|
Media va axborot tili, media va an’anaviy matnlarni o‘qish Reja
|
bet | 4/9 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 333,33 Kb. | | #140284 |
Bog'liq 2- mavzu Media va axborot tili, media va an’anaviy matnlarni o‘Ishontirish usuli. Auditoriya fikrini o‘ziga qaratib olish, ishonchga kirish, o‘z g‘oyasini singdirish, biror mahsulotni sotib olishga chorlash yoki biror hara-katni (sotib olish, ovoz berish, pul berish va h.) amalga oshirishga undash uchun ishlatiladigan turli usullar.
Asosiy usullar ko‘plab OAV misollarida oson identifikatsiyalanadi, ular barcha o‘quvchilar uchun yaxshi bir boshlang‘ich nuqta vazifasini o‘taydi. Ko‘plab oraliq usullarini aniqlashtirish uchun yanada tanqidiy munosabat talab qilinadi,bunday usullarni o‘quvchilar usullar asosini o‘zlashtirganidan keyin o‘rganishi maqsadga muvofiq. Eng zamonaviy metodikalarni identifikatsiyalash uchun ko‘proq mavhumlashtirish talab qilinadi va ayrim o‘quvchilar ularni tushunishda qiyna-lishi mumkin. Shunga qaramay, xatto boshlovchilar ham OAV qo‘llaydigan ayrim oraliq va ilg‘or usullarni farqlashga qodir emas, shu sababli ishontirishning istalgan usulini guruhingiz bilan muhokama qilishdan tortinmang.
Ishontirishning asosiy usullari
Assotsiatsiya. Ishontirishning bu usulida mahsulot, xizmat yoki g‘oyani maqsadli auditoriya sevib yoki yoqtirib ulgirgan biror narsaga, masalan, xursandchilik, quvonch, go‘zallik, xavfsizlik, yaqinlik, muvaf-faqiyat, boylik va b. lar bilan bog‘lash (u bilan o‘xshatish) ga harakat qilinadi. OAV xabari siz shu narsalarni olishingizga aniq ishora qilmaydi, balki assotsiatsiya (o‘xshatish) nazarda tutiladi. Assotsiatsiya qudratli texnika bo‘lishi mumkin. Yaxshi xabar kuchli hissiy reaksiya uyg‘otishi, keyin bu hissiyotni mutlaqo boshqa narsa bilan bog‘lashi mumkin (oila — koksa, g‘alaba — Nike). Bu jarayon hissiy uzitish (yetkazish) sifatida ma’lum. Quyida keltirilgan ishontirish metodlaridan ayrimlari “Chiroyli odamlar”, “Iliq va noaniq”, “Simvollar” va “Nostalgiya” assotsiatsiyaning muayyan tiplari hisoblanadi.
Disney Affordable — baxt va sehr Disney markasi bilan bog’liq.
Qadambaqadam. Ko‘plab e’lonlarda mahsulotdan foydalanuvchi ko‘psonli kishilarnamoyish qilinadi, bunda “hamma shunday qiladi” (yoki “hamma aqlli odamlar shunday qiladi”) degan fikr nazarda tutiladi. Hech kim orqada qolishni istamaydi. Bu e’lonlar bizni “birga qadam tashlashimizni xohlashadi”. Siyosatchilar “Amerika xalqi shuni xohlaydi” deganida shu texnikadan foydalanadi. Ular buni qayerdan bilishadi?!
Issiq cho’ntaklar — Bu uyga har kim issiq cho’ntaklar uchun keladi.
|
| |