• Alangaviy fotometriya.
  • 1-maruza: qurilish materiallarining tarkibi. Materiallarning




    Download 92,5 Kb.
    bet3/5
    Sana24.06.2024
    Hajmi92,5 Kb.
    #265336
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-mavzu KIRISH

    Polyarografiya. Murakkab tarkibli ruda va qotishmalar tarkibidagi juda oz miqdordagi rangli metallarni aniqlashda bu usuldan foydalaniladi. Polyarografik tekshirish usuli elektroliz protsessida elektrodda sodir bo‘ladigan qutblanishni o‘lchashga asoslangan. Elektroliz rotsessida elektrodlarga berilgan kuchlanishning kattaligiga qarab tok kuchining qiymati o‘zgaradi. Tok kuchining kattaligi bo‘yicha tekshirilayotgan element ionlarining miqdori aniqlanadi. Tok kuchining o‘zgarishini harakterlovchi egri chiziq polyarografik to‘lqin deyiladi. Polyarografik analizda operatsiyalar quyidagi izchillikda bajariladi avval asbob o‘rnatiladi, uning ishga tayyorligi tekshiriladi, kalibrlash grafigi chiziladi; kalibrlash grafigini chizish uchun tarkibida aniqlanishi kerak bo‘lgan element ionlaridan ma’lum miqdor qo‘shib tayyorlangan stan-dart eritmalari asosida olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. SHundan keyin modda nomunasini polyarografik analizga tayyorlanib, uning polyarografik egri chizig‘i olinadi. Bunda abssissalar o‘qiga tekshirilayotgan ionning miqdori, ordinatalar o‘qiga esa diffuzion tokning kattaligi qo‘yiladi. Keyin tekshirilayotgan eritmaning polyarizatsion grafigi olinadi va undan diffuzion tokning kattaligi aniqlanadi. Tekshirilayotgan ionning miqdori esa diffuzion tokning kattaligiga qarab kalibrlash grafigidan topiladi. Polyarografik analizdan agressiv muhitda nitrat ionlar miqdorini va beton hamda temir-betonda korroziya mahsulotlari tarkibini tekshirishda foydalaniladi.
    Alangaviy fotometriya. Bu usul yordamida moddaning tarkibini analiz qilish uchun u aerozol holida purkagich yordamida gaz gorelkasi alangasiga purkaladi.
    Alangaviy fotometriya usuli emission spektral analizning bir turi bo‘lib, namunadagi tekshirilayotgan element miqdorini aniqlash uchun bu analizda spektrning rasmini olish yoki ularning intensivligini o‘z ko‘z bilan ko‘rish o‘rniga fotoelement yoki fotokuchaytirgich va galvanometrdan foydalaniladi. Tekshirlayotgan elementning alangada hosil qilgan nurlanishi modda tarkibidagi boshqa elementlarning nurlanishidan yorug‘lik filtrlari yoki monoxromator yordamida ajratiladi. Bu nurlanish fotoelementga tushib, fototok hosil qiladi, bu tokning kattaligi galvanometr yordamida o‘lchanadi.
    Aniqlanishi kerak bo‘lgan komponentning tekshirilayotgan moddadagi miqdorini hisoblashning bir necha usuli bor. Ulardan eng qulayi kalibrlash grafigidan foydalanishdir. Buning uchun yuqorida tanishilgan usullardagi kabi, tarkibida aniqlanishi lozim bo‘lgan elementdan ma’lum miqdorda bo‘lgan etalon eritmalar tayyorlanadi. Eritmalar fotometrlanadi va olingan ma’lumotlar asosida kalibrlash grafigi chiziladi. Keyin tekshirilayotgan eritma fotometrlanadi va grafikdan aniqlanishi lozim bo‘lgan elementlarning miqdori topiladi.

    Download 92,5 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 92,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-maruza: qurilish materiallarining tarkibi. Materiallarning

    Download 92,5 Kb.