Tarbiya turlari va ularning mazmun mohiyati reja




Download 58,59 Kb.
bet1/12
Sana13.05.2024
Hajmi58,59 Kb.
#229309
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tarbiya turlari va ularning mazmun mohiyati-fayllar.org


Tarbiya turlari va ularning mazmun mohiyati

TARBIYA TURLARI VA ULARNING MAZMUN MOHIYATI


REJA:



Kirish. 2


I.Bob.Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari. 4
1.2 Tarbiya turlari va xususiyatlari. 9
II.Bob.Tarbiya turlari, qoidalari va ularning mohiyati. 14
2.1 Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli. 14
2.2. Tarbiya turlari, qoidalari va ularning mohiyati. 20
Xulosa 27
Asosiy adabiyotlar 28




Kirish.



Kurs ishining dolzarbligi. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarni jamiyatga moslashuvini ta'minlash, ularda qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini shakllantirish shuningdek barcha qadriyatlar tizimini singdirish yanada kuchaymoqda. Qadriyatlar falsafasi hamda pedagogik aksiologiya shaxs va jamiyat integratsiyasini ta'minlovchi omil ekanligini asoslash, qadriyatlar tizimi, ularning shakllanishi va pedagogik mazmuni, qadriyatli yondashuv asosida ta'lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotini tahlil qilish, zamonaviy yondashuvlardan kelib chiqib, o‘quvchilarda aksiologik ongni shakllantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyatga ega.
Dunyoda ta'lim-tarbiya amaliyotida boshlang’ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash barcha rivojlangan mamlakatlarning ta’lim kompetensiyalarida o‘z aksini topib bu borada keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Respublikamizda boshlang;ich sinf o‘quvchilarining qadriyatli dunyoqarashini shakllantirish, tarixiy-madaniy va milliy merosni keng targ‘ib etish orqali ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini, ajdodlar merosiga qadriyatli munosabatni qaror toptirish, ularning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyiliga asoslangan milliy qadriyatlarni singdirish, o‘quvchilarni har tomonlama, jismoniy, ruhiy, ma'naviy-axloqiy rivojlantirish orqali ijtimoiy hayotga moslashtirish va turli murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish, bunda ijtimoiy-gumanitar fanlarning imkoniyatlaridan keng foydalanish”1 tarbiya fanini o‘qitishning asosiy vazifalari sifatida belgilangan. Shu nuqtai nazardan, boshlang’ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarni shakllantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlarini aniqlash va ta’lim-tarbiya berishning usul, vosita va shakllarini ishlab chiqish alohida zaruriyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ-637-son “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyuldagi 422-son “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son “Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda mazkur sohaga taalluqli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda milliy qadriyat va ularni yoshlar ongiga singdirish o‘ziga xos tarzda bayon etilgan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib “Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarni shakllantirish” mavzusini kurs ishi doirasida ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Download 58,59 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 58,59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarbiya turlari va ularning mazmun mohiyati reja

Download 58,59 Kb.