Kirish. Reja: Me’morchlik san’ati Xorazimda me’morchlik na’munasi Xiva Tarixiy komplekslari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar




Download 1,18 Mb.
bet15/15
Sana17.05.2024
Hajmi1,18 Mb.
#240814
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

Sanoat va ishlab chiqarish


Shaharda „XivaKarpet“ qoʻshma korxonasi, sopol buyumlar, paxta tozalash, gʻisht zavodlari, tikuvchilik, „Xiva gidami“ aksiyadorlik jamiyati va boshqa gilam toʻqish korxonalari, non kti, dehqon bozori, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Urganch universitetining agromenejment fti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Xorazm Maʼmun akademiyasi boʻlimi, Qoraqum ilmiy tadqiqot stansiyasi, ped., tibbiyot, turizm kasb-hunar kollejlari, kasbhunar litseyi, gimnaziya, 15 umumiy taʼlim maktabi, mehribonlik uyi, 2 maxsus internat, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, sanʼat maktabi, 2 kutubxona va uning tarmoqdari, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. AlXorazmiy, Feruz yodgorliklari, birinchi oʻzbek kinooperatori Xudoybergan Devonov muzeyi, markaziy stadion, sport majmuasi, tennis korti, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor.
Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, bolalar kasalxonasi, tish davolash markazi, markaziy dorixona, xususiy dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar mavjud.
Tarixiy-meʼmoriy obidalardan Sayd Aloviddin maqbarasi, Pahlavon Maxmud majmuasi, Juma masjid, Koʻhna Ark, Oqshayx bobo koʻshki, Toshhovli, Nurullaboy saroyi, Muhammad Aminxon madrasasi, Muhammad Rahimxon madrasasi, Islomxoʻja madrasasi va minorasi, Olloqulixon madrasasi, Qutlugʻmurod inoq madrasasi, Olloqulixon karvonsaroyi va timi, Anushaxon xammomi, Oq masjid, Polvon darvoza, Ota darvoza, Bogʻcha darvoza, Tosh darvoza, Hazorasp darvoza, Kush darvoza va boshqa saqlanib qolgan.
Shaharda „Xiva-Sharq gavhari“ jurnali (2001-yildan), „Xiva tongi“ tuman gaz. nashr etiladi. Shahar jahon turizmi markazlaridan birga aylangan. Xivaga har yili 200 mingdan ziyod sayyoh, shu jumladan, 7 mingga yaqin xorijlik sayyoh va mehmonlar tashrif buyuradi. Shaharda „Oʻzbekturizm“ milliy kompaniyasiga qarashli va bir necha xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi.
Xivadan Urganch shahriga trolleybus katnovi yoʻlga qoʻyilgan (1997). Xiva-Toshkent, Xiva-Buxoro, Xiva-Navoiy-Samarqand-Toshkent yoʻnalishida, shuningdek, Urganch, Qoʻshkoʻpir, Yangiariq, Bogʻot, Hazorasp va viloyatdagi boshqa shahar va yirik aholi punktlariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi

Xulosa
Orta Osiyoda shakllangan uchta mustaqil - Buxoro, Xiva va Qoqon xonliklari tarixiga bagishlab alohida-alohida asarlar yaratilgan edi. Bu tarixiy asarlar mazkur xonliklarning tarixini organishda asosiy manba bolib xizmat qiladilar. Xiva xoni va tarixnavisi Abulgoziy tomonidan tarixiy asarlar yozish an‘anasi, keyinchalik atoqli tarixnavislar va ajoyib shoirlar SHermuhammad Munis, Muhammad Rizo Ogahiy va Muhammad YUsuf Bayoniy tomonidan davom ettirilgan edi. Xorazm tarixi boicha yozilgan hamma tarixiy asarlarni o‗zbek tilida ijod etgan mazkur tarixnavislar bir-birlarining ishini davom ettirib, uzoq davrni o‗z ichiga qamrab olgan Xiva xonligi tarixini o‗rganishda ajoyib ma‘lumotlarga boy qator qimmatli tarixiy asarlar yaratildi. Bitiruv malakaviy ishda ushbu asarlarning tahlili asosida Qo‗ng‗irotlarning hukmronligi davrida davlatning tashqi va ichki siyosatiga doir qator yangi fikrlar o‗rganildi. Qo‗ng‗irot urug‗idan bo‗lgan Eltuzar (1804 — 1806) o‗zini xon deb e‘lon qiladi. Shundan so‗ng Xorazmda shu suloladan Muhammad Rahimxon I (1806 — 1825), Olloqulixon (1825-1843), Rahimqulixon (1843—1846), Muhammad Aminxon (1846 — 1855), Abdullaxon (5 oy), Qutluqmurodxon (7 oy), Sayid Muhammadxon (1856 — 1865), Muhammad Rahimxon II — Feruz (1865 — 1910), Asfandiyorxon (1910 — 1918)lar hokimlik qilgan. Xivalik tarixchi olimlar tomonidan XVII — XIX asr va XX asr boshlarida Xiva xonligi tarixi bilan bog‗liq siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‗rganishda mufassal ma‘lumot beruvchi «Shajarayi turk», «Shajarayi tarokima», «Firdavs ul-iqbol», «Riyoz uddavla», «Zubdat ut-tavorix», «Jomi‘ ul-voqeoti sultoniy», «Gulshani davlat», «Shohid ul-iqbol», «Shajarayi Xorazmshohiy» va «Xorazm tarixi» nomli qator qimmatli tarixiy asarlar yaratildi. Shuni ta‘kidlab o‗tish zarurki, bu qo‗lyozma tarixiy asarlar o‗z davrining ilg‗or fikrli kishilari tomonidan yozilgan bo‗lsa-da, o‗sha davrdagi hukmdorlar ra‘yidan o‗tolmasdan, ularning manfaatlariga mos qilib yozilgan edi. Chunki mualliflar shu tarzda yozishga majbur edilar. Bu asarlarda qo‗shni xalqlar sha‘niga aytilgan «tug‗yonkor», «isyonkor», «mufsid» kabi noloyiq iboralarni ham uchratamiz. O‗z davri va muhitining ta‘siri tufayli mavjud kamchiliklarga qaramay, Xorazmda tasnif etilgan mazkur tarixiy asarlar, Xiva xonligining XVII — XIX va XX asr boshlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‗rganishda aniq ma‘lumot beruvchi asosiy manba bo‗lib xizmat qiladilar. Xiva xonligining siyosiy hayotida ro‗y bergan katta voqealardan biri Xiva xonligini podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinishi edi. Muhammad Yusuf Bayoniy o‗zining «Shajarayi Xorazmshohiy» asarida bu masalaga juda mufassal to‗xtalib o‗tgan va bu borada juda qimmatli ma‘lumotlarni keltirgan. Ayniqsa, shaharlarni mudofaa qilishda olib borilgan ishlar, ko‗rsatilgan qarshiliklarga qaramay, Xiva xonligiga qarashli shaharlarning podsho Rossiyasi armiyasi tomonidan birin-ketin bosib olinishi va chor generallarining bu erda olib borgan shafqatsiz siyosati aniq ko‗rsatib berilgan. Bayoniy shu davrda ana shu voqealar ichida yashagan, ularni o‗z ko‗zi bilan ko‗rgan va u voqealarning tirik shohidi edi. Bu masalani aniq ma‘lumotlar asosida o‗rganishda va yoritishda Xiva tarixnavisi Bayoniy tomonidan yozilgan bu tarixiy asar katta ahamiyat kasb etadi. Xiva xonligining Buxoro, Qo‗qon xonliklari, Rossiya va Eron bilan olib borgan diplomatik va savdo munosabatlarini o‗rganishda ham bu asarlarda anchagina ma‘lumotlarni uchratamiz. Biz Abulg‗oziy, Munis, Ogahiy va Bayoniy asarlarini o‗qir ekanmiz, Xiva xonligiga Buxoro, Kuqon xonliklaridan, Rossiya va Erondan ko‗plab elchilar kelganligi va ularga javoban u mamlakatlarga ham elchilar yuborilganini ko‗ramiz. Xonlikning iqtisodiy hayotida feodal er egaligi, sug‗orish ishlari va yangi erlarni o‗zlashtirish va soliq masalasi asosiy masalalardan edi. Bu masalalar bo‗yicha ham mazkur tarixnavislarning asarlarida ancha ma‘lumotlar keltirilgan. Xonlikning iqtisodiy hayotida asosiy masalalardan biri bo‗lgan soliq masalasiga kelsak, xivalik tarixchilar o‗z asarlarida voqealarni bayon etar ekanlar, xonlik hududida bo‗lgan shaharlar va qishloqlarga kimlarning soliq yig‗ish uchun borganligi, qaysi davrlarda qaysi xalqlarning Xiva xonligiga soliq to‗laganliklari haqida ham ma‘lumotlar keltirib o‗tganlar. Savdogarlardan, shuningdek, Xiva xonligi hududidan o‗tgan Buxoro xonligiga tegishli savdogarlardan ham olingan soliqlar haqida ham ba‘zi ma‘lumotlarni uchratamiz. XVII — XIX asrlarda va XX asr boshlarida Xiva xonligida qurilish ishlari bo‗yicha ham ma‘lum ishlar amalga oshirilgan. Madrasalar, masjidlar, qal‘alar,bog‗lar, ko‗priklar va boshqa shu kabi inshootlar qurilgan. Qo‗ng‗irotlar hukmronligi XX asr boshlarida mustabid sovet davlati xokimiyatining o‗rantilishi bilan inqirozga uchradi. Lekin ikki asrdan ortiq davrda hukmronlik qilgan bu sulola davrida Xiva xonligi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniyat va fan sohalarida etakchi davlat darajasiga ko‗tarildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari: 1. I. Karimov – O‗zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‗li. Xalq so‗zi 31 avgust 2007 y. 2. I. Karimov Sharq gavhari – zamin sayqali. Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimda so‗zlagan nutqi. Xalq so‗zi 26 avgust 2007 yil. 3. I. Karimov Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‗lidan yanada izchil harakat qilish xalqimiz uchun farovon tkrmush sharoiti yaratish- asosiy vazifamizdir. T. ‖O‗zbeiston‖ 2007 y. 4. I. Karimov Bu bayram barchamizniki – butun xalqimizniki (16 yillik tantanali marosimdagi bayram so‗zi) Xalq so‗zi 2007 yil 1 sentyabr. 5. I. Karimov Bunyodkor xalqimizning azmu shijoatining amaldagi ifodasi. Toshguzar – Boysun – Qumqo‗rg‗on temir yo‗lining ishga tushirilishiga bag‗ishlab o‗tkazilgan tantanali marosimda so‗zlagan nutqi. Xalq so‗zi 2007 yil 25 avgust. 6. I. Karimov O‗zbekiston Islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‗shgan hissasi. Xalqaro ilmiy ommabop konferensiyadagi nutqi. Xalq so‗zi 2007 yil 15 avgust. 7. I. Karimov. O‗zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‗shgan beqiyos hissasining yuksak ehtiromlari. (Turkiston press nodavlat axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusi) Xalq so‗zi 23 fevral 2007 yil. 8. I. Karimov «Biz tanlagan yo‗l demokratik taraqqiyot va ma‘rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‗li» T., t. 11, «O‗zbekiston», 2003 y. 266-267 betlar. 9. I.Karimov. Sog‗lom xalq, sog‗lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo‗ladi. Prezident I.Karimovning O‗zR Konstitutsiyasining 16 yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. «Ma‘rifat», 2004 yil, 8-dekabr. 10. Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokralashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T., «O‗zbekiston», 2005 y. 11. Karimov I.A. O‗zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‗lmaydi.



Download 1,18 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 1,18 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish. Reja: Me’morchlik san’ati Xorazimda me’morchlik na’munasi Xiva Tarixiy komplekslari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar

Download 1,18 Mb.