|
Umumta’lim maktabining fizika kursida
|
bet | 1/10 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 91,93 Kb. | | #146788 |
Bog'liq “Umumta’lim maktabining fizika kursida “Mexanik to‘lqinlarning muhitlarda
“Umumta’lim maktabining fizika kursida “Mexanik to‘lqinlarning muhitlarda tarqalishi. Ultra va infratovushlardan turmushda va texnikada foydalanish” interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish” mavzusidagi
KURS ISHI
MUNDARIJA:
KIRISH.............................................................................................................3
|
I.BOB. FIZIKADA DARSLARIDA INTERFAOL TA’LIM METODLARINI QO‘LLASH USULLARI……………………………………..5
|
1.1. Fizikada darslarida interfaol ta’lim metodlarni samarali qo‘llash………5
|
1.2. Fizika o‘qitish metodikasining predmeti va tadqiqot metodlari………...17
|
II.BOB. INTERFAOL TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANIB “MEXANIK TO‘LQINLARNING MUHITLARDA TARQALISHI. ULTRA VA INFRATOVUSHLARDAN TURMUSHDA VA TEXNIKADA FOYDALANISH” MAVZUSINI O‘RGATISH.................................................24
|
2.1. “Mexanik to‘lqinlarning muhitlarda tarqalishi. Ultra va infratovushlardan turmushda va texnikada foydalanish” interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish” interfaol ta’lim metodlaridan foydalanishning ahamiyati.....................................24
|
2.2. “Mexanik to‘lqinlarning muhitlarda tarqalishi. Ultra va infratovushlardan turmushda va texnikada foydalanish” mavzusiga doir dars ishlanmasi................27
|
XULOSA…………………………………………………………………....35
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.................................….................37
|
KIRISH
Fizika—tabiat qonunlari o‘rganiladigan asosiy tabiiy fanlardan biri bo‘lib, materiya harakatining eng sodda va shu bilan birga, eng umumiy shakli bo‘lgan mexanik, atom-molekular, gravitatsion, elektromagnit jarayonlarni, shuningdek, atom ichidagi va yadro ichidagi jarayonlarni o‘rganadi. Fizik harakat shaklining bu ko‘rinishlari shuning uchun ham umumiyki, bu harakat shakllari materiyaning boshqa fanlar o‘rganadigan barcha, yanada murakkabroq (kimyoviy, biologik) harakatlarida bo‘ladi va ularning ajralmas qismidir.
Biroq fizikaning boshqa fanlar bilan bog‘lanishi shuning o‘zidangina iborat bo‘lmay, balki fizika yana barcha tabiiy va amaliy fanlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur boigan tadqiqotlarni ishlab chiqishga va asboblar yaratishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda bu fanlarning alohida fizik bo‘limlari bor: astronomiyada—astrofizika, biologiyada—biofizika, kimyoda — fizik kimyo, elektrotexnikada—elektrofizika, geologiyada—geofizika va hokazo. Shuning uchun fizika barcha tabiiy va amaliy fanlarning yaratilishi uchun poydevordir, deyish mumkin.
Tabiat haqidagi fanlar ichida texnika taraqqiyoti uchun fizika eng katta ahamiyatga ega, chunki fizika qonunlari texnikada ko‘p qo‘llaniladi. Fizika sohasidagi yangi kashfiyotlar mavjud texnikaning yaxshilanishiga yoki yangi texnikaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Texnikaning taraqqiyoti, o‘z navbatida, fanning yanada rivojlanishiga olib keladi.
Fan va texnikaning taraqqiyoti mamlakatimiz kelajagini rivojlantiradi shuning uchun yoshlarga berilayotgan e’tibor, ta’lim tarbiya ularning kelajakda komil inson bo‘lib yetishishiga, yurtimizni bundan ham gullab yashnashiga o‘z hissalarini qo‘shishlariga ishonch bildirmoqda.
Fizika o‘quv predmeti sifatida shakllantirish uchun yetarli darajada imkoniyatlarga ega. Bu o‘quv predmetining barcha texnik qurilmalarning asosi sifatida namoyon bo‘lishi, egallagan bilimlarining hayotda hayotda qo‘llash imkoniyatlarning ko‘pligi bilan belgilanadi.
Fizikani o‘qitish fanning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun yaxshi zamin hisoblanadi. Fizika darslarida axborot texnologiyalarini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlaridan biri, menimcha, kompyuterda fizik laboratoriya tajribasini o‘tkazishdir.
Kurs ishining mavzusi: “Umumta’lim maktabining fizika kursida “Mexanik to‘lqinlarning muhitlarda tarqalishi. Ultra va infratovushlardan turmushda va texnikada foydalanish” interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish”.
|
| |