Umumta’lim maktabining fizika kursida




Download 91,93 Kb.
bet3/10
Sana27.01.2024
Hajmi91,93 Kb.
#146788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“Umumta’lim maktabining fizika kursida “Mexanik to‘lqinlarning muhitlarda
1699427837, Destination C1&C2 @destination b1 b2 c1, 5-mavzu
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi:
1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blist-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.
2. Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.
3. Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.
Interfaol ta’lim metodlarini ko‘pincha turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanmokda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan yuqoridagi tasnif bo‘yicha hozirgi ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan qo‘llash uchun qulayligi shartli ravishda quyidagi 1-jadvalda keltirildi.
1-jadval
Ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan qo‘llash uchun qulayligi

O‘quv mashg‘ulotlari texnologiyasi

Interfaol metodlar va ta’lim strategiyalari

Grafik organayzerlar

Ma’ruza mashg‘ulotlari ta’lim texnologiyasi.

Erkin yozish. Asoslangan esse va b.

Klaster.
B-B-B chizmasi T-chizma va b.

Seminar mashg‘ulotlari ta’lim texnologiyasi.

Aqliy hujum FSMU
Blist-so‘rov. Blist-o‘yin va b.

Venn diagrammasi. Konsteptual jadval va b.

Amaliy mashg‘ulotlar ta’lim texnologiyasi.

O‘qitish bo‘yicha qo‘llanma.
Yozma va ogzaki davra suhbati va b.

Insert jadvali.
“Nima uchun” chizmasi. “Qanday?” diagrammasi va b.

Mustaqil ta’lim texnologiyasi.

Tushunchalarni aniqlash va b.

Baliq skeleti va b.

Keys-stadi ta’lim texnologiyasi.

Tushunchalar asosida matn tuzish va b.

Toifalash jadvali va b.

Loyihali ta’lim texnologiyasi.

Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi va b.

Nilufar guli va b.

Bu jadvaldagi ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan qo‘llash uchun qulayligi bir muncha shartli va aslida muayyan o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan boshqa yana ko‘p interfaol metodlarni aniq maqsadlar yo‘lida qo‘llash mumkin ekanligini alohida ta’kidlash zarur.
Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta’lim metodlarini tanlash nimalarga bog‘liq, degan masaladir.
Didaktikaga oid adabiyotlarda ta’lim metodlarini to‘g‘ri tanlash va ularni qo‘llash samaradorligining turli omillar bilan bog‘liqliklari quyidagicha qayd qilinadi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 91,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumta’lim maktabining fizika kursida

Download 91,93 Kb.