International Conference on Developments in Education




Download 314,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana23.12.2023
Hajmi314,04 Kb.
#127271
1   2   3   4   5   6
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Saint Petersburg, Russia 
httpseconferencezone.org April 20
th
 2022 
pg. 89 
rag‘batlantirish yoki jazolash, shuningdek, ularga boshqacha sub’ektiv munosabatda bo‘lishga 
yo‘l qo‘ymasliklari kerak. 
Maktabgacha ta’lim tizimida odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish chora-tadbirlari 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida odob-axloq qoidalarida rioya etilishini takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Buyrug‘i (2021-yil 11-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i)da 
maktabgacha ta’lim tizimida odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish chora-tadbirlari 
belgilangan. 
Vazirlik tizimi xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar: 
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalari qarorlariga rioya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, 
qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlari, vazirlik Hay’ati qarorlari, vazirning buyruqlari va ichki idoraviy hujjatlarini 
bajarish;
– o‘z xizmat majburiyatini vijdonan va professional darajada bajarish;
– yuqori turuvchi davlat organlari va mansabdor shaxslari tomonidan o‘z vakolati doirasida 
qabul qilingan farmoyishlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish;
– o‘z faoliyatini qonunchilik va ichki hujjatlarda belgilangan kompetensiya doirasida amalga 
oshirishi; 
– o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmaslik, ular 
ta’siridan o‘z mustaqilligini saqlab qolish, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy 
manfaatlarini hisobga olish;
– xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilishi yoki ularni bajarishda biron-bir shaxsiy, 
mulkiy yoki boshqa manfaatlarga taalluqli bo‘lishi mumkin bo‘lgan harakatlardan o‘zini tiyish;
– xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni doimiy 
asosda oshirish; 
– o‘z vakolatlaridan davlat organlari, boshqa tashkilotlar yoki ular mansabdor shaxslari 
faoliyatiga noqonuniy aralashish maqsadida foydalanmaslik;
– turli etnik, ijtimoiy guruhlar va konfessiyalarning madaniy va boshqa xususiyatlarini hisobga 
olib, ijtimoiy barqarorlik, millatlar va konfessiyalararo totuvlikka ko‘maklashgan holda 
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar xalqlarining urf-odatlari va an’analarini 
xurmat qilish;
– xodimlar tomonidan o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha o‘yg‘otishi 
mumkin bo‘lgan xulq-avtordan o‘zini tiyish va o‘z obrusi yoki soha nufuzini tahdid ostiga 
olishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni oldini olish;
– egallab turgan lavozimi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi 
va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, yuqori darajada ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lish, 
hamkasblariga, fuqarolarga va boshqa uchinchi shaxslarga xurmat, xushmuomalalik va 
xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish;
– maktabgacha ta’lim tizimi ishi to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish yuzasidan ommaviy 
axborot vositalari vakillari faoliyatiga xurmat bilan munosabatda bo‘lish, shuningdek, 
belgilangan tartibda ishonchli ma’lumotlarni olishga ko‘maklashish;
– maxfiy axborotdan faqat xizmat maqsadlarida foydalanish, shuningdek, maxfiy axborot va 
shaxsiy ma’lumotlarni nobud qilish, yo‘qotish, o‘zgartirish, oshkor qilish, zarar yetkazish, 
ruxsatsiz foydalanish xavfidan tegishli darajada himoya qilinishini ta’minlash; 
– haqoratli, hurmatsiz va kamsituvchi xulq-atvorda bo‘lishga, shuningdek, maktabgacha 
ta’limi tuzilmalari hamda tashkilotlari va/yoki ular xodimlarining obro‘siga putur yetkazadigan 
zo‘ravonlik yoki yolg‘on mish-mishlarni tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda xizmat xonalari, davlat mulki, moddiy-texnik 
bazadan hamda tizimni boshqa mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanish;



Download 314,04 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 314,04 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



International Conference on Developments in Education

Download 314,04 Kb.
Pdf ko'rish