• TOʻGARAK MASHGʻULOTLARIDA ODIL YOQUBOV ASARLARINI OʻRGANISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Ergasheva Guljahon Abdullayevna
  • Annotatsiya
  • Kalit soʻzlar
  • Axborot texnologiyalaridan foydalanish




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana14.03.2024
    Hajmi0.58 Mb.
    #172003
      1   2   3
    Bog'liq
    500077 GA DavidCopperfield2013 KEY


    Journal of Advanced Research and Stability 
    ISSN: 2181-2608 
     
    www.sciencebox.uz/ 
    567
    “Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century”
     

     
     Special Issue | 2022
     
    TOʻGARAK MASHGʻULOTLARIDA ODIL YOQUBOV ASARLARINI OʻRGANISHDA 
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
    Ergasheva Guljahon Abdullayevna 
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va 
    adabiyotini o‘qitish fakulteti 2- kurs magistranti 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada Odil Yoqubov asarlarini toʻgarak mashgʻulotlarida oʻrgatish va 
    unda pedagogik texnologiyalardan foydalansih borasida soʻz boradi. Bundan tashqari, yozuvchi 
    ijodining ijtimoiy-psixologik jihatlari ham oʻrganilgan. 
    Kalit soʻzlar: roman, qissa, hikoya, pedagogika, metodika, uslub, metod. 
     
    Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayogan ta„lim sohasidagi islohotlar jamiyat hayotini 
    yangilashda muhim oʻrin tutadi. Jamiyatning ijtimoyiy-iqtisodiy, ma„naviy-madaniy taraqqiyoti 
    ta„lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning bilim darajasi hamda ular tomonidan 
    egallangan kasbiy koʻnikmalariga bog„liq. Nima uchun bugungi kunda pedagogik 
    texnologiyaning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zarurati tug„ildi. An'anaviy 
    oʻqitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og„zaki soʻzlarga tayanib ish koʻrishi tufayli 
    ―Axborotli oʻqitish― sifatida tavsiflanadi, chunki oʻqituvchi faoliyati birgina oʻquv 
    jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib 
    borayotganligini ta'kidlagan holda baholanmoqda. Bu bir tomondan, ikkinchidan, ilmiy-texnik 
    taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin koʻpayib borayotganligi va 
    ulardan oʻqitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek yoshlarni 
    hayotga mukammal tayyorlash talablari ta'lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etishni 
    taqozo etmoqda. 
    Odil Yoqubov ijodida oʻrin olgan asarlar tarixiy va zamonaviy mavzuda boʻlib, “Ulugʻbek 
    xazinasi”, “”Koʻhna dunyo” romanlarida hamda istiqlol yillarida yaratgan “Muzaffar Temur” 
    dramasida tarixiy voqelik, “Diyonat”, “Oq qushlar, oppoq qushlar”, “Adolat manzili” , “Osiy 
    banda” romanlarida esa yaqin oʻtmish, turgʻunlik yillari voqealari tasvirlangan. Odil Yoqubovga 
    shuhrat keltirgan asarlar tarixiy romanlari- “Ulugʻbek xazinasi” bilan “Koʻhna dunyo” boʻldi. 
    Adabiy tanqidchilikning bahosiga koʻra , “Odil Yoqubovning “Koʻhna dunyo”romanining 
    markazida Ibn Sino hamda Beruniy taqdirlari, ular yashagan davr turadi. Muallifning xulosalari 
    va umumlashmalari keng, shuning uchun tarixiy materialga ajib dolzarb ma`no bagʻishlaydi. 
    Zamonlar osha qilingan sayohat teran falsafiy umumlashmalar chiqarishga imkon beradi. 
    Romanda tasvirlangan barcha voqealar hujjatlar bilan cheklab qoʻyilmagan. Odil Yoqubov 
    tarixni xuddi koʻrib turadi, tarix bilan bahslashadi, zamondoshlariga uzoq oʻtmishdoshlarining 
    tajribalaridan guvohlik berayotganday boʻladi. U tarixga bugangi davr nuqtai nazaridan qaraydi.
    Romanning markazida davr haqiqatini butun salobati bilan ochib beruvchi adolatli va 
    ma`rifatparvar shoh Ulugʻbek obrazi turadi. Odil Yoqubovning bu romani yozilguniga qadar 
    oʻzbek tarixiy romanchiligida voqelikning tarixiy mohiyatini yaxlit holda ifoda eta oluvchi shoh 
    obrazi yaratilmagan edi. Yozuvchi oʻz bosh qahramonini tugal va mukammal adabiy tip 
    darajasiga koʻtarishda shohlar olamiga daxldor boʻlgan hayotiy tarixiy haqiqatlarni ochish 
    yoʻlidan boradi. Roman ikki qismdan iboratdir. Birinchi qism Ulugʻbekning fojiasi bilan tugasa, 
    ikkinchi qism padarkush Abdulatifning fojiasi bilan tugaydi. Koʻrinadiki romanda har biri 
    oʻzicha tugal va mukammal boʻlgan ikkita shoh obrazi yaratilgan. “Ular hayotda nimaga intilish 



    Download 0.58 Mb.
      1   2   3




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish