Media va axborot tili, media va an’anaviy matnlarni o‘qish
Reja:
Media va axborot tili tushunchasi;
Media va an’anaviy matnlar tahlili;
Ishontirishning asosiy usullari.
Xabarlarni qabul qilish uchun kommunikatsiya vositasi qanday ta’sir o‘tkazsa, foydalanuvchi yoki auditoriya tajribasi ham uning talqin etilishiga shunday ta’sir o‘tkazadi. Media va axborot savodxonligiga ega inson bo‘lish yo‘lidagi birinchi muhim qadam bu — axborot, g‘oya va ularning mazmuni turli media hamda kutubxona, arxiv, muzey va Internet kabi axborot xizmatlari orqali yoki ularning yordamida qanday uzatilayotganligini tushunish hisoblanadi. Har bir muhit g‘oyani yetkazishga xizmat qiladigan o‘ziga xos bir xususiyatga ega bo‘lgan o‘z “tili” yoki “grammatika”siga ega. Bu jumlada “til”, g‘oyalar, ma’lumotlar va bilimlarni namoyish etish uchun media va axborot sohasidagi professi-onallar ajrata oladigan texnik tarkibiy qismlar, ramzlar yoki kodlar va shartli belgilarni ifoda etadi. Texnik kodlar — bu tovush, tasvirga tushirish nuqtalari, suratlar turi va yorug‘lik. Masalan, badiiy filmda xatar holatini yetkazuvchi mash’um musiqalar; suratda kuchni ifodalash uchun kengburchakli obyektivda olingan suratlar. Qahramonlarning tili, kiyimi yoki odob-ahloqi ramziy kodlar hisoblanadi. Har birimizga tanish bo‘lgan kanonik ramzlar: qizil atirgul — sevgi ramzi, musht — g‘azab ramzi. Shuningdek, mediadagi nutq, verbal yoki vizual til sifatida ma’lum bo‘lgan takrorlanuvchi so‘zlar, iboralar yoki tasvirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Media tilini o‘rganish jarayonida, uchta asosiy masalani ko‘rib chiqish lozim: media auditoriyasi uchun til qanchalik tushunarli; bugungi kunda media va axborot sohasida ishlaydigan insonlar tomonidan qanday asosiy kodlar va shartli belgilar qo‘llanilmoqda; / har xil odamlar bir xil matn yoki axborot parchasidan turli ma’no chiqarib olishlari mumkinmi?
Matnda kimning nuqtai nazari markaziy hisoblanadi?
Voqeaning “ma’nosi” nimada? U qanday taqdim etilgan?
Qanday axborot mavjud emas?
Yashirin matn (podtekst). Yashirin matn bu eshitib va ko‘rib bo‘lmaydigan, faqatgina insonni mantiqiy fikrlashi orqali aniqlab olish imkoni bo‘lgan matn ostidagi yashirin ma’no. Yashirin matn asosan OAV va ayniqsa reklama ishlab chiqaruvchi lar tomonidan ishlatiladi. Har bir inson o‘zining tajribasi, bilimi, qarashlari, munosabat laridan kelib chiqib yashirin matn yaratishi mumkin. Mazkur holda media axborot qismi hisoblanmish yashirin matn individual qarash lar bilan bog‘liqdir.
Ma’no taxlili: ramzlar va tasvirlar tili
“Yashirin ma’noni o‘qish” uchun mediamatnlardagi axborotni taqdim etishning texnik usullarini tahlil qila olish zarur. Bunda mazkur usullardan voqea-hodisa talqinining tayanch nuqtasi sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi. Mediamatnlarni diqqat bilan o‘qish axborot iste’molchisiga voqea va syujetlar qanday tuzilganini hamda mediamexanizmlar qanday ishlashini anglab olish imkonini beradi. Mediamatnni tahlil qilish uchun muayyan nuqtai nazarni yoki uslubni tanlash foydalidir.
Mediamatn tahlilini boshlashda birinchi galda uni mavzu va reprezentatsiya qilinishi usullari jihatidan o‘rganish zarur.
Tahlil jarayonida qaydlar yuritib borish va quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
Tasvir, tovush va matndan qanday foydalanilgan?
Qaysi mavzu nisbatan qiziqarli tarzda taqdim etilgan?
Mediamatn tarkibini aniqlash uni tasniflash, shakli-tuzilishi jihatidan miqdori va sifatini baholash kabilarni nazarda tutadi.
Shuningdek, axborotni taqdim etishning turli usulini, masalan, metaforalarni ham e’tibordan qochirmaslik zarur. Shundan so‘ng bevosita tahlil bosqichi boshlanadi. Ushbu bosqichda kuzatuvlar mazmunini mushohada qilish zarur bo‘ladi. Masalan, quyidagi savollarga javob izlash mumkin bo‘ladi:
Yuqorida ko‘rsatilgan savollar turli mediamahsulot yoki timsolni tahlil qilishda tayanch vosita sifatida xizmat qilishi mumkin. Detallashtirilgan tahlilda esa medialarning aniq ko‘rinishi, tabiatini e’tiborga olish zarur.
Masalan, kinomatografiyaning o‘ziga xosligi ikkinchi darajali detallar tasvir ortida qolishini talab etadi. Aytaylik, agar filmdagi ayol qahramonning ko‘ngli behalovat bo‘layotgan bo‘lsa, bu uning homiladorligini bildiradi. Hayotda esa har doim ham ko‘ngil aynishi homiladorlik bilan bog‘liq bo‘lavermaydi. Demak, so‘z va tasvir ma’nosini uni o‘rab turgan so‘z va timsollar doirasida, shuningdek, janrning keng ma’nodagi kontekstida qabul qilish joiz.
|