|
International Conference on Developments in EducationInternational Conference on Developments in Education
Hosted from Saint Petersburg, Russia
https: econferencezone.org April 20
th
2022
pg. 90
– xatlar va xizmat xabarlarini yetkazish va olishning tizimda belgilangan qoidalariga rioya
qilishi;
– qonunbuzarlik sodir etishga undab o‘ziga murojaat qilgan holatlar, shuningdek, vazirlik
tizimi boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan va o‘ziga ma’lum bo‘lgan har qanday
qonunbuzarlik holatlari hakida o‘z rahbari yoki boshqa vakolatli shaxslarni zudlik bilan
xabardor qilish;
– tizimdagi yangi va boshqa xodimlarga zarur amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish,
hamkasblarini ularning kasbiy intilishlarida qo‘llab-quvvatlash;
– mehnat intizomiga rioya qilish va ish vaqtidan samarali foydalanish, ish joyida va/yoki o‘z
xizmat majburiyatlarini bajarishda alkogol, giyoxvand va boshqa taqiqlangan vositalarni
iste’mol qilishdan, shuningdek, ish joyida alkogol yoki giyoxvand vositalar ta’sirida bo‘lish
holatidan voz kechish va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
– hamkasblari va boshqa shaxslardan tanqidni tug‘ri qabul qilish, shuningdek, xolis e’tirozlar
bo‘lganda xulq-atvorini o‘zgartirish;
– berilgan vazifalarni bajarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan tinch emotsional holatda bo‘lish.
Siyosiy, iqtisodiy maqsadga muvofiqlik, shuningdek, shaxsiy va boshqa sub’ektiv sabablar
xodim tomonidan mazkur qoidalar talablarini buzishga asos bo‘lib hisoblanmaydi.
Mehnat shartlari va xizmat turidan kelib chiqib, xodimning o‘z xizmat majburiyatlarini
bajarishida tashqi ko‘rinishi fuqarolar tomonidan ommaviy hokimiyatni xurmat qilishga
ko‘maklashishi, umumqabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, kamtarlik va
intizomlilikni alohida ta’kidlashi lozim.
Xodimlar ishdan bo‘sh vaqtlarida umumqabul qilingan odob-axloq normalariga rioya qilishlari
va axloqqa zid keluvchi xulq-atvordan o‘zlarini tiyishlari kerak.
Tizimi xodimlariga xodim o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda jismoniy va
yuridik shaxslardan biron-bir sovg‘a yoki ish muomalasida mehmondo‘stlikning belgilari,
qarz, kafolatlar, kafilliklar, mukofotlar shaklida rag‘batlantirish vositalarini, naqd pul
mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti, qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida moddiy yordam qabul
qilish taqiqlanadi.
№ Chora-
tadbirning
nomi
O‘tkaziladigan
joyi va vaqti
Mas’ullar
Amalga
oshirish
mexanizmlari
1
2
3
4
5
Xulosa
Jamiyatning turli bosqich va jarayonlarida amalga oshiriladigan hech bir rasmiy, siyosiy,
madaniy, iqtisodiy va boshqa munosabatlar odob qoidalarisiz amalga oshirilmaydi.
Axloq-odob qoidalari – bu jamiyat hayotining barcha qatlamlarida turli shakllarda namoyon
bo‘luvchi huquqiy, axloqiy, an'anaviy va shu kabi odamlarning xulq-atvori, xatti-harakatlariga
xizmat qilgan qat'iy normalar, tavsiyalar, talablar yig‘indisidir.
Odob-axloq qoidalari Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini yuksak huquqiy ong, O‘zbekiston
Respublikasining Konstitusiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga,
fuqarolarning huquq va erkinliklariga qat'iy rioya qilish ruhida tarbiyalashga hamda
huquqbuzarlikning oldini olishga, ular sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf
etishga qaratilgan bo‘lib, ular o‘z navbatida egallab turgan lavozimidan qat'i nazar
Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarining kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va
xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari yig‘indisidan iboratdir.
|
| |