Pedagog olim Komil Zaripov o’qituvchining
kasbiy mahorati mazmun va
mohiyatini “Ilg‘or o'qituvchi”, “Ijodkor o’qituvchi”. “Novator o’qituvchi” timsolida
asoslaydi va shunday ta'nflaydi:
“Ilg‘or o’qituvchi” avvalo boshqa o’qituvchilarga qaraganda o‘z ishiga mas’uliyat
bilan qaraydi. Shu sohadagi ijobiy tajribalarni o‘rganib, o‘z darslarida, ta`lim
muassasasidan va guruhdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda qo’llaydi. Shu orqali u ta’lim
va tarbiya sohasida muayyan yutuqlarni qo’lga kiritadi.
“Ijodkor o’qituvchi”da ham “Ilg'or o’qituvchi”dagi xususiyatlar bo‘lishi mumkin.
Ularning jiddiy farqi shundaki, ilg‘or o’qituvchi mavjud manbalarni o‘rganib; shular
asosida ta`lim - tarbiya bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshirsa, ijodkor o’qituvchi
bor manbalarga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi. Ko‘p hollarda mavjud metodik yo‘l - yo'riq
larga o‘z munosabatini bildirib, sharoit va vaziyat taqozosiga, o'zining imkoniyatlariga
qarab mavjud tartiblardan farqli zamonaviy metodi usullardan foydalanadi”, “Novator
o’qituvchi”, o'zining yaxlit pedagogik vosita va usullari mavjudligi bilan farqlanib
turadi. Shu bilan birga novator o'qituvchining ilmiy tahlili, o‘ziga tanqidiy ko‘z bilan
qaray bilish xususivatlariga ham ega bo’ladi. Ularning ko‘pchiligida g‘oyat
murakkab,
boshqalar o‘zig ishonmaydigan sharoitlarda ham o‘z ishlarining to‘g‘ri ekanligiga
ishonch bo’ladi.
Demak, pedagogik mahorat egasi bo’lish uchun o’qituvchi o‘zida ham ilg‘orlikni,
ham novatorlikni (yangilikka intilish), ham ijodkorlikni tarbiyalashi lozim. "
Pedagogik mahoratning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uning o'qituvchi
shaxsi va kasbi to‘g‘risida mukammal ma’lumot va tushunchalarga ega ekanligidadir.
O'qituvchi inson sifatida shaxsiy fazilatlarg ega bo’lishi bilan birga, kasbiy, ya’ni
ixtisoslik fazilatlariga ham ega bo’lishi lozimligini tajriba ko‘rsatmoqda.
Shaxsiy sifatlar tizimida: milliy mafkuraviy onglilik, milliy adolatlilik, farosat,
nozik didlik, o‘z kasbiga sadoqat va vijdoniylik, tashabbuskorlik, bolajonlik,
talabchanlik, adolatparvarlik,
pedagogik odol tadbirkorlik, qat’iylik, har qanday
vaziyatda o‘zini idora qila olish millatlararo muloqot madaniyati, kuzatuvchanlik,
samimiylik, topqirlilik kelajakka ishonch, xushmuomalalilik kabi fazilatlarga ega
bo’lishi kerak.
Bo’lajak o’qituvchilarda yuqorida qayd qilingan milliy pedagogikaning faoliyatga
tayyorlovchi shaxsiy va kasbiy sifatlariga ega qilish lozim. Bu hol kasbiy mahorat egasi
bo’lmish va kadrlar tayyorlashning milliy dastur talablarini bajarishga yordam beradi.
"Muallimning yuksak sifati uning aqli, ilmi, fikri, so‘zi, axloq-u odobidadir, -
degan edi taniqli murabbiy, maktabshunos olim Hikmatulla Abdullayev o‘zining
“Yashil daftar hikmati” asarida. - O'qituvchining yuz qarashlari ham, gapirishlari ham,
qalbi ham, ko'rinishi ham, yurish-turishi ham, kiyinishi ham chiroyli va ibrat namunasi
bo'lsin. Ayniqsa,
uning nutqi tushunarli, ravon, ta’sirli bo‘lishi darkor. U muloqotda
bamisoli so‘z zargari ekanligini ko’rsata olishi muhimdir. Shunga erishish kerakki,
odamlar, ayniqsa, ota- onalar va o'qituvchilar uni rostgo'y, halol, pokiza, sog'lom fikrli,
shafqatli va muruvvatli, insonparvar kishi sifatida e’ tirof etsinlar”.
O’qituvchi «Sog‘lom avlod uchun» kurashuvchi, bor bilimi va tajribasini ta`lim-
tarbiya ishiga bag‘ishlagan, o‘z qadrini, o‘z hurmati, o‘z obro‘sini saqlaydigan inson.
Shuning uchun vaqt oltindan, dur-u gavhardan qimmatlidir. U har bir daqiqa vaqtni
to‘g‘ri taqsimlaydigan, bajariladigan vazifalarni hisobga oluvchi, darsga tayyorlanishi,
dars o‘tkazishni rejalashtiradigan, ta`lim muassasasining umumiy qo‘shimcha
topshiriqlarini tez va sifatli bajaradigan hamda vaqtida ovqatlanish, vaqtida dam olishni
biladigan intizomli shaxsdir.
Ta’lim va tarbiya jarayoni har bir o’qituvchidan
ulkan aql-zakovat, sabr-toqat,
matonat, o’quvchilarga va o‘z kasbiga yuksak mehr- muhabbatli bo’lishni talab etadi.
O’qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini orttirib borishi, o‘quvchilarni
chuqur tushunish, ularning ichki dunvosini payqay olishi, o‘sish va rivojlanish
darajalarini nazorat qilib borishi va zarur paytda so'z, ishonch amaliy harakat bilan
yordam bera olish qobiliyati ta’lim va tarbiya jarayonining muvaffaqivatini
ta’minlovchi omillardir.
Pedagogik kasb - bu barkamol inson sifatida xarakterlanuvchi ijtimoiy ahamiyatga
molik fazilatlarning barqaror tizimidir. O’qituvchi o‘z kasbiga ixlos qo‘yishi
va uning
ijtimoiy ahamiyatini tushunib yetishi, bolalarga ta’sir o'tkazishi va ular bilan
hamdardligini namoy qila olishi shunday fazilatlar majmuasidirki, ular o’qituvchi
faoliyati va muloqoti bilan uyg’unlashganda o’qituvchi mehnatining butunligiga
erishiladi.
O'qitish va tarbiyalash - bular bir-biridan ancha farqli tushunchalardir. O’qituvchi
o‘z kasbining to’la ma’nodagi egasi bo’lishi uchun atrof-muhitidagi odamlar orasida
hurmat-e’tibor qozona olishi kerak. O'qituvchi hamma joyda madaniyatli murabbiy,
ezgu fazilat egasi sifatida namuna bo’lishi zarur.
O’qituvchining mahorati pedagogika oliy ta`lim muassasalari bilim va malakalarni
egallash davridayoq, shakllanib boradi. Pedgogik kadrlar tayyorlash,
ularning
malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi kasbga moslashishi, tanlangan kasb
ichidagi uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan, keng ma’nodagi o’qituvchning
shakllanishiga bo’lgan talabga muvofiq holda bilimlarning pedgogik-psixologik va
umummilliy mavqeining o‘sib borishida ketmog’i lozim.
Ayniqsa, o'qituvchilarning qobiliyatida notiqlik san’ati qancha kuchli va ta’sirchan
bo’lsa, o‘quvchilar uning so‘zini zo‘r ishtiyoq bilan tinglaydi. O’qituvchi o’z kasbiga
ixlos qo‘yib. o‘zining pedagogik iste’dodini, samimiy munosabatini o‘quvchilar orasida
namoyon etsa, o’qituvchi bilan o’quvchilar orasidagi o‘zaro muloqot yuksak darajada
mustahkamlanib boraveradi.
O’qituvchilik faoliyati ushbu kasbni tanlagan har bir yosh yigit qizlardagi qobiliyat
va iste’dodning barcha qirralarini ishga solish majbur qiladi. A.S.Makarenkoning
fikricha, “jamoada 4 ta qobiliyatsiz o'qituvchi o’rniga, 4 ta qobiliyatli tarbiyachi-
o‘qituvchi bo’lgani ma’qulligi haqida gapirgan edi. Bu bilan u qobiliyatsizlik kishilar
ta`lim-tarbiya ishiga katta zarar yetkazishi mumkinlig alohida uqtiradi.
Avvalo, o’qituvchilar - ta`lim muassasasidagi ta`lim va tarbiya jarayonning asosiy
tashkilotchilaridir. Yigit va qizlarning fanga umumiy
tayyorgarlik darajasi hamda
mustaqil ijodiy tafakkur taraqqiyoti, tarbiyalanganlik darajasi dastur va darsliklargagina
emas, balki o'qituvchilarga, ularning mahorati hamda fuqarolik darajalariga ham
taalluqli bo’ladi. Shu boisdan ham pedagogika oliy ta’lim muassasalariga o'qituvchilik
kasbini sevgan, unga chin ko'ngildan qiziqqan va moyilligi bo’lgan iqtidorli
yoshlarnigina qabul qilinishi lozim.