|
Media va axborot tili, media va an’anaviy matnlarni o‘qish Reja
|
bet | 2/9 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 333,33 Kb. | | #140284 |
Bog'liq 2- mavzu Media va axborot tili, media va an’anaviy matnlarni o‘Kino va televideniya
Dinamik tasvirlarni tahlil qilishda materiallarni ko‘p marotaba takror-takror ko‘rish va audiovizual kommunikatsiyaning turli jihatlariga: tasvirchi ishi, ovoz va montaj kabilarga e’tibor qaratish zarur bo‘ladi. Kinofilmlar va televideniye ko‘rsatuvlari kadrlardan, kadrlarning uzluksiz ketma-ketligidan iborat. Tasvirlar voqeani hosil qiladigan sahnalarga guruhlanadi. Montaj esa muayyan mavzu va syujetli kartinani yaratishda ovoz va tasvirlar ketma-ketligini tanlash jarayoni hisoblanadi
Estetik tahlilda e’tibor personajlar, syujet, atrof-muhit hamda vizual va akustika taassurotiga qaratiladi. Ularni tahlil qilishi uchun quyidagi savollarga javob berishi zarur:
Bosh qahramonlar uyg‘otadigan taassurotlar kamera, yoritilish, dekoratsiyalar hamda musiqa vositasida qanchalik kuchayadi?
Bosh qahramonlarning o‘zaro munosabati qanday?
Syujetning burilish nuqtalarini ko‘rsating. Ular qanday tuzilgan?
Jismoniy muhit aqliy idrokni kuchaytirganmi yoki ular uyg‘un emasmi?
Ovoz imkoniyatlaridan qanday foydalanilgan?
Ijtimoiy tahlil film yoki ko‘rsatuvning ma’lum bir janr, zamonaviy yoki tarixiy voqealar bilan bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi hamda sub’-yektiv konnotatsiyalardan foydalanadi. Ijtimoiy tahlilda quyidagi asosiy savollardan foydalaniladi:
Film ma’lum bir janrga (komedia, tragediya, drama, ilmiy fantastika va boshq.) xosmi yoki unda janrlarning qorishmasi kuzatiladimi?
Ularda siyosiy masalalar tilga olinganmi?
Film/ko‘rsatuv qanday qadriyat va qarashlarni targ‘ib qiladi?
Film qahramonlari ma’lum qatlam va guruhlarning tipik vakillarimi?
Film yoki ko‘rsatuvning voqeaband mazmunini tahlil qilish uchun bosh qahramonlar xarakterining rivojiga, ularni o‘rab turgan muhitga, timsollarga e’tibor qaratiladi. Quyidagi savollarga javob izlash tavsiya etiladi:
Film davomida bosh qahramonlarning xarakteri qanday rivojlanadi?
Ularning boshqa qahramonlar bilan munosabati qanday o‘zgarib boradi?
Syujet rivoji davomida bosh qahramonlarni o‘rab turgan muhit qanday o‘zgarib boradi?
Siz filmda qanday metafora va «tasviriy mulohazalar»ga duch keldingiz?
|
| |