Mumtoz (ma‘muriy) menejment maktabining mohiyati va shakllanishi




Download 20,67 Kb.
bet2/4
Sana02.10.2024
Hajmi20,67 Kb.
#273244
1   2   3   4
Bog'liq
Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari

2.2. Mumtoz (ma‘muriy) menejment maktabining mohiyati va shakllanishi
«Mumtoz»chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazaridan yondashib, undagi umumiy xususiyatlar va qonunniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad – boshqarishning universal usullarini yaratish orqali muvoffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e‘tiborini qaratishgan:

  • tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotning bo’linmalar yoki ishchi guruhlarga bo’lishni moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb hisoblangan;

  • tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshchilik bo’lishni va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olish va unga bo’ysunishi lozim degan ғoyani ilgari surishgan.

Anri Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan frantsuz olimlaridandir. U Frantsiyadagi ko’mir qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. A.Fayol o’zining boy amaliy tajribasini «Umumiy va sanoat boshqaruvi» (1916) nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi boshqaruv ғoyalari xozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Anri Fayol boshqarish tamoyillari:

  1. Mehnat taqsimoti.

  2. Vakolat va ma‘suliyat.

  3. Intizom.

  4. Yakkaboshlik.

  5. Yo’nalishning (maqsad) bir xilligi.

  6. Shaxsiy manfaatlarni umumiy manfaatga bo’ysunishi.

  7. Xodimlarni taqdirlash.

  8. Markazlashish.

  9. Boshqaruvdagi ierorxiya.

  10. Tartib.

  11. Adolat.

  12. Xodim uchun ish joyining doimiyligi.

  13. Tashabbus.

  14. Korporativ ruх.

A.Fayol boshqarishni: kelajakni ko’ruvchi, faoliyatini takomilashtiruvchi, tashkilotni idora qiluvchi, faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat kiluvchi kuchli qurol deb ataydi.
Bu fikrlar hozirgi kunda ham boshqarish fani asosida yotadi.
«Ilmiy menejmet» va «Mumtoz menejment» nomoyandalari mehnatni ilmiy tashkil qilish usullarini ishlab chiqishda va mehnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu usulga ko’ra:

  • raxbarning xodimga bo’ladigan munosabatlari alohidalashtiriladi;

  • mexnatni raғbatlantirish qatiy normallashtirildi;

  • mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish, qatiylashtirish;

  • mehnatni «jismonan majburlash» joriy qilish;

  • yollanma ishchidan «fikrsiz robot» sifatida foydalanish usuli qatiy o’rnatiladi. Ayniqsa bu usul G.Ford zavodlarida yuqori rivojlanishga erishdi. Uning boshqa izdoshlari ishlab chiqarishni uzluksiz – konveyr usulida tashkil etish orqali boshqarishni markazlashtirishga, mehnatni ilmiy tashkil etishga, unumdorligini oshirishga erishdilar.


Download 20,67 Kb.
1   2   3   4




Download 20,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mumtoz (ma‘muriy) menejment maktabining mohiyati va shakllanishi

Download 20,67 Kb.