Kirish. Reja: Me’morchlik san’ati Xorazimda me’morchlik na’munasi Xiva Tarixiy komplekslari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar




Download 1,18 Mb.
bet12/15
Sana17.05.2024
Hajmi1,18 Mb.
#240814
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Uch avliyo maqbarasi
Uch avliyo maqbarasi XVI asrning ikkinchi yarmida qurilgan. U Tosh Hovli saroyining g‘arbiy devori yaqinida joylashgan. Mazkur shahar atrofidagi qabristonda ko‘plab qabrlar bo‘lib, bu yerda XX asrgacha dahmalar qurilgan. Birinchi dafn 1561-yilga to‘g‘ri keladi. Bu sana kiraverishdagi o‘ymakor naqshlarga ega eshikka o‘yilgan. Vaqt o‘tishi bilan maqbara devorlarida qatlamlar paydo bo‘ladi, chunki uning devorlari qabrlar bilan yaqin tutashgan va binoning bir qismi yerga cho‘kkan.
1821-1822 yillarda maqbara birinchi marta qayta tiklandi. Ikkinchi marta eshikni, masjid ustunlarini va ayvonni shikastlagan 1980-yildagi kuchli yomg‘irdan keyin restavratsiya qilindi. Endi maqbara juda mashhur ziyoratgohga aylangan.

«Ichan-Qal’a»dagi 33ta tarixiy obidaga termitlar jiddiy zarar yetkazmoqda. Bu haqda Zoologiya instituti direktori Baxtiyor Xolmatov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.


Bugungi kunda dunyo miqyosida iqlim o‘zgarishlarining keskinlashuvi, havo haroratining ko‘tarilishi hamda antropogen omillarning avj olishi natijasida termitlar o‘z tabiiy yashash makonlaridan aholi turar joylari, tarixiy madaniy obidalar, strategik ahamiyatga ega ob’yekt hududlariga ko‘chib, ularning yog‘och konstruksiya qurilmalariga jiddiy zarar keltirmoqda.
Termitlar masalasi dunyo miqyosidagi yirik muammolardan hisoblanib, ular tufayli bino va inshootlarga juda katta zarar yetmoqda. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, termitlarning har yili keltiradigan zarari dunyo miqyosida 40 milliard AQSh dollarini tashkil qilmoqda.
«Ichan-Qal’a» tarixiy yodgorlik majmuyidagi 33 ta tarixiy obidaning yog‘och o‘ymakorligi ishlanmalariga termitlar jiddiy darajada zarar yetkazmoqda. Jumladan, Juma masjid muzeyi, Paxlavon Mahmud maqbarasi, Muhammad Inoq va boshqalar termitlardan kuchli zararlangan.
Shuningdek, Surxondaryodagi Al Hakim At-Termiziy, Qashqadaryodagi Hazrati Imom masjidi, Navoiydagi Imom Hasan-Husan ziyoratgohi va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Mizdaxkan kompleksi tarixiy obidalarida termitlarning zararli faoliyati qayd etilgan. Xiva – Oʻzbekistonning qad. shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar mil. av. 5-asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qad. qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin boʻlgan qad. osetin tilidagi "Xiauv" – qalʼa soʻzidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan okib oʻtgan Xeykaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq–Xeyvaniq–Xeyvaq–Xeva–Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchisolnomachi Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831 yilda yozgan "Dili Gʻaroyib" asarida Xorazmning qad. shaharlarini nommanom sanar ekan, "Bu mamlakatning yana bir qalʼasi – Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir" deydi.
Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga bo rib taqaladi. Bunda Nuhning oʻgʻli Som boʻlajak shahar yoniga kelib quduq qazdirgan va shu bilan Xivaga asos solgan. Haqiqatan ham Xivaning Ichan qalʼasida qad. Xeyvaq (Xivak) qudugʻi saqlanib qolgan.
Xiva toʻgʻrisidagi dastlabki ishonchli maʼlumotlar 10-asrdan boshlab arabfors tilidagi tarixiygeografik manbalarda uchraydi.
Istaxriy (930) Xivani oʻsha davrdagi eng yirik 30 ta shahar roʻyxatiga kiritgan. U. Xivani Hazoraspdan 8 farsax masofada Jurjoniya (Gurganj) yoʻlida joylashganligini qayd qiladi. Muqaddasiyning maʼlumotlariga koʻra esa Xiva bilan Hazorasp oʻrtasidagi masofa 8 dovon (10 farsax)dan iborat boʻlgan. Xiva Yoqut Xamaviy (13-asr), Nizomiddin Shomiy (14-asr) asarlarida ham karvon yoʻlida joylashgan shahar sifatida eslatib oʻtiladi.
17-asrda yashab oʻtgan Mahmud ibn Valiy bu shahar toʻgʻrisida shunday yozadi: "Xiva keng va bahavo shahar. U shayx Najmiddin Kubroning vatanidir". Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarai turk" va "Shajarai tarokima" asarlaridagi Xiva xususidagi fikrlari ham ana shu davrga mansub.
Xiva oʻzining tarixiy oʻtmishi, meʼmoriy tuzilishi, obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qad. shaharlar orasida alohida oʻrin tutadi. Yer kurrasida mashhur boʻlgan Afina, Rim, Qohira shaharlariga tengdosh boʻlgan bu shaharning Ichan qalʼa qismi (1990) Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan 100shahar boʻlib, dunyoga alXorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin hisoblanadi.

“Xorazm noyob madaniyat, nafis san’at, yuksak ma’rifat, turmushning dono falsafasi va insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan adabiyot va she'riyat maskani, dunyoviy ilm o‘choqlaridan biri...


Xorazm vohasining tarixiy-madaniy merosi bevosita Xiva shahri bilan bog‘liqdir”.
Islom Karimov
Markaziy Osiyodagi eng diqqatga sazovor shaharlardan biri — Xiva Amudaryoning chap sohilida, O‘zbekistonning hozirgi Xorazm viloyatining janubida joylashgan. Bu — mintaqada butunligicha saqlanib qolgan yagona nodir obida-shahardir.
Topilgan qadimiy tangalar va xivalik tarixchi Xudoyberdi bin Avaz Muhammad (1773 yoki 1774 yilda tug‘ilgan) keltirgan qiziqarli afsona Xivaning juda qadimiyligidan dalolat beradi. U “Dili g‘aroyib” asarida bunday deb yozadi: “Xorazmning yana bir shahri Ramldir. Unga Som bin Nuh asos solgan, hozir uni Xeyvaq deb ataydilar. Yana aytadilarki, bu so‘zda (Xeyvaq) Hazrati Pahlavon (Mahmud) vali vafot etgan tarixi (sanasi) yashiringan. Shu tariqa bu tarix mazkur shaharning nomi bo‘lib qoldi. Uning avvalgi nomi Raml, bu qumloq demakdir.
Kunlardan bir kun Som bin Nuh u erda yotib uxlab, tushida o'zini uch yuz yoniq mash’ala o‘rtasida ko‘ribdi. Xushnud kayfiyatda uyg‘onib, o‘zidan xotira qoldirmoqchi bo‘libdi va shu joyni tekislab, shahar quribdi. Boshqa bir gal bu erga kelganida atrofini devor bilan o‘rabdi va uning g‘arb tomonida buloq ochibdi. Xullas, hikoya qilishlaricha, Xeyvaq ko‘p martalab vayron bo‘lgan va qayta tiklangan”.
Xiva tarixchisining yozganlaridan va afsona ma’lumotlaridan tarixiy haqiqatni fahmlab olishga intilsa bo‘ladi. Avvalo, Xiva qumloqdan iborat bo‘lgan joy - Raml deb atalgan, uning paydo bo‘lgan vaqti va unga asos solgan zotning nomi Nuh o‘g‘li Som bilan bog‘liq.

Xiva – Oʻzbekistonning qadim shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar miloddan avval 5-asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qadimiy qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin boʻlgan qadimgi osetin tilidagi „Xiauv“ – qalʼa soʻzidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan okib oʻtgan Xeykaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq-Xeyvaniq-Xeyvaq-Xeva-Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchi solnomachi Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831-yilda yozgan „Dili Gʻaroyib“ asarida Xorazmning qadimiy shaharlarini nomma-nom sanar ekan, „Bu mamlakatning yana bir qalʼasi – Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir“ deydi.
Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga borib taqaladi. Bunda Nuhning oʻgʻli Som boʻlajak shahar yoniga kelib quduq qazdirgan va shu bilan Xivaga asos solgan. Haqiqatan ham Xivaning Ichan qalʼasida qadimiy Xeyvaq (Xivak) qudugʻi saqlanib qolgan.
Xiva haqidagi dastlabki ishonchli maʼlumotlar 10-asrdan boshlab arab va fors tilidagi tarixiy-geografik manbalarda uchraydi.
Istaxriy (930) Xivani oʻsha davrdagi eng yirik 30 ta shahar roʻyxatiga kiritgan. U. Xivani Hazoraspdan 8 farsax masofada Jurjoniya (Gurganj) yoʻlida joylashganligini qayd qiladi. Muqaddasiyning maʼlumotlariga koʻra esa Xiva bilan Hazorasp oʻrtasidagi masofa 8 dovon (10 farsax)dan iborat boʻlgan. Xiva Yoqut Xamaviy (13-asr), Nizomiddin Shomiy (14-asr) asarlarida ham karvon yoʻlida joylashgan shahar sifatida eslatib oʻtiladi.
Xiva oʻzining tarixiy oʻtmishi, meʼmoriy tuzilishi, obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qad. shaharlar orasida alohida oʻrin tutadi. Yer kurrasida mashhur boʻlgan Qohira shahriga tengdosh boʻlgan bu shaharning Ichan qalʼa qismi (1990) Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan 100 shahar boʻlib, dunyoga al-Xorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin hisoblanadi.
Miloddan avval 5-asr oxirigacha Xiva Xorazm tarkibida Ahamoniylar davlati tasarrufida, soʻngra mustaqil Xorazm davlati tarkibida boʻlgan. Ilk oʻrta asrlarda Xiva orqali Sharqni Gʻarb bilan bogʻlovchi Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 4-asr boshlaridan Xiva – Xorazm bilan birga Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Budavrda u qalʼa devori bilan oʻrab olingan.
712-yil Xivani arablar istilo qilgan. Arab sayyohlari Istaxriy va Muqaddasiy qoʻlyozmalarida keltirilishicha, Xiva 10-asrda Xorazm vohasida eng yirik shaharlardan biri boʻlgan. 1221-yildan moʻgʻullar imperiyasi, 1388-yildan temuriylar davlati tarkibida, 16-asr boshlaridan 1920-yil 2-fevralgacha Xiva xonligi poytaxti boʻlgan. Xonlik 1873-yil rus qoʻshinlari tomonidan zabt qilinib, Gandimiyon shartnomasiga koʻra, Rossiya imperiyasi protektoratiga aylantirilgan. 1920-24-yillarda Xiva Xorazm Xalq Sovet Respublikasi poytaxti boʻlib turgan.
Xivani arxeologik jihatdan oʻrganish qisman S. P. Tolstov, Yahyo Gʻulomov, A. I. Terenojkin va boshqa tomonidan 20-asr oʻrtalarigacha olib borilgan. 1984-1993-yillarda arxeologik kazishma ishlari rejali ravishda keng miqyosda olib borildi. Qazishmalar Oʻzbekiston Fanlar Akademiasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi arxeologlari va xorazmlik arxeologlar hamkorligida amalga oshiridi. Shahar hududida 6 ta stratigrafik qazilma va 7 shurf belgilandi. Xivaning qadimiy qismi – Ichan qalʼada 1200 m² boʻlgan maydon qazib oʻrganildi. Arxeologik ashyolarning 7 metrgacha chuqurlikdan topilganligi, shaharning paydo boʻlish davri qadimiy ekanligidan dalolat beradi. Shahar tarixiy taraqqiyotining ilk davrida Ichan qalʼa oʻrnida odamlar yashay boshlagan. Arxeologik materiallarning shahodaticha, bu davr miloddan avval 5-asrga toʻgʻri keladi. Kulolchilik charxida tayyorlangan sopol buyumlar majmuasi, shuningdek, paxsa devor qoldiqlari shu davrga mansub. Miloddan avval 5-asr oxirida Xorazm Eronning siyosiy tazyiqidan xalos boʻlgach, Xivada shahar sistemasining asosiy elementlari shakllana boshladi.
Miloddan avval 4-3-asrlarda qalʼa atrofi 2 qavatli qalin devor bilan oʻrab olindi. Devor oldin paxsa, uning ustiga xom gʻisht terilib, bunyod etilgan. Gʻishtlarning aksariyatiga tamga bosilgan. Devor orasida (ichida) eni 2 m li yoʻlak boʻlgan. Devor boʻylab, har 22- 27 m masofada minoralar tiklangan. Devordagi minoralar toʻgʻri burchakli boʻlgan. Qalʼa devorining butun tizimi asosiy devordan 4,4-8,5 m masofadagi qoʻshimcha toʻsiq – devor bilan oʻrab chiqilgan.
Devor ichi va yoʻlaklardan topilgan sopol buyumlar miloddan avval 4-3-asrlarga taalluqli. Boʻyin qismi ingichka, nozik kilib ishlangan xum va xumchalarning sirtiga och pushti rangda gul naqshi solingan. Yana bir nodir topilma – koʻzachaning sher kallasi shaklidagi dastasidir. Qadimiy qalʼa devori va yoʻlaklar Xiva oʻsha davrda vohada yirik shaharlardan biri sifatida Xeykaniq (Polvonyop) kanali sohillari hamda sohilga yaqin hududlarni nazorat qilib turganligini tasdiqlovchi dalildir.
Xiva dastlab agrarhunarmand shahar sifatida rivojlandi. Miloddan avval 2-asrda Xivaning katta qismi qum ostida qolgach, aholi shaharni tark etdi. Ichan qalʼa devorlari vayron boʻldi.
Milod boshlarida shaharda hayot yana tiklana boshladi. Qalʼa devorining gʻarbiy qismida ark bunyod etildi. 1-3-asrlarda (Kushonlar davri) Xiva Ichan qalʼa devorlari tashqarisidan qalin gʻishtin devor bilan mustahkamlandi, natijada shahar devori qalinligi 7,5- 9 m ga yetdi.
Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, milodiy 4-5-asrlarda shaharni yana qum bosgan. 6-8-asrlarda Xiva qayta tiklana boshladi. Xiva xududida zamindorlarning dastlabki koʻshklari paydo boʻla boshladi. Ichan qalʼada shunday koʻshklardan 2 tasi topilgan.
Xiva nomi dastlab Xivak deya aytilgan. Mahalliy aholi Xiva soʻzini Xavo soʻzidan kelib chiqqan daydi. Aholi oʻrasida Xeyvak soʻzining asl maʼnosi Xey-voh boʻlgani yaʼni charchagan va chanqagan yoʻlovchi suv topganidan soʻng shu soʻzni aytgan deydi[3]. Z.Doʻsimovning fikriga koʻra, nomning etimologiyasini Xorazmiy tilidan izlash kerak, chunki nomning qadimiyligi buni taqozo qiladi. Xorazmiy tili bilan qarindosh deb hisoblangan osetin tilida koʻpgina xorazmiy soʻzlar saqlangan. Bu toponimiyada ham oʻz aksini topadi. Nuxos, Pirnaxos, Darxos toponimlari Osetiyada ham uchraydi. Shunday ekan, Xiva toponimini hozirgi Osetiya toponimiyasidagi Xiauv – „qishloq“ soʻzi bilan bogʻlash mumkin. Demak Xiva atamasi kichik qishloq maʼnosini anglatadi[4]. Oʻzbek tilining toponimlarining oʻquv izohli lugʻati kitobida Xiva soʻzi xiauv – qoʻrgʻoncha, kichik qal’a degan maʼnoni anglatadi deyilgan[5]. Rus olimi N. I. Berezin oʻz asarida Xiva atamasini Xayva yoki Xavak soʻzlaridan kelib chiqqandeydi. Bu soʻzlarni quruq boʻshliq qoʻrgʻon deya talqin qiladi[6].

Download 1,18 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 1,18 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish. Reja: Me’morchlik san’ati Xorazimda me’morchlik na’munasi Xiva Tarixiy komplekslari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar

Download 1,18 Mb.