|
4-Mavzu: Media va axborot tili bilan tanishuv. D detallashtirilgan tahlil
|
bet | 1/4 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #102916 |
Bog'liq 4-mavzu glossariy
4-Mavzu: Media va axborot tili bilan tanishuv.
D
Detallashtirilgan tahlil - medialarning aniq koʻrinishi, tabiatini eʼtiborga olish zarur. Masalan, kinomatografiyaning oʻziga xosligi ikkinchi darajali detallar tasvir ortida qolishini talab etadi. Demak, soʻz va tasvir maʼnosini uni oʻrab turgan soʻz va timsollar doirasida, shuningdek, janrning keng maʼnodagi kontekstida qabul qilish joiz.
Dinamik tasvirlarni tahlil — materiallarni koʻp marotaba takror-takror koʻrish va audiovizual kommunikatsiyaning turli jihatlariga: tasvirchi ishi, ovoz va montaj kabilarga eʼtibor qaratish zarur boʻladi. Kinofilmlar va televideniye koʻrsatuvlari kadrlardan, kadrlarning uzluksiz ketma-ketligidan iborat. Tasvirlar voqeani hosil qiladigan sahnalarga guruhlanadi. Montaj esa muayyan mavzu va syujetli kartinani yaratishda ovoz va tasvirlar ketma-ketligini tanlash jarayoni hisoblanadi.
E
Estetik tahlil- eʼtibor personajlar, syujet, atrof-muhit hamda vizual va akustika taassurotiga qaratiladi. Ularni tahlil qilishi uchun quyidagi savollarga javob berishi zarur:
Ijtimoiy tahlil — film yoki koʻrsatuvning maʼlum bir janr, zamonaviy yoki tarixiy voqealar bilan bogʻliqligini oʻrganishga qaratilgan boʻladi hamda subyektiv kon-notatsiyalardan foydalanadi. Ijtimoiy tahlilda quyidagi asosiy savollardan foydalaniladi: Film maʼlum bir janrga (komediya, tragediya, drama, ilmiy fantastika va boshqalar.) xosmi yoki unda janrlarning qorishmasi kuzatiladimi?
I
Internet bu — hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmogʻi hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik yaʼni ongimizga mavhum boʻlgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon maʼlumot beruvchi aхborot manbaidir.
Internet tili — juda murakkab va serqirradir. Internet tarmoqlarida nutqning barcha uslublariga xos materiallar mavjud.Bugungi kunda internet bizning hayotimizga tobora kirib bormoqda. Internetda pochta, telefoniya, biznes (savdo, bank, auksion) ishlari koʻproq amalga oshirilmoqda. Kundan-kunga tarmoqda axborot manbalari koʻpaymoqda
|
| |