1-MAVZU: PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUShUNCHA, UNING
O'QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI
REJA:
1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Uning mohiyati
2. Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari
3. Pedagogik mahoratni egallash vositalari
4. O`qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni
Tayanch tushunchalar:
“Pedagogik mahorat" fani; pedagogik faoliyat; pedagogik jarayonning harakat
vositasi; komponent; o'qituvchining kasbiy tayyorligi; tarkibiy qismlar; “Ta’lim
to‘g‘risida”gi
Qonun;
"Kadrlar
tayyorlash
milliy
dasturi
prinsiplar;
tarbiyalanganlik darajasi; zamonaviy axborot texnologiyalari; murabbiy; mustaqil
o'qib o'rganish; guruhli va ommaviy tadbirlar; “Yil o’qituvchisi”; “Yil maktabi”;
“Axloqi Muhsiniy”; “ilg’or o'qituvchi”; “ijodkor o’qituvchi”; “novator o’qituvchi”;
kasbiy sifatlar tizimi; "Yashil daftar hikmati ”; o'qituvchi va tarbiyachi.
Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Uning mohiyati O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz tomonidan
qabul qilinayotgan har bir
Qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ularning kasbiy mahoratini avvalo ta`lim
muassasalarida oshirib borishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jumladan. Pespublikasi
birinchi prezidentiA.Karimovning “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi
Qarorida “Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbivalash, yoshlarning o‘z
ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi, mamlakatmiz yigit-qizlarini XXI
asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlarna rivojlangan shaxslar etib voyaga
yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko’lamli
aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish” muhim vazifa sifatida
belgilangan. Ushbu vazifalarni bekam-u ko‘st amalga oshirilishi uchun bugungi kunda
avvalo, bo’lajak o’qituvchilarning saviyasini va bilimini uzluksiz takomillashtirib
borishga mustahkam zamin yaratilishi kerak. Oliy pedagogik ta`lim
muassasalarida
ushbu muammolarning echimini topishda “Pedagogik mahorat” fanini chuqur o‘rganish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash
uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologivasi «pedagogik
mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, “Pedagogik ensiklopediya” da
ta’rif quyidagicha izohlangan: “o‘z kasbining mohir ustasi boigan, yuksak darajada
madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta
oladigan, tarbiyalash va o’qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”. Ushbu
ta’nfning mohiyatidan kelib chiqib o’qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi
mazmunini shunday izohlash mumkin:
Madaniyatning
yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak
ko'rsatkichi, o‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi, pedagogika va psixologiya
kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi. ulardan kasbiy faoliyatida
foydalana olishi, o'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi, Pedagogik
mahorat tizimi quyidagi o‘zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan asosiy komponentlardan
iborat:
-Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi.
-Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish.
-Pedagogik qobiliyatga ega bo’lish.
-Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash
Barcha kasblar orasida o’qituvchilik kasbi o‘zgacha
va muhim ijtimoiy ahamiyat
kasb etadi. Zero, o'qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me'mori, yoshlarga ta`lim-
tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g‘oyaviy - siyosiy jihatdan
chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiv hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rgatadi,
yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida
ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi.
Ana shu mas’uliyat o’qituvchidan o‘z kasbining mohir ustasi bo’lishini, o'quvchilarga
tarbiyaviy ta’sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy
ko‘nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo’llarini
izlab topadigan kasb egasi
bo’lishni talab etadi. Buning uchun doimo o'qituvchilarnmg kasbiy mahoratini,
ko'nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlarna g‘amxo‘rlik qilish, zarur
shart-sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy-metodik hamda texnik yordam
ko‘rsatish, o’qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga
ko'maklashish lozim.
Shunga asosan, ''Pedagogik mahorat'' fani, mahoratli o’qituvchilarni tayyorlashga
xizmat qiladi, o’qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini
o‘rgatuvchi va uni takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar berib boruvchi fan bo’lib,
o’qituvchilarda pedagogik
mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari
doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo’llarini, vositalarini, shakllarini
o‘rganadi.
Pedagogik mahorat o’qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik,
pedagogik texnika, ta`lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro
hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati,
tafakkuri, tarbiyachining
ma’naviy - ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda
xulq-atvori va hissiyotni jilovlay olish xususiyallarini o‘rgatadi va o‘z kasbini
rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi.
Pedagogik mahorat o’qituvchilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradl
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat
oldida,
davlat oldida javob beradigan, ta`lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan
o’qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo’lajak o’qituvchilar o`z pedagogik faoliyati
jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim: