|
International Conference on Developments in EducationInternational Conference on Developments in Education
Hosted from Saint Petersburg, Russia
https: econferencezone.org April 20
th
2022
pg. 88
adolat, xalollik va xolislik – vazirlik tizimiga murojaat qilgan barcha shaxslarga nisbatan
adolatli, xalol va xolis munosabatda bo‘lishni ta’minlaydilar;
professionallik va kompetentlilik – vazirlik tizimi xodimlari tizimning asosiy qadriyati bo‘lib
hisoblanadi, ularning malakasi, ishonchi, ezgu niyati, hamkorligi va jamoaviy ruhi qo‘yilgan
maqsadlarga erishish hamda sohani takomillashtirish imkonini beradi. Vazirlik tizimi
xodimlari professionallik, benuqson ishchanlik obrusi, jamoada qulay ma’naviy va ruhiy
muhitni yaratishda yordam berish, shuningdek, hamkasblari bilan samarali bilim va tajriba
almashishni ta’minlashi majburiydir;
samaradorlik va tejamkorlik – vazirlik tizimi o‘z faoliyati samaradorligini oshirishni, jumladan,
erishilishi jamiyat va davlat farovonligini oshirish imkonini beradigan strategik vazifalardan
biri sifatida ichki boshqaruv, fuqarolar, tashkilotlar va davlat organlari bilan o‘zaro aloqalar
tizimini takomillashtirish, innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish va boshqa yo‘llar bilan
doimiy ravishda ko‘rib chiqadilar. Soha xodimlari, o‘z navbatida, tizimning mulkiga, o‘zining
va boshqa xodimlarning vaqtiga mas’uliyat va ehtiyotkorlik bilan yondashadilar.
O‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarning axloqiy xulq-atvorini shakllantirishda quyidagilarga asosiy
e’tiborni qaratish zarur:
– o‘z mansab majburiyatlarini bajarishda xodimlarining odob-axloq qoidalari”da belgilangan
odob-axloq normalari va tamoyillariga so‘zsiz rioya qilinishida shaxsiy namuna ko‘rsatish;
– xodimlar bilan o‘zaro munosabatlarda halol bo‘lish, ularning takliflari, g‘oyalari, talablari va
shikoyatlariga o‘z vaqtida javob berish;
– kamsitishga oid siyosatga yo‘l qo‘ymaslik va xodimlarga mehnatga haq to‘lash va xizmat
bo‘yicha ko‘tarilishida teng huquq va imkoniyatlarga kafolat berish;
– xodimlarga ularning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydigan sharoitlarni yaratish;
– xodimlar bilan munosabatlarini uzoq muddatli hamkorlik qilish, maqsadlar umumiyligi,
o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish va hisobga olish, ijtimoiy sheriklik asosida o‘rnatish;
– manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va hal qilish bo‘yicha o‘z vaqtida birlamchi choralarni
ko‘rish;
– korrupsiyani oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda faol qatnashadigan
xodimlarni himoya qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
vazifalar doirasini aniq belgilab olish va bo‘ysunuvchi xodimlar o‘rtasida ularning mansabi va
kasbiy layoqatidan kelib chiqib taqsimlash, xodimlarning lavozim majburiyatlari doirasidan
chetga chiqadigan vazifalarni bermaslik;
– xodimni asossiz ravishda rag‘batlantirish va lavozim bo‘yicha ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik,
shuningdek, g‘ayrihuquqiy harakatlarga e’tibor bermaslikka qarshi choralar ko‘rish (masalan,
xodimlar tomonidan o‘z faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli darajada
choralar ko‘rilmasligi);
– xodimlarni majburiy mehnatda, jumladan, shahar hududlarini obodonlashtirishda, mavsumiy
qishloq xo‘jaligi ishlarida, metall qoldiqlarini yig‘ishda, shuningdek, boshqa mavsumiy
tadbirlarda qatnashishlarini oldini olish (tegishli tashkilot hududida O‘zbekiston Respublikasi
Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan xavfsizlik standartlariga katiy
rioya qilingan holda ixtiyoriy shanbalik tashkil etilgan hollar bundan mustasno);
– xodimlarni samarali boshqarish, ularning tizim mol-mulki va moliyaviy resurslari bilan
ehtiyotkor va tejamkor munosabatda bo‘lishlarini kuzatish;
– o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar tomonidan mazkur qoidalar buzilishini oldini olishga bo‘lgan
harakatsizligi uchun javob berish.
– vazirlik tizimi rahbarlari o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar bilan munosabatlarda professional,
halol va adolatli xulq-avtor namunasi bo‘lishi, qulay ish muhitini yaratishi hamda sohada ijobiy
ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirishga ko‘maklashishlari lozim.
– vazirlik tizimi rahbarlari nepotizm, favoritizm, mahalliychilik, homiylik, urug‘-aymoqchilik
va boshqa belgilarga ko‘ra xodimlarni yollash, rotatsiya qilish, lavozimga tayinlash,
|
| |