• Xorijiylar
  • ISLOMDAGI OQIMLAR. Xavorijlar.
  • sho‘ro
  • O’zbеkistоn rеspublikаsi




    Download 1,63 Mb.
    bet34/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    Shirkning shar'iy tushunchasi – Maxluqni Robbil olamiynga 5 ishdan birida tenglashtirishdir. Ya'ni, Allohning zotida, sifatlarida, ismlarida, ishlarida va hukmlarida sherigi bor, deb e'tiqod qilishdir.
    Shirkning turlari quyidagilar:

    • ibodatda shirk keltirish;

    • duoda shirk keltirish;

    • robbilikda shirk keltirish;

    • hukmda shirk keltirish;

    • mulk va sultondagi shirk keltirish;

    • xalq-yaratishdagi shirk keltirish;

    • itoatda shirk keltirish.

    Kufr (arabcha – to‘smoq, inkor etmoq) – imonsizlik, Islomni tan olmaslik yoki uning amallarini bajarmaslik.
    Kufrga quyidagi jiddiy gunohlar va jinoyatlar kiradi:

    • shirk keltirish;

    • namozdan voz kechish;

    • sehrgarlik;

    • zinokorlik;

    • o‘z joniga qasd qilish;

    • ichkilikbozlik;

    • qimorbozlik.

    7 asrning 2-yarmida Xorijiylar ularga qo‘shilmagan har bir musulmonni kofir, ya'ni dinga ishonmovchi, uni rad etuvchi deb hisoblashgan. 7-8 asr boshlarida Murji'iylar tarkibidan «mo‘tadil» oqim ajrab chiqib, ularning fikricha kufr sodir etgan kishi kofir bo‘lmaydi va u musulmonlar safidan o‘chirilmaydi, uning qilmishi haqida faqat Qiyomat kuni Allohgina hukm chiqara oladi deyiladi.
    ISLOMDAGI OQIMLAR. Xavorijlar. Usmon ibn Affon (644-656) davvriga kelib Islom jamoasi ( Umma) ichida fitnalar paydo bo‘ldi. Usmonga uyushtirilgan suiqasd (656 y.) ham ana shu siyosiy kurashlarning natijasi edi. Xalifa o‘ldirilgach, uning o‘rniga o‘z tarafdorlari tomonidan Ali ibn Abi Tolib (656-661) saylandi. Ana shu davvrdan Umma-davvlat ichida birinchi fuqarolar urushi boshlanadi (656-660). Talha ibn Ubaydulloh, az-Zubayr ibn al-Avvomm va Mu'oviya ibn Abi Sufyon kabi guruh rahbarlari Aliga qarshi chiqib, bu holatni shunday talqin qildilar: «Ali qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda Usmonga yordam bermadi, qodir bo‘la turib odamlarni bu ishdan qaytarmadi, bundan tashqari u xalifalik mansabiga ko‘tarilganidan keyin Ibn Affonning qasosini olmadi, balki u Usmonni qatl etilishidan manfaatdor bo‘ldi». Bu uch sahobaning bu fikrga kelishlariga har birining xalifalikka Alidan ko‘ra o‘zini loyiqroq deb hisoblashi turtki bo‘ldi. Ular o‘z da'volari haq ekanligini turli yo‘llar bilan isbotlardilar: Talha va az-Zubayr «Umar (634-644) vafotidan oldin xalifa saylash xususida kengashga ( sho‘ro) chaqirilgan olti kishidan birimiz» deyishsa, Mu'oviya esa Usmonga yaqin qarindosh (ularning ikkisi ham Quraysh qabilasining Umayya urug‘idan edilar) va uning qasosini olishga loyiq ekanligini ro‘kach qildi. Talha va az-Zubayr «al-Jamal» (« Tuya») jangida halok bo‘ldilar. Shundan so‘ng Ali o‘rniga xalifalikka da'vogarlardan birgina Mu'oviya ibn Abi Sufyon (660-680) qoldi. 657 yili Suriyada Mu'oviya va Ali o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Siffin jangi Ali tarafdorlarining ikki guruhga ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu jangda Ali ibn Abi Tolib qarshi tomon (Umavviylar, 660-749) bilan o‘zaro bitim tuzib, urushni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Alining tutgan bunday murosasozlik siyosatidan uning qo‘shini orasidagi bir guruh kishilar norozi bo‘lib ajralib chiqdilar. Aliga itoat etishdan bosh tortganlar «xavvorij» deb, Mu'oviyaga qo‘shilmay Ali atrofiga to‘planganlar, keyinchalik, «shia» deb nomlana boshlandi. Bu guruhlar islomdagi ikki katta oqimga asos soldilar. O‘z navvbatida har bir toifaning o‘ziga xos diniy-siyosiy nuqtai nazarlari, ta'limot va amaliyotlari shakllana boshladi.
    Ali bilan Mu'oviya o‘rtasidagi tuzilgan bitimdan Kufa yaqinida turgan 12 ming kishidan iborat qo‘shinning bir qismi norozi bo‘ldi. Ular «hukm chiqarish faqat Allohning qo‘lidadir», degan shior bilan qo‘shinni tark etib, Kufa yaqinidagi Harura qishlog‘iga ketdilar. Bu firqaning Kufadagi «xuruj» (bo‘ysunmaslik) voqeasi ularning «xavvorij» (qarshi chiquvchilar) nomini olishlariga sabab bo‘ldi. Bu voqea Harura qishlog‘ida yuz berganligi bois avvvaliga ularni «haruriylar» deb ham ataganlar. Ular o‘zlarini «shurot» («jonlarini Alloh yo‘lida tikkan kishilar») deb nomlaganlar. Yana ularning «muhakkima» («hukm Allohning qo‘lida» deguvchilar) degan nomlari ham bo‘lgan. Xavvorijlar o‘zlariga Abdulloh ibn Vahb ar-Rosibiyni Amir etib saylab, Ali va Mu'oviyani yo‘q qilish payiga tushdilar. Xalifa Alini 660 yilda xorijiy Abdurrahmon ibn Muljam o‘ldirgach, xavvorijlar ikki firqaga bo‘linib, biri Iroqda qoldi, ikkinchisi Arabiston yarim oroliga ketdi. Umavviylar davvrida xavvorijlarga qarshi keskin kurash olib borildi. Chunki ular Umavviylar davvlatiga katta xavvf solardilar. Bu davvrda xavvorijlar kuchayib, Kirmon, Fors, Yamoma, Hadramavvt, Toif va Yaman kabi shahar va o‘lkalarni egalladilar. Hokimiyat umavviylardan Abbosiylar sulolasi (749-1258) qo‘liga o‘tganidan keyin ham bu toifa bir muddat o‘z kuchini yo‘qotmadi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib borgan kurashlaridan so‘nggina xavvorijlar inqirozga yuz tutdi. Xavvorijlar ta'limotlari asosi quyidagilardan iborat: - ular gunohkorni «kofir» deb e'lon qildilar. Shunga ko‘ra xalifa Usmonni Abu Bakr va Umar yo‘lidan yurmagani uchun kofir deyishadi. Ali, Mu'oviya, Abu Muso al-Ash'ariy, Amr ibn al-Oslar muxolif guruhlarda qatnashganlari uchun ular nazdida kofirlar; - «zolim» podshohga qo‘lda qilich bilan qarshi chiqishni diniy vazifa ( vojib) deb biladilar. O‘z e'tiqodini yashirish tamoyili ( taqiya) rad etadilar. O‘zlari harbiy jihatdan zaif bo‘lsalar ham, qudratli «zolim» podshohga qarshi chiqish vojib bo‘lavveradi, deb hisobladilar; - xalifalikka har qanday odam, Quraysh qabilasidan yoki Arab bo‘lishligidan qat'i nazar, musulmonlar tomonidan saylanishi mumkin. Xalifalik, shialar aytganidek, ma'lum jamoat (sulola) ichida cheklanmagan; - namoz, rO‘zA, zakot va boshqa amallarni imonning bir bo‘lagi, deb hisoblaydilar. Kishi to barcha amallarni bajarmaguncha, dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi musulmon deb tan olinishi uchun kifoya emas.

    Download 1,63 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




    Download 1,63 Mb.