|
«Insoniy munosabatlar» maktabining mohiyati va shakllanishi
|
bet | 3/4 | Sana | 02.10.2024 | Hajmi | 20,67 Kb. | | #273244 |
Bog'liq Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari2.3. «Insoniy munosabatlar» maktabining mohiyati va shakllanishi
1820-1830 yillari AQSH da ilmiy va mumtoz menejmentlarga muqobil xarakat sifatida «teylorizm»ga qandaydir darajada qarshi turuvchi yangi nazariya – «Insoniy munosabatlar» maktabi paydo bo’ldi. Bu maktabga amerikalik jamiyatshunos va ruhshunos E.Meyo (1880-1949) asos soldi.
Bu maktab nuqtai nazaridan:
ishchi–bu fikrsiz robot emas, balki obro’-e‘tiborga, o’z-o’zini xurmat kilishga, o’z qadr-qimmatini xis etishga;
boshqa kishilar tomonidan ma‘qullashga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo’lgan individdir.
Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvining:
tashabbuskorlikdan;
ishchilar bilan hamkorlikdan;
kompaniyada «birdamlik ruhi» va «mushtaraklik tuyғusi»ni shakllantirishdan foydalanish hamda ularni raғbatlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqdi.
Bu maktabning yana bir namoyondasi Amerikalik olim D.Mak-Gregor (1906-1964) inson xulk-atvorining ikki modeli, xodimning o’z mehnatiga ikki xil munosabatda bo’lishi mumkinligini inobatga olib X(iks) va U(igrik) nazariyasini yaratdi.
X (iks) nazariyasiga ko’ra, namunaviy yollanma ishga-tabiatan yalqov bo’lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo’yin tovlashga urinadi, unda izzattalablik, ma‘suliyat sezish, faxm-farosat yetishmaydi. Bunday holda xodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish bilan qo’rqitib turish zarur.
U (igrik) nazariyasi birinchisiga qarama qarshi: yollanma ishchilar tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o’z zimmasiga ma‘suliyat olish solohiyati xosdir. Bunday holda menejerning vazifasi kishilar o’z maqsad va manfaatlariga ғoyat maqbul tarzda erishadigan shart – sharoitni yaratishdan iborat bo’lgan. Bu nazariyaga muvofiq keluvchi ishchini raғbatlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi.
Albatta, xar ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyotda ular sof ko’rinishda uchramaydi. Inson murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o’zida ham birinchi, ham ikkinchi modellar sifatini mujassamlashtiradi. Boshqarishning yuksak san‘at ekanligi ham ana shu ikki jixatni uyғunlashtiradi.
|
| |