• Xisoblash intellekti va sun’iy intellekt orasidagi farq.
  • Xisoblash intellekti va uning ilovalarining tamoyillari.
  • Neyron tarmoqlar.
  • Evolyusion xisoblashlar.
  • O’qitish nazariyasi.
  • Extimolli usullar.
  • Mavzu bo`yicha savollar
  • 3-amaliy mashg‘ulot: Hisoblash intellekti asoslari




    Download 57,5 Kb.
    Sana19.01.2024
    Hajmi57,5 Kb.
    #141283
    Bog'liq
    3-amaliy. Hisoblash intellekti asoslari.


    3-amaliy mashg‘ulot: Hisoblash intellekti asoslari.

    1. Hisoblash intellekti mashinali intellektning yuqori koeffitsentli tizimi sifatida.

    2. Noqat`iy to`plam.

    3. Xaos nazariyasi asoslari.

    1.3. O`quv materiallari:
    Xisoblash intellekti (Computational intelligence) tushinchasi kompyuterning muayan masalani yoki tajriba-kuzatuv natijasida olingan ma’lumotlarni o’rganish qobiliyatini nazarda tutadi. Ammo shu paytga qadar to’liq va umum qabul qilingan ta’rif ishlab chiqilmagan.
    Xisoblash intellekti va sun’iy intellekt orasidagi farq. Xisoblash intellekti ham va sun’iy intellekt ham o’xshash maqsadlarni ko’zlaydi, ya’ni ularning uzoq muddatli maqsadi “umumiy intellekt”ni ishlab chiqish. “Umumiy intellekt” esa quyidagi natijani nazarda tutadi: inson echa oladigan har qanday intellektual masalani echish qobiliyatiga ega mashina intellektini ishlab chiqish. Ba’zi malumotlarga ko’ra xisoblash intellekti sun’iy intellektning ko’rinishlaridan biri. Ammo bu xaqda yagona fikr mavjud emas.
    Mashina intellektining ikki turi mavjud:

    • qat’iy xisoblash usullariga asoslangan sun’iy intellekt;

    • turli vaziyatlarga moslashuvchan yumshoq xisoblashlarga asoslangan xisoblash intellekti.

    Murakkab xisoblash usullari ikkilik (binar) mantiqqa (true yoki false, 0 yoki 1) asoslanadi. Amliyotdagi kompyuterlar shu mantiq asosida ishlaydi. Xozirgi davrga kelib shakllangan muammolardan biri shuki, tabiiy tilda ifodalangan bilimlarni (masalan, noqat’iy ma’lumotlarni) 0 va 1 qiymatlarda ifodalashning imkoniyati yo’qligi yoki murakkabligidir. Bu kabi holatlarda noqat’iy mantiqqa asoslangan yumshoq xisoblashlar o’rinli xisoblanadi. Noqat’iy mantiq inson miyasining ish faoliyatiga yaqin bo’lib xisoblash intellektining muxim jixatlaridan biri xisoblanadi.
    Noqat’iy va binar mantiqlar noqat’iy va qat’iy tizimlarga xos. Qat’iy mantiq sun’iy intellekt tamoyillarining bir qismi bo’lib muayan to’plamda aniq bir elementning borligi yoki yo’qligini namoyon etadi. Noqat’iy mantiq esa elementning muayan to’plamga qisman tegishli ekanligiga asoslanadi. Bu degani, aniq bir elementning muayan to’plamga tegishliligi 0 va 1 oralig’ida belgilanadi.
    Xisoblash intellekti va uning ilovalarining tamoyillari. Xisoblash intellektining qo’llanish sohalari quyidagilar:

    • informatika;

    • injeneriya;

    • ma’lumotlar tahlili;

    • biotibbiyot.

    Noqat’iy mantiq. Noqat’iy mantiq xisoblash intellektining tamoyillarida biri bo’lib, uning mazmuni real xayotdagi ma’lumotlarning to’liq va aniq bo’lmagan sharoitlarida murakkab jarayonlarni o’lchash va modellashtirishdan iborat. Noqat’iy mantiqning sun’iy intellektdan farqi ham shunda, ya’ni sun’iy intellekt aniq bilimlarni talab etadi.
    Noqat’iy mantiq usuli asosan quyidagi holatlarda qo’llaniladi:

    Xozirgi davrda noqat’iy mantiq insonlar amaliyotda foydalanadigan texnik qurilmalar va jixozlarda, masalan, kir yuvish mashinalari, mikroto’lqinli pechlar, elektr isitish qurilmalari, videokameralarda qo’llanilmoqda.
    Neyron tarmoqlar. Xisoblash intellekti bo’yicha mutaxassislar va olimlar biologik neyrondan andoza olib sun’iy neyron tarmoqlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanmoqdalar. Neyron tarmoq quyidagi komponentalardan tashkil topgan:

    • xujayraning badani (axborotni qayta ishlash qurilmasi);

    • akson (signalni uzatish qurilmasi);

    • sinaps (signalni nazorat qilish qurilmasi).

    Sun’iy neyron tarmoqlar quyidagi holatlarda qo’llanilishi keng tarqalgan:

    • tibbiy ma’lumotlarni tahlil qilish va sinflashtirish;

    • shaxslarni tanish;

    • tizimlarning nochiziqliligini yo’q qilish;

    • nazorat.

    Evolyusion xisoblashlar. Evolyusion xisoblashlar tabiiy tanlanish (Darvin ta’limoti) jarayoniga asoslanib sun’iy evolyusiya metodologiyasini ishlab chiqishni nazarda tutadi. O’z tarkibiga evolyusiya strategiyasi va evolyusion algoritmlarni ham qamrab oladi. Uning ilovalari asosan quyidagilardan iborat:

    • optimallashtirish;

    • ko’p maqsadli optimallashtirish;

    • DNK tahlili;

    • rejalashtirish masalalari.

    O’qitish nazariyasi. O’qitish psixologiyasida o’qitish nazariyasi kognitiv, emosional kabi holatlarni va tajribalarni umumlashtirish (birlashtirish) jarayoni bo’lib, bilimlar, ko’nikmalar, qadriyatlar va dunyoqarashni kengaytirish yoki o’zgartirishni nazarda tutadi. Natijada o’qitish nazariyasi avvalgi tajribalar asosida prognozlar qilishga yordam beradi. Xisoblash intellektida ana shularni inobatga olish nazarda tutiladi.
    Extimolli usullar. Extimolli usullar noqat’iy mantiqning asosiy elementlari sifatida xisoblash intellektual tizimining tasodifiylik xususiyatiga ega natijalarini baholashni nazarda tutadi. Extimolli usullar dastlabki bilimlarga asoslanib muammoning imkoniyatdagi echimlarini aniqlab beradi.
    Mavzu bo`yicha savollar:

    1. Xisoblash intellekti va sun’iy intellekt orasidagi farqni tushintiring.

    2. Xisoblash intellekti va uning ilovalarining tamoyillariga nimalar kiradi?

    3. Noqat’iy mantiqning mazmunini tushintiring.

    4. Neyron tarmoqlarni tushintiring.

    5. Evolyusion xisoblashlarni tushintiring.

    6. O’qitish nazariyasini tushintiring.

    Download 57,5 Kb.




    Download 57,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-amaliy mashg‘ulot: Hisoblash intellekti asoslari

    Download 57,5 Kb.