• Hotamova G. O.
  • International Conference on Developments in Education Hosted from Saint Petersburg, Russia https : econferencezone.org April 20 th
  • Xulq-atvorining asosiy prinsiplari va




    Download 314,04 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana23.12.2023
    Hajmi314,04 Kb.
    #127271
      1   2   3   4   5   6


    International Conference on Developments in Education 
    Hosted from Saint Petersburg, Russia 
    httpseconferencezone.org April 20
    th
     2022 
    pg. 85 
    MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI XODIMLARINING 
    XIZMATDAGI 
    XULQ-ATVORINING ASOSIY PRINSIPLARI VA 
    QOIDALARI 
     
    Muallif: Hotamova G. O. 
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI 
    SAMARQAND TUMAN MAKTABGACHA TA’LIM BO`LIMI 
    Uslubiy ko‘rsatma 
    Samarqand-2022 
    Ushbu qo`llanmada maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarning axloqiy xulq-atvorini 
    shakllantirish usullari va vositalari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining xizmatdagi xulq-
    atvori hamda uning asosiy tamoyillari va qoidalari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida 
    odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish chora-tadbirlari yoritilgan. 


    International Conference on Developments in Education 
    Hosted from Saint Petersburg, Russia 
    httpseconferencezone.org April 20
    th
     2022 
    pg. 86 
    MUNDARIJA 
    Kirish…………………………………………....... 

    Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarning axloqiy xulq-
    atvorini shakllantirish usullari va vositalari…. 

    Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarning xizmatdagi xulq-
    atvorining 
    asosiy 
    tamoyillari 
    va 
    qoidalari…………………………………………... 
    10 
    Maktabgacha ta’lim tizimida odob-axloq qoidalariga rioya 
    etilishini takomillashtirish chora-tadbirlari............ 
    16 
    Xulosa................................................................................. 
    23 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.......................... 
    25 
    Kirish 
    Har bir sohani o‘zining etiket qoidalari mavjud. Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining ham 
    xizmatdagi odob axloq qoidalari mavjud bo‘lib, mazkur odob-axloq qoidalari O‘zbekiston 
    Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2021-yilning 11-yanvardagi “O‘zbekiston 
    Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida odob-axloq qoidalariga rioya etilishini 
    takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 11-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan. 
    Mazkur buyruq asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ham odob-axloq qoidalari 
    tasdiqlangan bo‘lib, tizim xodimlari mazkur qoidalar asosida faoliyat yuritib kelmoqda. 
    Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari o‘z faoliyatlarida bir qator xulq-atvorning asosiy 
    tamoyillari va qoidalariga rioya etishlari shart. Xodimlar o‘z faoliyatlarida qonuniylik, 
    fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, vatanparvarlik va 
    xizmat burchiga sodiqlik, davlat va jamiyat manfaatlariga sadoqat, adolat, halollik va xolislik, 
    professionallik va kompetentlik, samaradorlik va tejamkorlik kabi qoidalarga rioya etishlari 
    shart. Odob-axloq qoidalari tizimda xodimlarning o‘z majburiyatlarini bajarishda amal qilishi 
    lozim bo‘lgan vazifalardan iboratdir. 
    Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarning axloqiy xulq-atvorini shakllantirish usullari va 
    vositalari 
    Maktabgacha ta'lim tizimida odob-axloq qoidalariga amal qilishda eng avvolo, tizimda 
    rahbarlik qilayotgan rahbarning birinchi navbatda o‘z odob-ahloq normalarini bajarishi va o‘zi 
    rahbarlik qilib kelayotgan jamoada namuna bo‘lishini ta'minlashi lozim. Maktabgacha ta'lim 
    tizimi muassasalarining rahbarlari ish jarayonida xodimlarning axloqiy xulq-atvorini 
    shakllantirishlari va ularning ishga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirishlari, jamoatchilik 
    qobiliyatlarini shaklantirishlari lozim. 
    Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimi rahbarlari xodimlarning axloqiy xulq-atvorini 
    shakllantirishda quyidagilarga majburdirlar: 
    o‘z mansab majburiyatlarini bajarishda “Odob-axloq Qoidalari”da belgilangan axloq normalari 
    va tamoyillarga so‘zsiz rioya qilinishida shaxsiy namuna ko‘rsatish; 
    xodimlar bilan o‘zaro munosabatlarda halol bo‘lish, ularning takliflari, g‘oyalari, talablari va 
    shikoyatlariga o‘z vaqtida javob berish; 
    kamsitishga oid siyosatga yo‘l qo‘ymaslik va xodimlarga mehnatga haq to‘lash va xizmat 
    bo’yich ko’tarilishida teng huquq va imkoniyatlarga kafolat berish; 
    xodimlarga ularning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydigan sharoitlarni yaratish; 
    xodimlar bilan munosabatlarini uzoq muddatli hamkorlik qilish, maqsadlar umumiyligi, o‘zaro 
    manfaatlarni hurmat qilish va hisobga olish, ijtimoiy sheriklik asosida o‘rnatish; 
    manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va hal qilish bo‘yicha o‘z vaqtida birlamchi choralarni 
    ko‘rish; 



    Download 314,04 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 314,04 Kb.
    Pdf ko'rish