XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida




Download 1,18 Mb.
bet14/15
Sana17.05.2024
Hajmi1,18 Mb.
#240814
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida


1874-yilda shahar maʼmuriy jihatdan Qumyosqa, Kaptarxona, Oʻr, Koʻhnabozor, Kaltaminor, Amin chorsu, Mevaston, Qoraaʼlam va Yangi qalʼa mavzelariga boʻlingan. Xiva xonning „mulki xolisasi“ hisoblanib shaxsan uning oʻzi tomonidan boshqarilgan. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Xivada 64 Madrasa, 79 masjid boʻlgan. 1924-yil shaharda olingan aholi roʻyxatida 4029 xonadonda 18145 kishi qayd qilingan.
Xivaning ilk tarixi 1740-yilda chizilgan. Shahar tarhi uzunasiga 1000 metr, eniga 400 metr boʻlib, 40 gektar maydonni egallagan. Uning butun tevarak atrofi suvli xandaq bilan oʻrab olingan. Shaharga sharq tomondan maxsus koʻprik orqali kirish mumkin boʻlgan. Koʻprik kechalari koʻtarib qoʻyilgan. Koʻprik yonidagi darvozadan boshlangan katta koʻcha toʻppatoʻgʻri Ark darvozasiga borib taqalgan. Ark shaharning gʻarbiy qismida joylashgan. Shaharning asosiy koʻchasi uni 2 qism (shimol va janub) ga ajratgan. Arkda xon saroyi, haramxona, aslahaxona boʻlib, ular maxsus qalʼa devori bilan oʻralgan. Lekin, oʻsha davrdagi baʼzi inshootlar chizmaga kirmay qolgan. Shaharning yana bir tarhi Rossiyadan maxfiy topshiriq bilan kelgan topograf G. N. Zelenin tomonidan 1839-yilda chizilgan. Zeleninning maʼlumotlariga koʻra, shaharda oʻsha davrda 17 ta masjid, 22 ta mahalla va 260 savdo rastasi boʻlgan. Shaharning juda aniq va mukammal boʻlgan soʻnggi tarhi 1873 yilgi rus istilosidan soʻng rus topograflari tomonidan tuzilgan va oʻsha yiliyoq „1873-yilgi Xiva yurishlari“ maqolasiga ilova tarzida bosilgan.
Bu davrda ilk oʻzbek matbaachisi va noshiri Otajon Abdalov (1856-1939) oʻz faoliyatini boshladi. Matbaachilik faoliyatini 1874-yildan Xiva shahrida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyida tashkil etilgan toshbosmada ishlashdan boshlagan. Otajon Abdalov 1876-yilda Abdunosir Farohiyning „Nisabussibyon“ asarini toshbosmada bosib xonga taqdim etdi. Bu kitob Xivadagina emas, balki butun Oʻrta Osiyo miqyosida birinchi bosma kitob hisoblanadi.
Asfandiyorxon (1910—18) Rossiyadagi oʻzgarishlar sabab Xiva xonligida zulmni kuchaytirgan. Shu bilan birga Rossiya hukumati talabi bilan 1910—13 yillarda vazir Islomxoʻja boshchiligida islohotlar oʻtkazishga harakat qilgan.
Meʼmoriy ansamblining yaxlitligi jihatidan shahar Oʻrta Osiyoda yagona hisoblanadi. 1967-yilda Oʻrta Osiyoda ilk bor Xivaning Ichan qalʼa (shahriston) qismi tarixiymeʼmoriy yodgorliklar qoʻriqxonasi deb eʼlon qilindi. Xivaning jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrni YUNESKO Bosh konferensiyasining (1995-yil oktabr-noyab.) 28sessiyasida alohida qayd qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3 yanvardagi qarori bilan Xivaning 2500-yilligi 1997-yilda jahon miqyosida keng nishonlandi.

Download 1,18 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 1,18 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida

Download 1,18 Mb.