|
Media va axborot tili, media va an’anaviy matnlarni o‘qish Reja
|
bet | 7/9 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 333,33 Kb. | | #140284 |
Bog'liq 2- mavzu Media va axborot tili, media va an’anaviy matnlarni o‘Iliq va yumshoq. Bu texnika qoniqish, rohat-lanish, zavq olish, qulaylik hissini uyg‘otish uchun sentimental tasvirlardan (ayniqsa oila, bola lar va hayvonlar ta’siridan) keng foydalanadi. Shuningdek, bunda tinchlantiruvchi musiqa, yoqimli ovozlar va bayroqchalar, “shinam” va “yoqimli” kabi so‘zlar faol qo‘llanadi. Iliq va yumshoq metodi assotsiatsiyaning yana bir ko‘rinishi sanaladi. U ayrim auditoriyalarga yaxshi natija bersa, boshqa larida buning aksi bo‘ladi, chunki odamlar buni juda sodda deb bilishi mumkin.
Ishontirishning oraliq metodlari
Katta yolg‘on. XX asrning eng xavfli targ‘ibotchilaridan biri — Adolf Gitlerning fikricha, odamlar kichik yolg‘onga kattasidan ko‘ra ko‘proq shubha bilan qaraydi. Katta yolg‘on bo‘rttirish yoki aldovdan ko‘ra kattaroq, bu yolg‘onni shunchalik ishonch va xarizma bilan aytishadiki, odamlar bunga ishonadi. Katta yolg‘onni tan olish “nostandart fikrlashni” talab qiladi, odatiy donishmandlik va boshqa larning savol berishi talab qilinmaydi.
Ishontirishning kengaytirilgan metodlari
Oldindan singdirilgan fikrga qarshi mo‘ljallangan. Bu texnika vaj
(argument) ning o‘ziga murojaat qilmasdan, raqibga hujum qilishni nazarda tutadi. Uni “vakilga hujum qilmoq” deb ham yuritishadi. U vakilda biror narsa ko‘ngildagidek bo‘lmasa, demak xabarning o‘zi ham noto‘g‘ri degan ishonch hisobiga natija beradi.
Analogiya (o‘xshatish). Analogiya metodi bir vaziyatni boshqasi bilan qiyoslaydi. Yaxshi analogiyada vaziyatlar yaxshi ma’noda o‘xshash bo‘lib, qaror qabul qilishga ko‘mak lashadi. Mantiqiy bo‘lmagan yoki asossiz (haqiqiy bo‘lmagan) qiyoslashni yashirishga / qaratilgan hissiy tasvirlar qo‘llangan zaif analogiya ishonchli bo‘lolmaydi.
Xaritani yoyish. Hech kim biror tarix (voqea) ni boricha aytib berolmaydi, hammamiz voqeaning bir qisminigina gapiramiz, xaritalarni yoyish ongli tarzda buzuq tasavvur uchun soxta kontekstni taqdim qiladi. Bu holat auditoriyani kerakli xulosaga olib kelish maqsadida faqat o‘zi uchun maqbul dalillarni tanlab, “palu-bani hozirlaydi”.
|
| |