PEDAGOGIK MAHORATNING TASHKIL ETUVCHI




Download 245,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana04.01.2024
Hajmi245,37 Kb.
#130159
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- Ma\'ruza matni 2- semestr

PEDAGOGIK MAHORATNING TASHKIL ETUVCHI
KOMPONENTLARI 
-o‘z fanimng o'qitish metodikasini mukammal bilishi;
-pedagogik qobiliyatlarim namoyish eta olishi; 
-pedagogik texnikani o‘ z o‘rnida qo‘llay bilishi. 
Shuni alohida qayd etib o‘tish zarurki, o’qituvchilik kasbi murakkab va 
mas’uliyatli jarayondan iborat. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan 
belgilanadiki, o'qituvchi doimo ongning yagona sohibi bo’lmish insonning ta'lim-
tarbiyasi bilan shug‘ullanib, u bilan muloqot olib boradi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, 
ruhiy hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo’ladi. Shu sababli, bo’lajak 
o’qituvchilar tarbiyalanuvchi bilan doimiy muloqotda bo’lishi, unga ta’sir ko‘rsatish 
uchun muntazam ravishda psixologiya va tarbiya nazariyasini mukamma o‘rganib, o'z 
kasbiy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishi kerak. 


O`qituvchilarning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon-e’tiqodi, dunyoqarashining 
kengligi, faolligi, odob-axloqi, fuqarolik burchini his qilishi ma’naviyati, dilkashligi, 
talabchanligi, qat’iyligi va o‘z maqsadlarigi intilishi, insonparvarligi, huquqiy 
bilimdonligi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablariga o‘z fikr-mulohazasi bilan 
faol ishtirok etishi kiradi. 
O‘qituvchilarning kasbiy xususiyatlariga: o‘z kasbini, bolalarni sevishi, ziyrakligi, 
hozirjavobligi, vazminligi, pedagogik nazokati, tasavvuri qobiliyati, tashkilotchiligi
notiqlik madaniyati, chuqur va keng ilmiy saviyasi, kasbiy layoqatliligi, ma’naviy 
ehtiyoji va qiziqishi, intellekti, yangilikni anglay va qo’llay olishi, kasbiy ma’lumotni 
muntazam oshirishga nisbatan intilishi va boshqa fazilatlari kiradi. 
O‘qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi 
yo‘nalishlarda olib boriladi: 
O’qituvchining shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi. 
O’qituvchining ruhiy-psixologik tayyorgarligi. 
O’qituvchining ijtimoiy-pedagogik va ilmiy -nazariy jihatdan tayyorgarligi. 
O’qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi. 
Yana ta’kidlash joizki, pedagogik mahorat o’qituvchilar hamda tarbiyachilar 
shaxsiy va kasbiy sifatlarining yig‘indisi bo’lib, o’qituvchi mahoratini shakllantirishni 
ta’minlovchi omillarni, pedagogik-psixologik, metodik bilimlarni doimiy egallab 
borishi lozim. Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishni ta’minlovchi omillar 
quyidagilar: 
a) 
ixtisoslik bo‘yicha o‘quv predmetini zamon, ilm-fan, texnika taraqqiyoti 
darajasida mukammal bilishi, uning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini 
ta’minlash malakasiga ega bo’lishi; 
b) 
ta’lim oluvchilarning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy 
xususiyatlarini hisobga olishi, ularning faoliyatini obyektiv nazorat qilishi va baholashi; 
c) 
ta’lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o‘z 
faoliyatini tashkil etishi; 
d) 
o‘quv - tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun 
asosiy pedagogik- psixologik va metodik ma’lumotlarga ega bo’lishi; 
e) 
fanlarni 
o’qitish 
jarayonida 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalari 
imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi; 
f) 
jamoani «ko‘ra bilish», o‘quvchilarning qiziqishlari, intilishlari, ularning 
hayot faoliyatlarida uchraydigan qiyinchiliklarni tushunish va hamdard bo’la olish, o‘z 
vaqtida ular fikrini anglay bilish, zukkolik bilan har bir bolaning xarakter xususiyati, 
qobiliyati, irodasini tushunish hamda ularga muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsatishning shakl, 
usul, vositalaridan xabardor bo’lishi; 
g) 
o‘z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy 
ehtiyoji, didi va hokazo) ni takomillashtirish malakasiga ega bo’lishi. 
O’qituvchining pedagogik mahorati pedagogika oliy ta’lim muassasalarida 
shakllanib boradi. Yuksak saviyali pedagogik kadrlar tayyorlashga nisbatan talablar: 
ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, o‘z kasbi 
bilan uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan o’qituvchining shakllanishi, bo’lajak 
o’qituvchi umummilliy mavqeining o‘sib borishini ta’minlaydi. 




Download 245,37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 245,37 Kb.
Pdf ko'rish