• Tayanch so’z va iboralar
  • 2.1. «Ilmiy menejment» maktabining mohiyati va shakllanishi
  • Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari. Rеja




    Download 20,67 Kb.
    bet1/4
    Sana02.10.2024
    Hajmi20,67 Kb.
    #273244
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari


    Menejment nazariyasining shakllanishi va
    rivojlanish bosqichlari.
    RЕJA:
    2.1. «Ilmiy menejment» maktabining mohiyati va shakllanishi.
    2.2. «Mumtoz (ma‘muriy) menejment» maktabining mohiyati va
    shakllanishi.
    2.3. «Insoniy munosabatlar» maktabining mohiyati va
    shakllanishi.
    2.4. «Miqdoriy, tizimli yoki zamonaviy menejment» maktabining
    mohiyati va shakllanishi.


    Tayanch so’z va iboralar:
    Ilmiy menejment maktabining shakllanishi, uning asoschilari. F.Teylor printsiplari, T.Emerson tamoyillari. Mumtoz menejment maktabining paydo bo’lishi. A.Fayol boshqarish tamoyillari. Insoniy munosabatlar maktabining mohiyati. X (iks) va U (igrik) nazariyasi. Zamonaviy menejment maktabining mohiyati.
    2.1. «Ilmiy menejment» maktabining mohiyati va shakllanishi
    Xorijiy menejment monopol kapitalizm davrida vujudga kelgan. U shakllanishidan oldin boshqaruv mehnatining tarqalishi uning maxsus nazariy asosi yaratilishiga extiyoj o’sishi yuz berdi.
    Menejment nazariyasining asoschilari Teylor, Ford, Gilberd, Emerson, Fayol va boshqalardir.
    «Ilmiy menejment» maktabi XIX asrlarning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga keldi. Bu maktabning asoschisi amerikalik muhandis va tadqiqotchi Fredrix Teylor (18o’6-191o’) hisoblanadi. Uning nazariyasi keyinchalik «Teylorizm» nomini olgan.
    F.Teylor ta‘limotining asosiy mazmuni yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda ғoyatda samarador va maqbul usullarni izlashdir.
    Uning printsiplariga binoan:

    • mehnatning xar jarayoni, uning ko’lami va ketma-ketligi aniq - puxta ixtisoslashtirilishi shart;

    • xar bir mehnat turi qatiy vaqt oraliғida taqsimlanishi lozim;

    • har bir mehnat jarayoni va xatto bir xarakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo’ysundirilgan bo’lishi kerak;

    • yuqoridan berilgan topshiriq va vazifalarni bajarishda doimiy talabchan nazorat bo’lishi lozim;

    • ishchilar iktidori, malakasi va qobiliyatiga qarab joy-joyiga qo’yilishi shart;

    • boshqaruvchi bilan boshqariluvchi ma‘suliyatini aniq belgilash va vazifalarni to’gri taqsimlash shart.

    F.Teylorning mehnatni samarali tashkil etish va boshqarishdagi bu bergan takliflari ishlab chiqarishga tadbiq etilganda mehnat unumdorligini 100% ga o’sishiga erishilgan. Ayniqsa uning qo’llagan xronometraj usuli diqqatga sazovordir.
    Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi T. Emerson mehnatni ilmiy tashkil kilish bo’yicha yirik mutaxasis bo’lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning «Mehnat unumdorligining 12 printsipi» nomli asarida yoritilgan.
    T.Emerson (18o’3-1931) ilmiy boshqaruv printsipini mohiyatiga ko’ra quyidagi ketma-ketlikda bayon qilingan.

    1. Anik qo’yilgan maqsad va ғoyalar.

    2. Oqil soғlom fikr.

    3. Jozibali, e‘tiborli maxsulot.

    4. Intizom.

    5. Xodimga nisbatan adolatli bo’lish.

    6. Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va muntazam hisob-kitob.

    7. Dispetcherlash.

    8. Me‘yorlar va jadvallar.

    9. Sharoit bilan ta‘minlash.

    10. Operatsiyalarni me‘yorlash.

    11. Standart yo’riqnomalarni tayyorlash.

    12. Unumdorlikni raғbatlantirish.

    SHunday qilib, Teylor va uning izdoshi Gamilton Cherch (1866-1936), Genri Gant (1861-1919), Frenk Gilbert (1868-1924) va boshqalar boshqaruv nazariyasi rivojlanishning boshkaruv kontseptsiyasi vujudga kelgan XIX-XX asrlar chegarasida XX asrning 20-yillargacha davom etdi.



    Download 20,67 Kb.
      1   2   3   4




    Download 20,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari. Rеja

    Download 20,67 Kb.