• Darsning texnologik xaritasi Maqsad va vazifalar
  • O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Dars metodi
  • Baholash
  • Kelgusi rejalar O’qituvchi
  • Uyga vazifa: Darsning bosqichlari
  • Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
  • III.Yangi mavzu bayoni
  • IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
  • Fan: O’zbekiston tarixi Mavzu: Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr




    Download 32.2 Kb.
    Sana08.04.2024
    Hajmi32.2 Kb.
    #191784
    Bog'liq
    7 sinf O\'zbekiston tarixi 27 28 VIII asrda Xuroson va Movarounnahr
    7 лаб, 13, 8-маъруза Комплементар инверторлар, 12, 88 (42), Brief history of computer industry, O\'zR XTV Buyruq №205 24.06.2022, telkomnika, 1-3 Amaliyot topshiriq sirtqi, Qayta o’zlashtirish, САМОСТОЯТЕЛЬНАЯ yuz ruscha 2024 yangi gorniy 2024 100%, 88 (150), 4, test

    Sinf:

    Sinf:

    Sana:

    Sana:

    Fan: O’zbekiston tarixi
    Mavzu: Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr.
    Darsning texnologik xaritasi

    Maqsad va vazifalar

    Ta’limiy maqsad: abbosiylar davri haqida ma’lumot berish
    Tarbiyaviy maqsad: Axloqiy jihatdan tarbiyalash
    Rivojlantiruvchi maqsad: Boshqaruvchilik, intiluvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish

    O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

    Dars metodi:guruhlarda ishlash, “Tarmoq”,”Aqliy hujum”,”Zinama-zina”,”Xotira mashqi”,”Uzilmas zanjir”,”Manzilga kim tez yetar”,”Himoya”,Slayd,suhbat
    Dars tipi: og’zaki va yozma bayon _________________________________
    Dars jihozi: darslik,tarqatma materiallar,mavzuga oid ko’rgazmali materiallar _____________________________________________________________________
    Baholash: 5 balli tizim asosida.

    Kutiladigan natijalar

    O’qituvchi: qisqa vaqt davomida mavzu yuzasidan bilim , ko’nikma va malaka hosil qilinadi.Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg’or usullari vositasida barcha o’quvchialr tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.O’quvchining faolligini oshiradi. O’quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi.

    Kelgusi rejalar

    O’qituvchi:pedagogik tenologiyalarni o’zlashtirishda va darsda tadbiq etish, takomillashtirish, o’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
    O’quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo’shimcha materiallar topadi.

    Uyga vazifa:




    Darsning bosqichlari:

    Mazmuni

    Vaqti

    Salomlashish. O’quvchiarni darsga tayyorligi, sinfda psixologik muhit yaratish

    3 daqiqa

    O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, uyga vazifa bajarilganligini tekshirish

    12 daqiqa

    Yangi mavzu tushuntiriladi. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim va ko’nikma hosil qilinadi.

    20 daqiqa

    O’quvchilarni egallagan bilim va ko’nikmalari savol-javob orqali aniqlanadi.

    5 daqiqa

    Baholar e’lon qilish, uyga vazifani tushuntirish,o’quvchilar bilan xayrlashish

    5 daqiqa

    Darsning borishi:
    I.Tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish
    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

    1. Jiz’ya qanday soliq?

    2. 720-yilgi qo’zg’olon qayerda boshlandi?

    3. Nasr ibn Sayyor kim?

    III.Yangi mavzu bayoni:
    748-yilning boshida Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egallaydi. Xalifa Marvon o'z ixtiyoridagi barcha harbiy kuchlarni qo'zg'olonchilarga qarshi safarbar qilsa-da, ammo umaviylar hokimiyatini saqlab qola olmaydi. 749-yilda Abu Muslim boshliq qo'zg'olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo'l oladilar. Poytaxt qo'lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag'dariladi. Uning o'rniga abbosiylar xonadonidan bo'lgan Abul Abbos Saffoh (750-754) xalifalik taxtiga ko'tariladi. Joylarda umaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanadi. Shunday qilib, Arab xalifaligida davlat hokimiyati abbosiylar qo'liga o'tadi. Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi mehnatkash aholiga hech qanday yengillik keltirmagan. Abu Muslim vositasida abbosiylar tomonidan xalq ommasiga berilgan va'dalardan birortasi ham amalga oshmadi. Abu Muslim Bag'dodda davlat va harbiy kuchlarning yuqori lavozimiga tayinlanadi. Biroq abbosiylar uning xalq orasidagi obro'yining tobora ortib borishiga xayrixoh emas edilar. Oqibat Abu Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib, Xuroson va Movarounnahrga noib qilib yuboriladi. Mehnatkash aholi o'rtasida abbosiylarga qarshi qo'zg'olon ko'tarish kayfiyati paydo bo'ladi. Bunday qo'zg'olonlardan biri 750- yilda Buxoroda sodir bo'ldi. Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan qo'zg'olonni arang bostirdi. Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib, Xitoy imperatorining qo'shinlari Turkistonga bostirib kiradi.
    IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:

    1. Abbosiylar ummaviylarni nimada ayblaganlar?

    2. Qachondan boshlab Arab xalifaligi Abbosiylar qo’liga o’tdi?

    3. Abbosiylarning Muhammad payg’ambarga qanday aloqasi bor?

    V.O’quvchilarni baholash: ______________________________________________________
    Download 32.2 Kb.




    Download 32.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan: O’zbekiston tarixi Mavzu: Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr

    Download 32.2 Kb.