|
International Conference on Developments in EducationInternational Conference on Developments in Education
Hosted from Saint Petersburg, Russia
https: econferencezone.org April 20
th
2022
pg. 87
korrupsiyani oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda faol qatnashadigan
xodimlarni himoya qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
vazifalar doirasini aniq belgilab olish, bo’ysinuvchi xodimlar o‘rtasida ularning mansabi va
kasbiy layoqatidan kelib chiqib taqsimlash, xodimlarning lavozim majburiyatlari doirasidan
chetga chiqadigan vazifalarni bermaslik;
xodimni asossiz ravishda rag’batlantirish va lavozim bo’yicha ko’tarilishiga yo’l qo’ymaslik,
shuningdek, g’ayrihuquqiy harakatlarga e'tibor bermaslikka qarshi choralar ko’rish (masalan,
xodimlar tomonidan o’z faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli darajada
choralar ko’rilmasligi);
xodimlarni majburiy mehnatda, jumladan, shahar hududlarini obodonlashtirishda, mavsumiy
qishloq xo‘jaligi ishlarida, shuningdek, boshqa mavsumiy tadbirlarda qatnashishlarini oldini
olish (tegishli tashkilot hududida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlik
Mahkamasining tegishli qarori bilan xavfsizlik standartlariga qat'iy rioya qilingan holda
ixtiyoriy shanbalik tashkil etilgan hollar bundan mustasno);
xodimlarini samarali boshqarish, ular tomonidan tizim mol-mulki va moliyaviy resurslari bilan
ehtiyotkor va tejamkor munosabatda bo‘lishlarini kuzatish;
o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar tomonidan mazkur Qoidalar buzilishini oldini olishga bo‘lgan
harakatsizligi uchun javob berish.
Vazirlik tizim muassasalarining rahbarlari o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar bilan munosabatlarda
professional, halol va adolatli xulq-avtor namunasi bo‘lishi, qulay ish muhitini yaratishi hamda
tizimda ijobiy ma'naviy-psixologik muhitni shakllantirishga ko‘maklashishlari lozim.
Vazirlik tizimi rahbarlari nepotizm, favoritizm, maxilliychilik, homiylik, urug’-aymoqchilik
va boshqa belgilarga ko’ra xodimlarni yollash, rotatsiya qilish, lavozimga tayinlash,
rag’batlantirish yoki jazolash, shuningdek, ularga boshqacha sub'ektiv munosabatda bo’lishga
yo’l qo’ymasliklari kerak.
Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarning xizmatdagi xulq-atvorining asosiy tamoyillari va
qoidalari
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021-yil 11-yanvardagi 11-sonli
buyrug‘ining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalarida tizim xodimlarining xizmatdagi xulq-
atvorining asosiy qoidalari va tamoyillari ko‘rsatilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
qonuniylik – vazirlik tizimi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga so‘zsiz rioya
qiladilar hamda o‘z xizmat majburiyatlarini mansab yo‘riqnomalari, mehnat shartnomalari,
ichki hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofik bajaradilar;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi – fuqarolarning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari vazirlik tizimining oliy qadriyati bo‘lib
hisoblanadi, soha xodimlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari
buzilishiga yo‘l qo‘ymaydilar va qonunbuzarlik bo‘lgan hollarda ularni tiklashga
ko‘maklashadilar.
vatanparvarlik va xizmat burchiga sodiqlik – vazirlik tizimi xodimlari o‘z faoliyatini ma’naviy
va vatanparvarlik qadriyatlari, Vatanga sadoqat, xizmat burchiga sodiqlik asosida jamiyatning
tizimga bo‘lgan talabini ifodalagan holda amalga oshiradilar. Vazirlik tizimi xodimlari o‘z
xizmat burchlarini shaxsiy xayrihoxlik, o‘z manfaatlari va mafkuraviy qarashlaridan qatiy
nazar bajaradilar;
davlat va jamiyat manfaatlariga sadoqat – maktabgacha ta’lim tuzilmalari va tashkilotlarining
xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishga hamda davlat va jamiyat
manfaatlarini ko‘zlashga to‘sqinlik qiladigan shaxsiy manfaatdorligi ta’siri bilan bog‘liq har
qanday harakatlardan o‘zlarini tiyishlari lozim;
|
| |