• Oʻzbek xonliklari davrida
  • Kirish. Reja: Me’morchlik san’ati Xorazimda me’morchlik na’munasi Xiva Tarixiy komplekslari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 1,18 Mb.
    bet13/15
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #240814
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

    IX-XIII asrlarda[


    Xiva manzarasi
    Shahar Xorazmshoxdar davri (12-13-asr boshi) ravnaq topib, hududi kengaydi. 1220-21 yillarda Xiva Chingizxon qoʻshinlari tomonidan vayron etildi. Keyinroq qayta tiklana boshladi. Hunarmandchilik (kulolchilik, koshinkorlik va boshqalar) rivojlandi.

    Oʻzbek xonliklari davrida


    1511-yildaXivaarabshohiylaroʻzbeksulolasiboshqargandavlattarkibigakirdi. 1598-yilda, shahar ilk marta Xiva xonligining poytaxtiga aylanganda, bu kichik mustahkam shahar edi. Abulgʻoziyxon (1643-1663) davrida Xivaga poytaxt maqomi berildi.
    16-19-asrlarda shahar jadal taraqqiy eta bordi. Quyi Volga, Oʻrta va Yaqin Sharq shaharlari bilan savdo aloqalari oʻrnatildi.
    17-asrda yashab oʻtgan Mahmud ibn Valiy bu shahar toʻgʻrisida shunday yozadi: „Xiva keng va bahavo shahar. U shayx Najmiddin Kubroning vatanidir“. Abulgʻoziy Bahodirxonning „Shajarai turk“ va „Shajarai tarokima“ asarlaridagi Xiva xususidagi fikrlari ham ana shu davrga mansub.
    Xiva 16-asrning 2-yarmidan Xorazmning poytaxtiga aylangach, har tomonlama rivojlandi. Meʼmoriy qiyofasi ham oʻzgara bordi. Shahardan oʻzaro koʻndalang kesishgan 2 ta katta koʻcha va 4 darvoza (Otadarvoza, Polvondarvoza, Bogʻchadarvoza, Toshdarvoza) orqali Dishan qalʼa (rabod) ga chiqiladi. Ichan qalʼa devorining uzunligi 2200 metr, balandligi 6- 8 metr, tag zaminining qalinligi 5-6 metr. Qalʼa toʻgʻri toʻrtburchak shaklida qurilgan boʻlib, uzunligi 650 metr, eni 400 metr, jami 26 gektar maydonga ega.
    Xivaning rabod qismi Dishan qalʼa 1842-yil Olloqulixon davrida (1825- 42) baland devor bilan oʻrab olingan. Oʻsha davrda Ichan qalʼada 33 mahalla (machitqavm) va Dishan qalʼada 34 mahalla boʻlgan. Mahallalar nomi shu yerda yashayotgan aholining kasbkori (Chitkarlik, Elakchilik, Kulollar, Misgarlik, Gʻassollar) yoki shaxs lavozimi (Otamurod qushbegi, Yoqub mehtar, Yusuf yasovulboshi) bilan atalgan. Shaharda 109 kattakichik koʻcha, 79 masjid va 120 qorixona boʻlgan. Xivada 19-asr oʻrtalarida 20 ming kishi yashagan. Shahar, asosan, 19-asrning 2-yarmidan kengaya bordi.

    Download 1,18 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 1,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish. Reja: Me’morchlik san’ati Xorazimda me’morchlik na’munasi Xiva Tarixiy komplekslari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar

    Download 1,18 Mb.