|
4-Mavzu: Media va axborot tili bilan tanishuv. D detallashtirilgan tahlil
|
bet | 2/4 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #102916 |
Bog'liq 4-mavzu glossariyIshontirish usuli. Auditoriya fikrini oʻziga qaratib olish, ishonchga kirish, oʻz gʻoyasini singdirish, biror mahsulotni sotib olishga chorlash yoki biror harakatni (sotib olish, ovoz berish, pul berish va hokazo.) amalga oshirishga undash uchun ishlatiladigan turli usullar.
Ishontirishning asosiy usullari Assotsiatsiya — Ishontirishning bu usulida mahsulot, xizmat yoki gʻoyani maqsadli auditoriya sevib yoki yoqtirib ulgurgan biror narsaga, masalan, xursandchilik, quvonch, goʻzallik, xavfsizlik, yaqinlik, muvaffaqiyat, boylik va b. lar bilan bogʻlash (u bilan oʻxshatish) ga harakat qilinadi.
J
Jurnalist — asosan, publitsistik faoliyatga yoʻnalgan boʻlib, ular oʻz oldiga maʼlum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, nashr, radio yoki telekanal taʼsischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat oʻrtasidagi vositachi boʻlishni maqsad qiladi.
K
Kadr: stop-kadrlarsiz, kamera ishga tushganidan boshlab, to toʻxtagunicha olingan kadrlar.
Kontent (content) — resurs (masalan, veb-sayt yoki ijtimoiy mediadagi akkaunt)ni har qanday axborot salmogʻiga ega maʼlumot: matnlar, grafika, interfeys elementlari, audio va video-fayllar, har qanday formatdagi fayllar va hokazo. bilan toʻldirish. Kontent doimiy yoki toʻldirib boriluvchi boʻlishi mumkin
M
Maʼlumot – Kompyuterda uzatish, saqlash va qayta ishlash uchun tayyorlangan, yaʼni raqamlar shaklida taqdim etilgan axborot
Maʼlumotlar - 1. Rasmiylashtirilgan, yaʼni uzatish, izohlash va qayta ishlash uchun mos shaklda taqdim etilgan axborot. 2. Kompyuterda qayta ishlanishi jarayonida aylanayotgan hujjatlashtirilgan axborot. 3. Hisoblash mashinasida uzatish, saqlash va qayta ishlash uchun tayyorlangan, yaʼni ramzlar (raqamlar) shaklida taqdim etilgan axborot. Maʼlumotlar misoli sifatida Kompyuterga kiritish uchun kodlangan yoki allaqachon kiritilgan matn, nutq, tasvir, istalgan kattaliklardagi jadvallar va hokazoni keltirish mumkin.
|
| |