|
O’zbеkistоn rеspublikаsi
|
bet | 22/64 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #139436 |
Bog'liq Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)Oqimlari. Xinayana buddizmning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Xinayana « kichik aravva»ma'nosini anglatib, u diniy yo‘nalish sifatida mil.avv. I asrda shakllangan. Biroq uning asosiy qoidalari ancha avvval, shu jumladan, Tripitakada bayon qilingan. Xinayana ta'limotiga ko‘ra, Dharma lar tabiatini o‘rganishga va Nirvana ga ma'navviy yo‘l bilan erishiladi. Bu yo‘l juda og‘ir, shu sababli faqat monaxlargina Nirvana holatiga etishi mumkin. Keyinchalik Xinayanada juda ham murakkab va dabdabali ibodatlar (masalan, «Budda tishiga sig‘inish»), buddizmning muqaddas joylariga ommavviy ziyoratlar joriy qilingan. Bu yo‘nalish Sharqiy Hindistonda, Shri Lanka, Hindi-Xitoy davvlatlarida tarqalgan.
Maxayana Xinayana bilan bir qatorda buddizmdagi ikkinchi asosiy yo‘nalish bo‘lib, u ruhiy Kamolot ahdiga rioya etuvchi, Xudoga iltijo qiluvchi rohiblarga in'omlar berib yordam ko‘rsatuvchi har qanday oddiy dindor najot topishi mumkin, degan ta'limotga asoslanadi. Unga ko‘ra, Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli maxluqotlar shakliga kirishi va hayot zanjirining barcha vakillari uni o‘rganishi, anglashi mumkin. Bu narsa cheksiz Budda RAM larining, xudolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu xudolarga ishonish yo‘llari barcha uchun mumkin bo‘lganligi sababli u « katta aravva»nomini olgan.
Szintu yo‘nalishi Xitoyda vujudga kelgan va keyinchalik Yaponiyaga o‘tgan. Unga Xuey-yuan asos solgan. V – VII asrlarda uning shogirdlari bu yo‘nalishni rivojlantirganlar. Shuningdek, ushbu yo‘nalish Xitoy buddizmida sezilarli mavvqega ega bo‘lgan va rasman e'tirof etilgan. Xitoyshunos olimlarning ta'kidlashlariga qaraganda, Szintu yo‘nalishi daosizm, hatto qadimgi Xitoy «sinizm»i ta'sirida shakllangan. Tyantay yoki Tenday yo‘nalishi. Bu nom shunday deb atalgan bir ibodatxona nomi bilan bog‘liq. Mazkur yo‘nalishning ilk va ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri monax Chji-I bo‘lgan. Chji-I ta'limotiga ko‘ra, bu dunyodagi hamma narsa haqiqiy emas, ular faqat bo‘shliqdan iborat bo‘lib, vaqtinchalik mavvjuddir. Mana shu asosga binoan u xulosa qiladiki, olamdagi barcha narsa yolg‘iz mazmundadir. Budda hatto mayda qum zarrachalarida ham mavvjud bo‘lishi va oxirida esa har bir insonning hayoti Budda hayotining bir qismi bo‘lishi mumkin.
Ushbu ta'limotni Chjan-Jan (711-782) maktabining 9-patriarxi rivojlantirib, shunday xulosaga keldi: Budda hamma joyda, hamma narsada, hattoki jonsiz narsalarda ham mavvjud bo‘lib, ularda Budda-tabiatning bir bo‘lagi mavvjud. Tyantay yo‘nalishi o‘z tarafdorlari orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan va XIV asrga qadar mavvjud bo‘lgan. Xitoyda, yuqoridagilardan tashqari, ko‘plab mayda sektalar ham bo‘lgan. Ular orasida mamlakat tarixida muhim ahamiyat kasb etgan «Chan» va «Tantrizm» yo‘nalishlarini alohida qayd etish o‘rinli.
|
| |