Pedagogik mahoratni egallash vositalari




Download 245,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana04.01.2024
Hajmi245,37 Kb.
#130159
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- Ma\'ruza matni 2- semestr

Pedagogik mahoratni egallash vositalari 
O’qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat 
ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo’lishi, shu bilan birga, 
pedagogik mahorat qirralarini namoyon eta olishi, yetuk o’qituvchi sifatida barkamol 
insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib 
hissasini qo‘shishi zarur. 
Pedagogik mahorat - yuksak pedagogik tafakkur, ta`lim-tarbiya jarayoniga ongli, 
ijodiy vondashuv, metodik bilimlarni samarali qoilay olish qobiliyati boiib. u doimiy 
ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, o‘rta Osiyo 
mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor 
bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning o'qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy 
jihatdan o'rganish jarayonida tarkib topadi. Yosh o’qituvchilarning, shuningdek, ta’lim 
muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo’gan o’qituvchilarning pedagogik 
mahoratga ega bo’lishlari o'zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo’lida bir 


qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quyidagi vositalar 
asosida yanada rivojlantirish mumkin: 
Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro‘y berayotgan eng so’nggi 
yangiliklar haqida ma’lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, internet materiallari, portal 
tizimi, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, ilg‘or 
texnologiyalar bilan tanishib 
borish, 
ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni 
umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash). 
Tajribali 
ustoz o’qituvchilar faoliyatini o‘rganish (ta`lim muassasasidan chetga 
chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. 
Tajribali o’qituvchilar faoliyatini o‘rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan 
mashg'ulollarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan 
taassurotlarni umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir). 
O’qituvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va 
institutlarida kasbiy malaka va ko‘nikmalarni oshirib borish. 
Doimiy ravishda ilmiy' anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda 
seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglar) da faol ishtirok etish. 
Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim 
muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni 
o‘rganish. 
Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish 
ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy 
mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning 
to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato 
yoki kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo’llarini topish 
imkoniyati mavjud. 
Pedagogik mahoratga ega bo’lish ta`lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi 
bo’libgina qolmay, ayni vaqtda o’qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘-
e’tiborini oshiradi, o‘quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi. 
Kasbiy mahoratni oshirish yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik 
faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo’lish, o‘quvchilar, 
hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish 
imkoniyatini yaratadi. 
Hozirgi paytda O`zbekiston Respublikasida yosh o’qituvchilarning kasbiy 
mahorati, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida qizg‘in faoliyat 
olib borilmoqda. Xususan, O`zbekiston xalq ta’limi vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot 
banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” 
loyihasi doirasida respublika hududlarida masofadan o’qitishning “Ta`lim-resurs” 
Markazlari tashkil etilgan. Ushbu faoliyat natijasida yosh o’qituvchilarning xorijiy 
mamlakatlarda kasbiy malakalarini oshirish imkoniyati tug'ildi. Maktablarga yosh 
o’qituvchilarni jalb etish va ularga har tomonlarna amaliy yordam berish, ta`lim-tarbiya 
jarayoniga ilg‘or va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish maqsadida 
2009-yildan boshlab “Respublika yosh o’qituvchilar assotsiatsiyasi" o‘z faoliyatini 
boshladi. 
Mustaqillikka erishgach, birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov tashabbusi bilan


1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng 
nishonlanadi. Mamlakatimizda an’anaviy ravishda “Yilning eng yaxshi pedagogi” 
Respublika ko‘rik-tanlovi o'tkazilib kelinmoqda. Umumta’lim maktablarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan pedagog xodimlar orasidan ilg‘or va tashabbuskor Oqituvchilar 
aniqlanib rag batlantirilishi, yosh o’qituvchilarda o‘z kasbiga nisbatan hurmat va 
ehtirom uyg‘otadi. 
2006-yildan boshlab esa, “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko‘rik tanlovi 
o'tkazilib kelinmoqda. “Yil maktabi” - Respublika ko'rik-tanlovi o’qituvchilarga jamoa 
asosida ta`lim muassasasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlarni targ‘ib etish uchun sharoit 
yaratmoqda. 
Shuningdek, mustaqillik yillarida respublika xalq tarixi tizimida 3425 nafar 
o'qituvchi va murabbiylar pedagogik faoliyatda ulkan yutuqlarni qo’lga kiritganlari va 
fidokorona mehnatlari uchun turli davlat mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlandilar. 

Download 245,37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 245,37 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik mahoratni egallash vositalari

Download 245,37 Kb.
Pdf ko'rish