MAVZU:Xiva tarixiy me’moriy komplekslari
Kirish.
Reja:
1.Me’morchlik san’ati
2.Xorazimda me’morchlik na’munasi
3.Xiva Tarixiy komplekslari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Xiva
Xiva — muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir. Sharqning ko’pgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xeyvak nomli suv havzasi yonida barpo etilgan bo’lib, Xorazm vohasining sug’oriladigan yerlarida rivojlanib kelgan.
Arxeologik tadqiqoitlarning ko’rsatishicha, shahar kamida 2500 yoshga kirgan. Bularning hammasi YuNESKO tashkilotiga Xivani qo’riqxona ahamiyatidagi shahar deb e’lon qilishga, shaharning ichki qismi bo’lgan Ichan-qal’ani esa jahon ahamiyatidagi tarixiy yodgorlik deb e’tirof etishga asos bergan. «Avesto» kitobi Xorazm to’g’risida tarixiy ma’lumotlar beradi. «Tarixning otasi» deb sanalgan Gerodot Xorazm va xorazmliklar to’g’risida gapirib o’tgan edi. Beruniy esa Xorazmdagi qadimiy dehkonchilik to’g’risida hikoya qilgan.
Xiva — tarixiy qurilish, butunligicha bino va inshootlar, aslida ochiq havodagi butun bir shahar amalda tarixiy holida saqlanib qolgan dunyoning bir nechtagina shaharlaridan biridir. XVIII asr oxiri — XIX asr o’rtasidagi Xiva shahrining monumental inshootlari go’yoki qaytadan barpo etilgan shaharni hosil qilgan bo’lib, u bizni bor-yo’g’i ikki-uch avlod ustalarning hayoti davomida qurilishi tezligi bilan hayratda qoldiradi. Lekin boshqa sharoitlarda halokatli bo’ladigan holatlar – kichik yer bo’laklaridagi tasodifiy qurilishlar, o’ta siqiq sharoitlar va yer kamligi bu yerda me’morchilik inshootlarining benihoya go’zalligi, nafisligi va turli-tumanligiga sabab bo’ldi. Xivaning eng ko’p va siqiq holda inshootlar qurilgan qismi bo’lgan aynan shu Ichan-qal’a taqdir taqozosi bilan me’morchilik muzeyiga aylandi, uning yodgorliklarida bizga xalq ustalarining eng go’zal asarlari namoyon bo’ladi.
An’anaga ko’ra, shaharning ma’naviy markazi uning katta, yoki juma masjidi sanalar edi. Masjidni rejalashtirish zamirida X—XII asrlarda yaratilgan konstruktsiyalar yotgan, deb hisoblashadi. Ichan-qal’adagi Juma masjidi ham XVIII asrinng oxirida qayta qurilgan, lekin u Sharqning klassik inshootlarining qator xususiyatlarini o’zida saqlab qolgan. Bu o’ziga xos bir qavatli binoning old kirish portallari, gumbazlari va dumaloq arkalari yo’q, u eramizning X- XVII asrlarida yaratilgan 213 dona yog’och naqshinkor ustunlarga tayanadigan yassi tomli ulkan zaldir. Ularning o’lchamlari, shakllari va bezaklari turlicha bo’lib, aynan ular masjidning yuksak badiiy qiymatini namoyon etadi. Olimlarning fikricha, ushbu xususiyatlaring barchasi bu masjidni Arabistondagi qadimiy masjidlarga yaqinlashtiradi.
Madrasalardan eng yirigi — Muhammad Aminxon madrasasidir. Uning o’ziga xos xususiyatlari – ikkitalik hujralardir. Old devorlarning naqshli bezatilishida rangli g’ishtin termalarning qatlamlari hamda o’simlik tusidagi naqshlar bo’lgan mayolika bilan qoplangan bezaklar kiritilgan. Eshiklar va panjaralar ajoyib o’yma naqshlar bilan bezatilgan. O’rta asrlar shaharlarini tashqi devorlar va minoralarsiz, shahar ichidagi ark qal’asisiz tasavuur qilish qiyin. Xiva shahri ham shunday. Ichan-kala avvaldan uni himoya qiladigan ulkan qal’a devorlari bilan o’ralgan edi. XIX asr o’rtasida esa Xivaning atrofida o’nta darvozasi bo’lgan yangi qal’a devorlari bunyod etilgan. Shundan e’tiboran shaharning ushbu kattaroq halqasi Dishan-qal’a, yoki «tashqi qal’a» deb nomlanadigan bo’ldi.
Xivaning ma’naviy hayotida muqaddas joylar — mozorlar va maqbaralar alohida o’rin tutgan. Ayniqsa e’tiborli sajdagohlardan biri – kasbi ko’nchi bo’lgan, jismi pahlavon, ruhi faylasuf, ko’ngli shoir bo’lgan Pahlavon Mahmud ismli ulug’vor zotning maqbara majmuasidir. Vafot etganidan keyin xalq uni pir – Xiva shahrining muborak homiysi sifatida e’tirof etgan. Asta-sekin Pahlavon Mahmudning go’ri atrofida xonlar urug’iga daxldor kishilarning go’rlari joylashgan mozor yuzaga keldi, keyin esa maqbaraga tegishli inshootlarning yirik majmuasi barpo etildi, ular yozgi va qish mavsumidagi masjidlarni, ma’rakalar uchun mo’ljallangan inshootni va Qur’on o’qish xonalarini o’z ichiga oladi.
O’rta asrlarda Xiva allomalarning shahri bo’lgan. Bu yerda yirik fan markazlari faoliyat yuritgan – astronomiya, matematika, tibbiyot rivojlangan, buyuk olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) yashagan va ijod qilgan. Shoh Ma’mun ibn Muhammad huzurida o’rta asrlarning eng yirik Sharq olimlari ishlagan, ular «Ma’mun Akademiyasi» ni tashkil qilganlar. Sharqda mashhur bo’lgan XIX asr shoirlari Shermuhammad Munis va Ogahiylar bu yerda o’z asarlarini yaratganlar. Shahar «Xorazm vohasining durdonasi» nomiga sazovor bo’lgani bejiz emas.
O’zining gullab-yashnagan davrida Xorazm davlati xalqaro savdoning eng yirik markazi, Buyuk Ipak yo’lining asosiy ahamiyatga ega bo’lgan qismi edi. Bu yerga Volgabo’yidan, Hindiston, Eron davlatlaridan savdogarlar kelar edi, savdo karvonlari bu yerdan Yaqin Sharqqa, Sharqiy Turkiston va Xitoyga ketar edi. Xivadan turli-tuman savdo yo’llari Mo’g’ulistonga, Qozog’iston dashtlari orqali Volga irmog’idagi skvdo shahri bo’lgan Saksin shahriga, undan rus knyazliklari va Yevropaga olib borar edi. Arxeologlar qadimiy karvon yo’llarining yangi-yangi yo’nalishlarini, jumladan, Xorazmdan Mang’ishloq tomonga va u yerdan dengiz orqali Quyi Volgabo’yiga yo’nalishlarni ochmoqdalar. Bu xivalik savdogarlar Markaziy Osiyo davlatlarining Sharqiy Yevropa bilan olib borgan savdosining katta qismini o’z qo’llariga olganligidan dalolat beradi.
Kechqurun qorong’i tushganda va oy – musulmonlarning muqaddas ramzi minoralarning tepalarini, masjidlar gumbazlari va madrasa darvozalarini jozibali nuri bilan yoritganda xuddi sehrli shaharga kelib tushgandek ko’rinadi. Xiva shunday afsonaviy shahardir.
Xorazmning o‘ziga xos iqlimi (sahroga yaqinligi), aholining joylashishi shaharlarning rivojlanishiga va uy-joylarning shakliga yaxshigina ta’sir qilgan. Qadimda aholi sug‘orish tarmoqlariga yaqin joyda yashagan. Daryo o‘zanining o‘zgarishi natijasida shaharlarning ko‘chish voqeasi Xorazm tarixida ko‘p uchraydi.
Uy-joylarning eng qadimgi va eng keng tarqalgan turi alohida-alohida joylashgan qo‘rg‘on hovlilardir. Qo‘rg‘on qishloq va ovuldan tamoman farq qiladi. Xorazm hududidagi to‘xtovsiz bo‘lib turgan o‘zaro urushlar qo‘rg‘on-hovlining devorlari mustahkam va xonalarining keng bo‘lishini talab qilardi. Qo‘rg‘onda oilaning butun ro‘zg‘ori, mollari, oziq-ovqat va suv saqlanadigan joylari bo‘lgan. Qo‘rg‘on teshik-tuynuksiz paxsa devor bilan o‘ralgan bo‘lib, devorning burchaklari g‘o‘la shaklidagi burjlar bilan mahkamlangan. Qo‘rg‘on sharhi (plani) to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida bo‘lib, asosan ko‘pincha tashqi (dishan) va ichki (ichan) hovlilarga bo‘linadi. Barcha xonalar yassi tom bilan yopilgan. Uzun yo‘lak tepasidagi tuynuklar orqali yondosh xonalar ham yoritilgan, bunday qo‘rg‘on qamal vaqtida 100-150 kishilik jamoani muhofaza qilardi.
Mustahkam qo‘rg‘onlar ko‘plab qurilishi bilan bir qatorda ular atrofida VI-IX asrlarda qishloqlar vujudga kela boshladi, bu qishloqlarga katta mulk egalarini ko‘shk qo‘rg‘onlari o‘zgacha fayz bag‘ishlagan. Qo‘rg‘onlar atrofidagi uylar asosan cho‘bkori uslubida qurilgan oddiy binolar edi. Shu davrlarda bunday imoratlarni tiklash va buzish oson bo‘lgan. Shaharlarda joy tansiqligi uchun ixcham cho‘pkori imoratlar qurish qulay bo‘lgan. Cho‘pkori imoratlar keyinroq shaharga xos asosiy bino bo‘lib qoldi. Afsuski, cho‘pkori imoratlar paxsa devorli imoratlar kabi uzoq saqlanmagan.
Xiva uylarining o‘ziga xos tuzilishi diqqatga sazovordir, binoning konstruktiv asosini bir qavatli cho‘pkori devor tashkil etib, sinchlar orasiga xom g‘isht bilan loy urilgan. Bu erdagi yozgi va qishki xonalarning joylashuvi katta-kichikligi, bezaklari Buxoro, Samarqand va Farg‘ona uy-joylaridan tamoman farq qiladi. Markaziy Osiyo me’morchiligida asrlar davomida imorat tarhini tuzish zaruriy unsur bo‘lib kelgan. Uning yuzaga kelishiga mintaqadagi iqlim sharoitining ta’siri katta bo‘lgan. Bu erda yoz juda issiq, qish esa sovuq bo‘ladi. Xiva uy-joylarini tashqi ko‘rinishi juda ajoyibdir: har bir uyda shimol tomonga qaratib ayvon quriladi, ayvonda asosan yozda “saraton oyida” kishilar issiqdan jon saqlashgan.
Xivaning ichki qal’asida joy tansiqligi sababli hovlilarning fasadlari deyarli hammasi juda tordir. Ayvon hovli sahnini yuqoridan deyarli to‘sib turadi va hovli ham qisman ayvon vazifasini o‘taydi. Hovlida shamol yaxshiroq yurishi uchun ayvonni baland qilib qurganlar. Bu esa shamolning pastdan yuqoriga almashib turishi va ichkarini harir nur bilan yoritilishiga yordam beradi. Ayvon qishda xonaning juda sovuq bo‘lishidan, yozda esa juda isib ketishidan saqlagan. Shuning uchun meьmorlar xonaning hovli iqlim sharoiti bilan yaqinligini saqlash, uyg‘unlashuv jihatidan rang-barang manzarasi bilan bog‘lanishiga alohida e’tibor berishgan. Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda ayvon qo‘l kelgan. U xona bilan tashqi muhitni bog‘lovchi qism vazifasini o‘tagan.
Ayvon o‘rta asrlarda va undan keyingi davrda ham uylarda keng qo‘llanilgan. Turar joy me’morchiligida ayvon ikki, to‘rt xona oralig‘ida uyning old qismini butunlay egallagan holda (pesh ayvon) qurilgan. U imoratning old yoki yon tomonlarida galereya (yo‘lak) sifatida, devor sathidan bo‘rtib chiqqan bolaxonaga monand, ikkinchi qavatning ochiq qismini egallagan shiypon sifatida va alohida to‘rt, uch tomoni ochiq boshpana sifatida ham bunyod qilingan.
Ayvonning turar joy me’morchiligida qo‘llanilishi o‘sha joyning iqlim sharoiti va xonalarning joylashuv tartibidan kelib chiqqan. Masalan, Xivada iqlim sharoitining o‘zgachaligi, yozda havoning nisbatan issiqligi sababli ayvon xona va hovli havosini yangilab turishga mo‘ljallangan. Bu erdagi ayvonlar ikki xil tuzilishga ega. Ulli (Ulug‘) ayvon xonaning old qismini egallagan va undan ancha baland ko‘tarilgan. Uning qarshisida teskari kichikroq ayvon o‘rnatilgan. Ulli ayvon bitta markaziy ustunga egaligi jihatidan minoraga monanddir. U shamol esadigan tomonga qaratilgan bo‘lib, shamolni hovliga yo‘naltirgan. Aslida ikkala ayvon ham hovlini tom bilan yopgandek tuyuladi.Ayvon o‘z vazifasidan tashqari imoratning umumiy kompozitsiyasini badiiylashtirgan va uning me’moriy yechimini boyitgan. Masalan, Xivadagi Toshhovli saroyida ulli ayvon chuqur hamda minora tuzilishida bo‘lib, uning markazidagi ustun o‘ymakorlik usulida naqsh-u nigor bilan bezatilgan. Bu butun hovli kompozitsiyasiga badiiylik kasb etgan.
Xorazm shahar turar joylarida yetakchi uslub bu hovlida uzun ayvon qurilishi bilan belgilanadi. Bu hol qishloq hovlilari uchun xam xosdir. Hovliga kirish yo‘lagi ustiga ba’zan mehmonxona qurilgan, bu erda uy egasi bo‘lgan hunarmand buyurtmachilarni qabul qilgan. Turar joy yorug‘lik tushishi hisobga olinib qatьiy ravishda belgilanadi, qishki yashash xonalari janub sharq tomonlarga, yozgi xonalar esa shimol tomonga joylashtiriladi.
Ayvonlar turar-joy binolarining ichki muhitiga shinamlik bag‘ishlabgina qolmay balki tashqi kompozitsion ko‘rinishiga ham o‘ziga xos ko‘rinish baxsh etadi.
Xiva uy-joylari uchun xarakterli bo‘lgan umumiylik shundan iboratki, binoning tuzilishi ham, bezagi ham juda sodda. Xona va ayvon devorlari bezaksiz somonli loy suvoqdan, uyning shifti toqi (vassa, patik) va yarim lo‘la to‘siqlardan iborat. Binodagi birdan bir bezak katta ayvonning o‘ymakor yog‘och ustunidir. Bundan tashqari o‘ymakor eshiklar, panjaralar va ba’zi ko‘tarma ayvonlar ham xonadonga zeb-ziynat bag‘ishlaydi.
Yunusxon maqbarasi – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Maqbara 1559-yilda bunyod etilgan. Bugungi kunda madrasa „Ichan qalʼa“ MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 13-uyda; Ichan qalʼa tarkibida, Pahlavon Mahmud maqbarasi yonida joylashgan.
Yunusxon maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].
Xiva shahrida XIV asrning ikkinchi yarmida, 1558—159-yillarda bunyod etilgan Yunusxon maqbarasi 1556—1557-yillarda Xiva xonligini boshqargan hukmdor Yunusxonga atab qurilgan. U Xoʻjash mahram madrasasining janubida va mashhur Pahlavon Mahmud maqbarasining orqa – shimol tomonida joylashgan boʻlib, ushbu majmuaning bir qismi hisoblanadi. Yunusxon bu maqbara xonalaridan biriga dafn etilgan. Biroq, maqbaradagi ikkinchi qabrga kim dafn qilingani maʼlum emas[3].
Yunusxon maqbarasi „Ichan qalʼa“ kompleksi tarkibiga kiradi[4].
Maqbara toʻrtburchak shakldagi tarhli, umumiy maydoni 7x13,5 m ni tashkil etadi. U baland peshtoqli va ikki gumbazli imorat, goʻrxona va ziyoratxona (4,5x4,5 m)dan iborat. Xonalari bir-biridan ravoqlar yordamida ajratilgan. Ichki devorlariga yassi va keng hajmli ravoqlar ishlangan. Ziyoratxona orqali daxmali goʻrxonaga kiriladi. Xonalar charxi gumbazlar bilan yopilgan. Ichki devorlarining gumbaz osti bagʻali, ravoqlarining gʻishtlari mavj usulida terilgan. Maqbara oddiy pishiq gʻishtlardan qurilgan boʻlib, unga hech qanday bezak berilmagan
Xivaning yoshi 2500 yildan oshgan. Bu noyob muzey-shahar. Undagi asosiy diqqatga sazovor joy esa – uylari va tor ko‘chalari, masjid va minoralari, madrasalari bo‘lgan hamda qalinligi 6 metrli devorlar bilan o‘ralgan qadimiy ichki shahar.
|