Yurtimizda yoshlarni o‘qitishga keng e’tibor qaratilib, ta’lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida bir qator islohatlar amalga oshirilmoqda




Download 18.3 Kb.
Sana07.04.2024
Hajmi18.3 Kb.
#190416
Bog'liq
Lokal tarmoq texnologiyasi-fayllar.org, 8-mavzu Javascript tili, Assessment 2 (Topshiriq), Imomov 022-20 1-topshiriq, Assessment 3 (Topshiriq), Assessment 2 (Topshiriq), Assessment 1 (Topshiriq), Maxmudov Tarmoq MI, Oraliq 1, Документ Microsoft Word (2), Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi, ELEKTRONIKA M.ISH, Nutritsiologiya FD 2023-2024, 32, Korreksion P 9-mavzu eshirish

Dunyo miqyosida bugungi kunda bo‘lajak mutaxassislar uchun tsivilizatsiya yutuqlaridan keng foydalanish, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim mazmunini umumevropa xalqaro standartlari asosida tashkil etish muhim o‘rin egallamoqda.
Yurtimizda yoshlarni o‘qitishga keng e’tibor qaratilib, ta’lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida bir qator islohatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash” kabi vazifalar belgilangan. Bunda, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida faoliyat motivlari asosida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish, o‘quv jarayonida loyiha texnologiyasidan foydalanishga o‘rgatish tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik innovatsion jarayonlar G’arbda 1970-yillar oxirlaridan, mamlakatimizda esa mustaqilikka erishilganidan so‘ng olimlar tomonidan maxsus o‘rganila boshlandi. Jahon pedagogik-ilmiy jamoatchiligining mavzuga qiziqishi maxsus innovatsion xizmat, nashriyot, jurnallarda innovatsion maqolalar ko‘rinishida bo‘lyapti. Xususan, YuNESKO qoshida ta’limni rivojlantirish Osiyo pedagogik innovatsiyalar markazi mavjud bo‘lib, jahonning turli mamlakatlaridagi pedagogik yangiliklarni umumlashtirib, ta’lim masalalari bo‘yicha xalqaro byuro bilan birgalikda, pedagogik jamoatchilikka maxsus nashrlarda ular haqida ma’lumotlar tarqatadi
XX asr boshlarida yangi bilim sohasi - yangiliklarni kiritish, qo‘llash yuzaga keldi. U mahsulot ishlab chiqarish sohasida texnik yangiliklarni kiritish qonuniyatlarini o‘rgana boshladi. Yangiliklarni kiritish haqidagi fan - innovatika - firmalarning yangi reja, xizmatlarni ishlab chiqish va tatbiq etish faoliyatiga talablarni keskin oshib borishi aks ettirilgan holda paydo bo‘ldi. O’z davri uchun yangi bo‘lgan pedagogik qarashlari keng tarqaldi. Mazkur jaryonlarda olimlar e’tibori quyidagi ikki asosiy yo‘nalishga, ya’ni:

  1. yangi pedagogik tizimlar va ularning elementlarini ta’lim amaliyotiga joriy etish; 2) ta’lim sohasida yangi boshqaruv texnologiyalarini va dasturlashgan tizimlarni joriy etishga qaratildi.

Ta’lim oluvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy madaniyati bilan tanishtirish, ularda bilimlarni egallashga ko‘nikma va malakalarini oshirishga bo‘lgan talablarni shakllantirish, estetik tushunchalarni kamol toptirish, ta’lim oluvchilarning ijodkorligi va iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoit yaratishda ta’limiy texnologiyalarning o‘rni beqiyos. Shu bois, bugungi tezkor o‘zgaruvchan sharoit OTMlari bitiruvchisida kompetentlik, tashabbuskorlik, egiluvchanlik, dinamiklik, konstruktivlik va yangilikka intiluvchanlik kabi sifatlarni shakllantirishni taqozo etadi.
Loyiha texnologiyasining ta’lim jarayonida ta’minlanishi natijasida ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi o‘rtasidagi mahsuldor faoliyat sodir bo‘ladi. Mazkur faoliyat natijasida ta’lim oluvchi o‘z faoliyatidan qoniqish hissini boshidan kechiradi. Chunki loyiha ustida ishlash jarayonida ta’lim oluvchi o‘zo‘zining faoliyatini rejalashtirishga, tashkil qilishga o‘rganadi, muvaffaqiyatni his etadi.
Loyiha texnologiyasi XX asrning 20-yillarida AQShda paydo bo‘lib, unga insonparvarlik pedagogikasining asosiy qirralaridan biri sifatida qarala boshlandi. Uni ilk bor loyiha metodi yoki muammoli metod sifatida ta’lim jarayoniga tatbiq qilishdi. Mazkur texnologiyaning asosiy g‘oyalari amerikalik pedagog olim Jon Dyui tomonidan ishlab chiqilgan. Olimlarning fikricha, loyiha texnologiyasi tahsil oluvchilarning shaxsiy qiziqishlarini inobatga olgan holda, ta’lim jarayoniga tatbiq qilinishi va ta’lim sub’ektlarining o‘quv jarayonidagi faoliyatini maqsadli yo‘naltirishga mo‘ljallanishi lozim edi. O’quv jarayonidagi didaktik paradigma real hayotdan olingan vaziyatli muammo bo‘lishi va ushbu muammoning echimi jamoaviy tarzda yoki kichik guruhlarda fan yutuqlaridan foydalanib, mustaqil topilishi, muayyan natijani qo‘lga kiritishga xizmat qilishi lozim. Bunda muammo va uning echimi yaxlit holatda loyihalash faoliyatidan iborat bo‘lishi zarur.
Loyiha texnologiyasidan foydalanishga o‘rgatish tahsil oluvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlari, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O’qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Binobarin, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida loyiha texnologiyasini takomillashtirishga alohida e’tibor berilayotgani alohida dolzarblik kasb etib, ta’lim jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini kengaytiradi.
Ta’lim oluvchilarni o‘qitishda mazkur texnologiya o‘qituvchining ta’lim – tarbiya jarayoni maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
Har qanday pedagogik texnologiyaning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanilishi mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishga, yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi va ingliz tilini o‘qitishda samarali natijalarni beradi.
OTMda bo‘lajak o‘qituvchilarning loyiha texnologiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi bilimlar poydevori qo‘yilishi, pedagog-tadqiqotchi sifatida o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilish motivatsiyasi ilmiy shakllanishi lozim.
Rus olimi V.P.Bespalkoning ta’kidlashicha “...ta’limda qo‘llaniladigan yangi mohiyatdagi didaktik texnologiyalar ma’lum bir vosita bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur paradigma yangi ilmiy va amaliy pedagogik faoliyat tizimini yaratib beradi. Uning asosida ta’lim oluvchi atrof- muhitda yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish uchun tayyor holatga keltiriladi”. Demak, texnologiya faoliyatni natijaga olib keluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik faoliyatda har qanday loyiha texnologiyaning tayanch nuqtasi hisoblanadi
Bugungi kunda o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyatini pedagogik innovatsiya asosida tashkil eta bilishi hamda boshqarishi, o‘z pedagogik faoliyati uchun zarur bo‘lgan pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarni ishlab chiqqan bo‘lishi, ularni kundalik faoliyatida ta’lim jarayoniga tatbiq eta olishi, pedagogik texnikaga ega bo‘lishi, o‘z faoliyatini loyihalashtira olishi, ta’lim oluvchilarni o‘qitishning bosqichma-bosqich yaxlit modelini yarata olishi zarur. Demak, o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan turli yangi mohiyatdagi vazifalar ko‘lami keng bo‘lib, ularning barchasini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berish lozim. O’zbekistonda ta’lim tizimining dunyoviy tavsifga ega ekanligi, bilimli bo‘lish va shaxs iste’dodlarini rag‘batlantirish kabi tamoyillar shuni taqozo etadi.
O’quv jarayonida loyiha texnologiyasidan foydalanish ta’limni o‘qitish aspektida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Ta’lim jarayonida loyiha texnologiyasining qo‘llanish tarrakqiyoti o‘z tarixiga ega bo‘lib, bunda amerikalik olim J.Dyuining pragmatizm nazariyasi alohida o‘rin egallaydi.
O’zbek olimi J. Bo‘ronov “...hamkorlikdagi ta’lim, tahsil oluvchi, o‘qituvchi va ma’muriyat orasida do‘stona munosabat ustuvorligi asosida sifatli ta’lim berish jarayoni vujudga keladi”-deb yozadi, o‘zining “Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari” kitobida. Olim tahsil oluvchilarga nisbatan do‘stona munosabat muhitini loyihalashda ham talaba va o‘qituvchi orasida o‘zaro hurmat shakllangan ta’lim jarayonida partisipativ asosdagi o‘quv muhiti qaror topishini ta’kidlaydi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni loyiha texnologiyasi asosida o‘quv jarayoniga tayyorlashda ularda kelgusi kasbiy faoliyati tarkibidagi tilga oid kompetentsiyalar asosida ijtimoiy-siyosiy va publitsistik mavzulardagi muayyan matnlarni anglash, xorij tili, ona tilidagi nutqiy kompetentsiyani farqlash, til vakillari bilan muloqot qilishga qaratilgan ijtimoiy kompetentsiyalar namoyon bo‘ladi. Bularning barchasi didaktik mazmunda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini loyiha texnologiyasi asosida o‘quv jarayoniga tayyorlash zarurligini ko‘rsatadi. Mazkur kompetentsiyalar ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarning bir komponenti sanaladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quv jarayoniga tayyorlashda loyiha texnologiyasidan biri bo‘lmish- veb-kvest texnologiyasini qo‘llash nafaqat Internetdan ko‘rsatilgan havolalar bo‘yicha axborot to‘plash, balki egallanayotgan kasb bilan bog‘liq vazifalarga echim topish uchun, uni tashkil qilish, tuzilmalarini belgilash va uni to‘la idrok etishni nazarda tutadi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quv jarayoniga tayyorlashda loyiha texnologiyasini qo‘llash natijasida xorijiy tildagi autentik materiallardan foydalanish, talabalarning ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini rag‘batlantirish, o‘rganilayotgan o‘quv materiali bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish sifatini oshirish, tahliliy va tanqidiy fikrlash; bilish faolligini oshirish, shaxsiy, guruh shaklidagi mustaqil ishlarni tashkil etish, xorijiy tilni o‘qitish jarayonida bevosita va bilvosita interfaollik, refleksiya uchun metakognitiv tajriba hamda qobiliyatni shakllantirish, har qanday ta’lim yo‘nalishi doirasida mavzuiy yo‘naltirilgan ta’lim o‘zgaruvchanligini ta’minlash, nazariy va amaliy tavsifdagi fanlararo vazifalarni hal etish; retseptiv, produktiv nutqiy faoliyat va ijodiy salohiyatni rivojlantirish, ta’lim jarayonida ijobiy hissiy munosabatni shakllantirish, o‘quv materiallarini o‘zlashtirish strategiyasining umumiy ko‘nikma va malakalarini egallash imkonini beradi.
Pedagogika sohasida esa loyiha texnologiyasining o‘ziga xos an’analari, o‘qish uslublari, o‘qitish yoki o‘qishni tashkil qilishning samaradorli tizimliligi shakllangan bo‘lib, pedagogic ta’limni o‘qitishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, ingliz tili o‘qituvchisi sifatida o‘z kelajagini ko‘radigan mutaxassislar uchun nihoyatda muhim. Pedagogik mahoratni o‘rgatishni yoki o‘qishlarni tashkil qilishda loyiha texnologiyasini qo‘llashning asosiy maqsadi sifatida til o‘rganuvchilar, shuningdek talabalar tomonidan kommunikativ kompetentsiyalarga ega bo‘lish ekanligi ba’zi mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etilgan.
Loyiha texnologiyasining o‘quv jarayonida foydalanilishining afzalliklari mutaxassislar tomonidan samarali texnologiyalardan biri sifatida baholanishi bilan bir qatorda, unga nisbatan aniq qarashlar ham shakllangan bo‘lib “birgalikda ta’lim olish nafaqat oson va qiziqarli, balki bir muncha samarali” deya ta’riflar ham berilganligini ham qayd etish lozim.
Download 18.3 Kb.




Download 18.3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yurtimizda yoshlarni o‘qitishga keng e’tibor qaratilib, ta’lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida bir qator islohatlar amalga oshirilmoqda

Download 18.3 Kb.