|
1-maruza: qurilish materiallarining tarkibi. Materiallarning
|
bet | 4/5 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 92,5 Kb. | | #265336 |
Bog'liq 1-mavzu KIRISHLyuminessensiya usuli. Bu usul ba’zi organik birikmalar eritmalarining fotolyuminessensiya (yoki flyuoressensiya) lanishiga asoslangan. Flyuoressensiyalanish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalarning molekulalari ultrabinafsha nurlar bilan yoritilsa qo‘shimcha energiya oladi.
Bu usulda analitik ximiyada qilingani kabi avval aniqlanayotgan komponent ajratib olinadi. Tekshirilayotgan modda flyuoressensiyalanishining nisbiy intensivligini o‘lchash asosida uning miqdori topiladi. Lyuminessensiya analizi uchun zarur bo‘lgan ultrabinafsha nurlar yorug‘lik nuridan yorug‘lik filtrlari yordamida ajratib olinadi. Tekshirilayotgan moddada nurlanish vujudga keltirish uchun zarur bo‘lgan ultrabinafsha nurlari manbai sifatida PRK tipidagi simobli kvars lampalari, o‘ta yuqori bosimli SVD- 120 lampalari, shar shaklidagi DRSH-250, BUV-15 va boshqa lampalardan foydalaniladi. Bu lampalar yorug‘lik o‘tkazmaydigan qobiq ichiga o‘rnatiladi. Lampadan chiqqan yorug‘lik filtr orqali o‘tib, tekshirilayotgan eritmaga tushadi va uni nurlantiradi.
Lyuminessensiya analizi usuli bog‘lovchi moddalarning gidratlanishini o‘rganishda, sement suspenziyasining suyuq fazalarida alyuminiy, magniy va boshqa elementlarni aniqlashda hamda yangi hosil bo‘lgan birikmalarning tarkibini o‘rganishda keng qo‘llaniladi.
Moddalarning ximiyaviy tarkibini ularning optikaviy spektri bo‘yicha aniqlash usuli spektral analiz deb ataladi. Bu analiz yuqori harorat ta’sirida qo‘zg‘atilgan atomlarning o‘zidan nur chiqarish intensivligini o‘lchashga asoslangan. Keyingi vaqtlarda spektral analiz usullari xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlarida, shu jumladan, shisha, sement, keramika, mineral o‘g‘itlar, turli shlaklar va boshqa anorganik moddalarning tarkibini aniqlashda keng qo‘llanilmoqda.
Spektral analiz sifat va miqdoriy analizning boshqa usullariga nisbatan qator afzalliklari bor. Masalan, bu usulda juda kam miqdordagi moddalarni tez aniqlash mumkin, ishlatiladigan apparatlar universal, arzon va moddalarning sifat hamda miqdoriy tarkibi haqidagi ma’lumot diagramma, spektr holida olinadi. Foydalanilayotgan spektrning harakteri (nur chiqarish, nurni yutish yoki uni tarqatish)ga qarab spektral analiz bir necha turga bo‘linadi. Quyida spektral analiz turlarini qisqacha harakterlab o‘tamiz.
Emission spektral analiz bu usul nurlanuvchi moddalardan chiqayotgan nurlarning spektrini o‘rganishga asoslangan. Adsorbsion (molekulyar yoki infraqizil) spektral analiz spektrlarning moddaga yutilishini o‘rganishga asoslangan. Moddalar tarkibini kombinatsion spektral analiz qilish simob lampasi bilan yoritilgan moddadan chiqqan yorug‘lik nurini o‘rganishga asoslangan.
Spektral analizning har bir usuli bilan batafsilroq tanishib chiqamiz.
|
| |