|
«Miqdoriy, tizimli yoki zamonaviy» manejment maktabining mohiyati va shakllanishi
|
bet | 4/4 | Sana | 02.10.2024 | Hajmi | 20,67 Kb. | | #273244 |
Bog'liq Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari2.4. «Miqdoriy, tizimli yoki zamonaviy» manejment maktabining mohiyati va shakllanishi
XX asrning 60-80-yillarida ғarbda zamonaviy menejment rivojlana boshladi. ғarb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish maqsadida:
tizimli yondashuv asoslarini ishlab chiqishdi;
yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko’rib chiqildi;
bir qancha o’zgaruvchi omillarning boshqaruvga ta‘sirini o’rganishdi.
Umuman «Zamonaviy menejment» maktabining nomoyondalari Ch.Barnard, G.Saymon, P.Duruker, E.Deyl va boshqalar murakkab boshqaruv muammolarni chukurroq tushunish maqsadida turli modellarni ishlab chiqish va qo’llash, shuningdek murakkab vaziyatlarning yechimi bo’yicha boshqaruv xodimlariga yordam beruvchi miqdoriy usullarni ishlab chiqishga erishishdi. Zamonaviy menejment maktabi nomoyondalari boshqarishga yondashuvining quyidagi turlarini ishlab chiqishdi:
Tizimli yondashuv –boshqaruv obektini yaxlit bir tizim deb qaralib, bunda uning ichki muhitiga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy), e‘tibor beriladi.
Vaziyatli yondashuv – yaxlitning qaysi bir qismini o’ta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o’zgarishlar tashki muhitning ta‘siri bilan boғlab o’rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi.
Funktsional yondashuv – boshqarish quyidagi funktsiyalarni bajaradi: rejalashtirish, tashkillashtirish, raxbarlik qilish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish va x.k.
Miqdorli yondashuv – miqdorli yondashuvdagi boshqarish jarayonida nafakat metematik; statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan satsiologiya ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham keng foydalaniladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Ilmiy menejment maktabi qachon shakllangan va asoschilari kimlar?
F.Teylor ta‘limotining asosiy mazmuni nimadan iborat?
T.Emirson ilmiy boshqaruv printsiplarini mohiyati qanday?
Mumtoz menejment maktabini mohiyati nimada iborat?
A.Fayol boshqaruv tamoyillari nimadan iborat ?
Insoniy munosabatlar maktabi qachon shakllangan va mohiyati nimadan iborat?
E.Meyoning tamoyillari nimalardan iborat ?
X (iks) va U (igrik) nazariyasining mohiyati nimadan iborat?
Temur davrida davlatni boshqarish tamoyillari qanday bo’lgan?
Zamonaviy menejment maktabi namoyondalari kimlar va ularning tamoyillari qanday?
|
| |