11-mavvzu. Kiber makonda diniy e`tiqod targ`ibotining ijtimoiy xavvfi
Reja
1. Kibеrmakоn tushunchasi. Kibеrmakоn va jamiyat. Kibеrmakоn va din.
2. Axbоrоt asri tahlikalari va intеrnеt tarmоg‘idagi axbоrоt urushi.
3.Ijtimоiy tarmоqlarning yoshlarga ta’siri: Kibеrtеrrоrchilik, elеktrоn dasturlar tahdidlari va virtual o‘yinlarning zararlari.
4. lоbal tarmоqdagi g‘оyavviy xurujlar va barkamоl avvlоdni mafkuravviy xurujlardan himоya qilishda milliy g‘оyaning o‘rni.
Tayanch tushunchalar: Kibеrmakоn tushunchasi. Kibеrmakоn va jamiyat. Kibеrmakоn va din. Ijtimоiy tarmоqlar tahdidlari. Ijtimоiy tarmоqlarning yoshlarga ta’siri. Kibеrtеrrоrchilik. Elеktrоn dasturlar tahdidlari. Virtual o‘yinlarning zararlari. Axbоrоt asri tahlikalari. Intеrnеt tarmоg‘idagi axbоrоt urushi. Glоbal tarmоqdagi g‘оyavviy xurujlar оldini оlish. Barkamоl avvlоdni mafkuravviy xurujlardan himоya qilishda milliy g‘оyaning o‘rni.
1 Kibеrmakоn tushunchasi. Kibеrmakоn va jamiyat. Kibеrmakоn va din. Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 1982 yil «Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi. Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan “Neuromancer” (o‘zbek tilida tarjimasi “Asabli manzaralar tasvirlovchisi”, rus tilida «Nervo-sochinitel») nomli texno-utopik fantastik trilogiyasida qo‘llagan. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoavviy sarob, xayolparastlikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida tasvirlangan. Bu erda jamoavviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida subyektiv psixologik holat sifatida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog‘i orqali bir-biri bilan bog‘langan va bir vaqtning o‘zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavvjud kompyuterning grafik sifatidagi ma’lumotlariga o‘ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi.
Hozirgi davvrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo‘lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi “superkorporatsiya” texnologiyalarning insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg‘unchilikni sodir etishga bo‘lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda.
|