb e'lon qilinganidan so‘ng amalga oshdi. 325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Lisiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini o‘zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikey shahrida I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo‘lib o‘tdi. Bu soborlarda xristianlik ta'limotining asoslari qabul qilindi va bu asoslar 12 qismda ifodalandi.
Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida so‘z yuritiladi.
Ikkinchi qismda Xudoning o‘g‘li Isus Xristosga imon keltirish haqida so‘z boradi.
Uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so‘z yuritilib, unga ko‘ra, Iso Xudo bo‘la turib, bokira Bibi Maryamdan tug‘ilgan va inson qiyofasiga kirgan.
To‘rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o‘limi haqida so‘z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va o‘limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e'tiqod qilinadi.
Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so‘ng uch kun o‘tib qayta tirilganligi haqidagi aqida keladi.
Oltinchi qismda Isoning meroji haqida so‘z yuritiladi.
Ettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba erga qaytishi) haqida so‘z yuritiladi.
Sakkinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasidadir.
To‘qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida.
O‘n birinchi qism o‘lganlarning ommavviy tirilishi haqida.
O‘n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so‘z yuritiladi.
Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avvliyo Avvgustinning ta'limoti katta rol o‘ynadi. Beshinchi asr bo‘sag‘asida u dinning bilimdan afzal ekanligini targ‘ib qila boshladi. Uning ta'limotiga ko‘ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug‘ va qudratli Yaratuvchining irodasi yashiringan. Avvgustinning taqdir haqidagi ta'limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan har bir kishi najot topganlar safidan o‘rin egallashi mumkin. Chunki imon taqdir taqozosidir.
Keyinchalik bu ta'limot xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil — odam va xudo mohiyati hamda ―gunohni yuvish, ya'ni Isoning o‘zini ixtiyoriy tarzda qurbon kilishi haqidagi talimot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik Ota-Xudo, o‘g‘il—Xudo va Muqaddas Ruh— Uch yuzlik Xudo (Tripitiy) to‘g‘risidagi ta'limotni, jannat va do‘zax, oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa aqidalarni o‘z ichiga oladi. Xristian jamoasining shakllanishi, aqidalarining tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tizimining vujudga kelishi milodning IV asri boshlarida, ya'ni 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davvlat dini deb e'lon qilinganidan so‘ng amalga oshirildi. 325 yili tarihda birinchi marta Rim imperatori Litsiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini o‘zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikeya shahrida 1-Butun Olam Xristian soborini (o‘tkazilgan 21 sobordan birinchisi) chaqirdi. Bu soborda «e'tiqod timsoli»ning (Credo) dastlabki tahriri qabul kilingan, Pasxani bayram kilish vaqti belgilangan, ariychilik qoralangan (Ariy Aleksandriya shahridan chikqan ruhoniy; 318 yilda o‘g‘il — Xudo va Ota — Xudoning yagona mohiyati haqida cherkov ta'limotiga qarshi chiqib, Isoni ilohiy xususiyatlari va shon-shuxrati jihatidan Ota — Xudodan keyin turadi, chunki Ota-Xudo azaliy va abadiy, Isoni u yaratgan deb targ‘ib qilgan). 20 ta kanon, jumladan, Aleksandriya, Rim, Antioxiya, Quddus mitropolitlarining imtiyozlari to‘g‘risidagi qoidani ishlab chikqan. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian sobori bo‘lib o‘tdi. Bu soborda Nikeyada qabul qilingan «e'tikod timsoli»ga aniqlik kiritish, ariychilar, evnomiychilar, fotinianlar, savvelianlar kabi adashgan firqalar bilan kurashish masalalari ko‘rilgan.
|
| |