|
O’zbеkistоn rеspublikаsi
|
bet | 37/64 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #139436 |
Bog'liq Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)Isno‘ashariya manbalari. Bu firqaning ta'limotini asoslab beruvchi ko‘plab kitoblar mavvjud. Misol tariqasida Ja'far ibn Hasan al-Halabiyning «sharo‘i'al-Islom», Muhammad ibn Hasan an-Najdiyning «Javvohir al-kalom», Muhammad ibn Yusufning «Tazkirat al-fuqaho‘« va boshqalarni keltirish mumkin. Isno‘ashariya imomlari quyidagilar: 1. Ali ibn Abi Tolib (al-Murtazo);
2. al-Hasan ibn Ali (al-Mujtabo);
3. al-Husayn ibn Ali (ash-shahid);
4. Ali Zayn al-Obidin ibn al-Husayn (as-Sajjod);
5. Muhammad ibn Ali (al-Boqir);
6. Ja'far ibn Muhammad (as-Sodiq);
7. Muso al-Kozim ibn Ja'far as-Sodiq (al-Kozim);
8. Ali ibn Muso (ar-Rizo);
9. Muhammad al-Javvod ibn Ali (at-Taqiy);
10. Ali al-Hodi ibn Muhammad al-Javvod (an-Naqiy);
11. al-Hasan al-Askariy ibn Ali al-Hodi (az-Zakiy);
12. Muhammad al-Mahdiy ibn al-Hasan al-Askariy (al-hujjat al-qo‘im al-muntazir).
Bu firqaning markazlashgan joyi Erondir. Undan tashqari Ozarbayjon, Suriya, Livan, Falastin, Hindiston va Pokistonda «Isno‘ashariya» oqimi vakillarini uchratish mumkin.
Ja'fariya. Shialikning Isno‘ashariya firqasidagi imomlardan biri bo‘lgan Abu Abdulloh Ja'far as-Sodiq 699 yil Madinada tug‘ildi. U Imom Muhammad al-Boqirning o‘g‘li bo‘lib, ota tarafidan nasabi Ali ibn Abi Tolibga borsa, ona tarafidan nasabi Abu Bakr as-Siddiqqa taѓaladi.
Yoshligida Ja'far bobosi Zayn al-Obidin qo‘lida tarbiya topib, undan ilm oldi. Bobosi vafot etgach, otasining qo‘lida ilm olib, keyinchalik zamonasining kuchli olimlaridan biriga aylandi. Otasi 732 yil vafot etgach, ularning xonadoni go‘yo Madina dorilfununlaridan biriga aylandi.
Kufa, Basra va Hijozdan ko‘pgina olimlar kelib, undan ilm olganlar. Abu Abdulloh diniy va dunyoviy ilmlarni egallagan olimlardan edi. U Islomda birinchilardan bo‘lib falsafa yo‘nalishiga asos solgan. Bundan tashqari fiqh, hadis, kalom ilmlarida ham peshqadamlardan bo‘lgan.
Ja'fariya mazhabining o‘ziga xos tomoni shundaki, ularda qiyos bilan fatvo chiqarish usuli tan olinmaydi, hadislardan faqat Payg‘ambar xonadonidan bo‘lgan Ahl al-bayt rivoyat qilganlarigina qabul qilinadi.
Bundan tashqari ularda mut'a va taqiya halol deb hisoblanadi. Ismoiliya. Ismoiliya firqasi – islomdagi shia oqimining asosiy shaxobchalaridan biri bo‘lib, Islom tarixida juda muhim o‘rin tutadi. Ushbu firqa vakillari turli mamlakatlarda botiniya, sab'iya, qarmatiya, ta'limiya, mulhidiya va h.k. nomlar bilan atalganlar. Ismoiliyaning paydo bo‘lishi VIII asrda shialar orasidagi o‘zaro bo‘linishdan boshlandi. Shialarning keyinchalik «imomiylar» deb atalgan bir guruhi Ja'far as-Sodiqning kichik o‘g‘li Muso al-kozimni ettinchi Imom deb tan oldilar. Chunki Imom Ja'far katta o‘g‘li Ismoilni vorislikdan mahrum etib, imomlikni kichik o‘g‘liga vasiyat qilgan edi. Ammo, shunga qaramay, boshqa bir guruh Ja'far as-Sodiqning katta o‘g‘li Ismoilni imomlikning merosxo‘ri sifatida tan oldilar. Ismoil otasi tirikligida vafot etganligi sababli keyinchalik uning o‘g‘li Muhammad ibn Ismoilni ettinchi Imom sifatida qabul qildilar.
Imomiya shialaridan farqli ravvishda imomatning davvomchisi Ismoildir, deb da'vo qiluvchi ushbu firqa o‘zlarini «ismoiliylar» deb atadilar. Manbalarda muborakiylar va xattobiylar Ismoiliyaning g‘oyavviy asoschilari sifatida ko‘rsatiladi. Biroq keyingi Ismoiliya mualliflari xattobiylarni tanqid qilib, ularning mazkur yo‘nalishga hech qanday aloqasi yo‘q deb ta'kidlaydilar. Muhammad ibn Ismoilning o‘limidan so‘ng ular orasida bo‘linish yuzaga keldi. Ulardan bir guruhlari ettinchi Imom deb Muhammadni tan oldilar. Shuning uchun ular sab'iya (ettinchilar) deb ataldilar.
|
| |