|
1-maruza: qurilish materiallarining tarkibi. Materiallarning
|
bet | 1/5 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 92,5 Kb. | | #265336 |
Bog'liq 1-mavzu KIRISH KIRISH
Respublikamiz sanoat va uy-joy qurilishining kun sayin o‘sib borishi qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirmokda. Qurilish materiallarini tadqiq etish usullarini har taraflama o‘rganish har bir quruvchi mutaxassis uchun zarur. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining eng muhim vazifalari bu mahalliy xom materiallardan keng foydalanish, buyum ishlab chiqarishni rivojlantirish, ularning sifatini orttirish va qurilishning tannarxini kamaytirish. Texnikaning kelajakdagi taraqqiyoti qurilish usullarini tobora sanoatlashtirishni va oldindan ishlatilib kelinayotgan ayrim qurilish materiallari o‘rniga yangilarini ishlatish hamda ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish katta ahamiyatga ega.
Ma’ruzalar kursida qurilish materiallarining xossalari, materiallarning kimyoviy, mineral va fazoviy tarkiblari. Qurilsh qorishmasi, qorishma xossalarini yaxshilovchi kompanentlar. Polimer bog‘lovchilar va ularning turlari. Petrogrofik usul, materiallarning rentgen usullari, spektrografik analiz kabi masalalarni qamraydi.
Hozirgi vaqtda DTA dan foydalanib, moddalarni qizdirish va sovitishda sodir bo‘ladigan faza o‘zgarishlarini, qanday reaksiya (birikish, parchalanish, bir turdan ikkinchi turga aylanish) ketganligini ani^lash hamda modda tarkibini miqdoriy analiz qilish mumkin.
1-MARUZA: QURILISH MATERIALLARINING TARKIBI. MATERIALLARNING XOSSALARI. QURILISH QORISHMALARI. UMUMIY MA’LUMOTLAR
Reja
Qurilish materiallarining xossalari
Termogravimetriya
Anorganik moddalarni differensial termik analiz qilish
Kalit so‘zlari: rentgenografik,zarracha. koagulyasiya, mikroskoplar, atom va ionlar, tuzilish, kompazitsion,. kondensatsiyali
Qurilish materiallarining tuzilishi bu oddiy qattiq jinslar tarkibidagi tarqoq xolatda joylashgan har xil yiriklikdagi zarrachalarning qanday tartibda bog‘langanligir. Qanday qurilish materiali bo‘lishidan qat’iy nazar, u tabiiy yoki sun’iy ravishda zarrachalarning biron bog‘lovchi modda vositasida o‘zaro birlashishidan hosil bo‘ladi.
Qurilish materiallarining tuzilish va undagi o‘zgarishlar optik elektron mikroskoplar yordamida o‘rganilib, differensial-termik, rentgenografik usullarda tekshiriladi va olingan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Zarrachalarning o‘zaro qanday birikkanligi va ular asosida hosil bo‘lgan qattiq jins koagulyasiyali, kondensatsiyali va kristall tuzilishda bo‘ladi. Koagulyasiya jinsni yaxlit xolatda ushlab turuvchi zarrachalar o‘zaro suyuq parda orqali aloqada bo‘ladi. Kondensatsiyali tuzilishda jismdagi zarrachalar atom va ionlar darajasida kovalent aloqalar vositasida kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Kristalli tuzilishda esa jism tarkibidagi qattiq fazalar yuqori haroratda erib, keyin sovugan yoki to‘yingan eritmadagi kristallar kimyoviy reaksiya natijasida o‘sib mustahkam yaxlit jismga aylangan bo‘ladi.
Qurilish meterial(sement, ohak, g‘isht, shifer, silikat g‘isht, beton va h.k.) lari kompazitsion materiallar hisoblanadi.
Masalan, sementni 75 % ohaktosh va 25 % giltuproqdan olinadi; silikat g‘isht 92 % qvars qumi SiO 2 va 8 % CaO dan olinadi.
Shuni aytish lozimki, qurilish materiallari noorganik (mineral) va organik moddalarga bo‘linadi.
Mineral xom material (sement uchun) tahlili olib borilsa giltuproq tarkibida asosiy oksidlar – SiO2, Al2O3, Fe2O3, CaO, MgO va boshqalar mavjud. Karbonat CaSO3 da ham bu aralashmalarning ozgina miqdori bor. T=14500da qizdirish jarayonida giltuproq va karbonat aralashmasida quyidagi minerallar hosil bo‘ladi: 2-kalsiyli silikat, 3-kalsiyli silikat, 4-kalsiyli alyumoferrit va 3- kalsiyli alyuminat. Ammo ularning qancha miqdorda hosil bo‘lishi bir qator omillarga bog‘liq: haroratda yaxshilab aralashtirishga, kompanentlarga. Klinker uchun kimyoviy va minerologiq tarkib bo‘yicha QMQ talablari mavjud, unda klinqer kimyoviy va minerologik tarkib bo‘yicha ya’ni sifat bo‘yicha qanday bo‘lishi kerakligi aniq ko‘rsatilgan.
Tekshiruvlarning barcha fizik-kimyoviy usullari ishlab chiqarishga joriy qilingan.
Tekshirilayotgan namunani asta – sekin qizitiladi yoki sovutiladi, bunda harorat vizual yoki avtomatik ravishda uzluksiz qayd qilinadi. Qizitishda olingan egri chiziqlar issiqliq effektlari harakteri va intensivligi va tekshirilayotgan namuna minerologik tarkibi haqida fikr yuritishga imkon beradi. Qizitishdagi termik tahlil quyidagi xususiyatlarni uzluksiz aniqlashga asoslangan: energiyani- defferinsional-termik tahlili; massani termogravimetrik tahlil; gaz ajrab chiqishining gazovolyumetrik tahlili.
Termik tahlilning bu turlari mustaqil ravishda yoki, bir biri bilan birgaliqda ham qo‘llaniladi. SHunday kompleks termik uskunalar ma’lumki, ular energiya, massa va moddani qizitishda ajrab chiqqan gaz hajmini qayd qilishdan tashqari, namunaning chiziqli o‘lchamlari o‘zgarishi (dilotometriya), elektr xususiyatlari (elektro o‘tkazuvchanlik) va ayrim boshqa xususiyatlarni ham qayd qiladi.
Hozirgi paytda DTA usuli ancha takomillashganligi sababln undan moddalarni miqdoriy analiz qilishda foydalanilmoqda. Bunda DTA egri chizig‘idagi cho‘qqining balandligi namunadagi tekshirilayotgan komponentning miqdoriga bog‘liqligiga asoslaniladi.
Bu usul analizda aniq natijalar olishga imkon bermaydi. SHuning uchun differensial termik analiz bilan birga termo-avalitik usulning ikkinchi xili termogravimetriya (TG) ham rivojlanib bordi. Bu usulda tekshirilayotg.an modda og‘irligining issiqlik ta’sirida o‘zgarishi kuzatiladi, ya’ni modda qizdirish davomida vaqti vaqti bilan tortib turiladi. Olingan ma’lumotlar
«harorat-og‘irlik» koordinatalar sistemasi o‘tkazilib, topilgan nuqtalar birlashtirilsa termogravimetrnx egri chiziq hosil bo‘ladi. Hozirgi vaqtda termogravimetriyaning yangi statistik usuli kashf etildi. U «bosqichli izotermik qizdirish» usuli deb ataladi va oldingi usullardan ma’lumotlarning (harorat va og‘irlik) avtomatik tarzda yozib borilishi bilan farq qiladi.
|
| |