O’QITUVCHINING PEDAGOGIK FAOLIYATI TARKIBIY QISMLARI




Download 245,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana04.01.2024
Hajmi245,37 Kb.
#130159
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- Ma\'ruza matni 2- semestr

O’QITUVCHINING PEDAGOGIK FAOLIYATI TARKIBIY QISMLARI 
 
Pedagogik faoliyatnmg maqsadi 
Pedagogik faoliyatnmg obyekti va subyekti
Pedagogik faobyatning vositasi 
Pedagogik jarayonning mohiyatini anglagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda 
bo’lmagan o'qituvchi ta`lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi 


fikrga ega bo’lmaydi. Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, 
rivojlantirish 
bo’lib, 
o’qituvchilarning 
faoliyat 
mezonini 
begilab 
beradi. 
O’qituvchilarning faoliyati pedagogik jarayonning harakat vositasidir. Pedagogik 
jarayonning obyektlari bo’lmish tarbiyalanuvchi insonga, o‘quvchi va o‘quvchilar 
guruhiga hamda alohida o'quvchiga pedagogik jarayonning subyektlari ota-onalar
o'qituvchilar, tarbiyachilar, sinf jamoasi, pedagogik jamoa mas’uldirlar va ular jamiyat 
talablari asosida ta’lim va tarbiya berish faoliyatini bajaradilar. O’qituvchining 
pedagogik faoliyatida ijobiy natijalarga erishishi, mehnat malakasini, ya’ni egallagan 
bilimlarini o‘zining hayotiy va amaliy faoliyatida nechog’lik qo‘llay bilishi bilan 
belgilanadi. 
O’qituvchilarning pedagogik faoliyati samarali bo’lishi uchun zarur bo’lgan 
qobiljyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuzatuvchanlik, nutq malakasi
tashkilotchilik, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni taqsimlab olish, vaziyatni to‘g‘ri 
baholash, yuzaga kelish ehtimol bo’lgan har xil ziddiyatlarni o’z vaqtida bartaraf etish, 
o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi. 
Mazkur fanning mazmunidan kasbga doir topshiriq va vazifalarni yechish uchun 
o'quv-tarbiya jarayonini boshqarish, unga rahbarlik qilishda pedagogik-psixologik 
ta`limot nuqtai-nazaridan yondashish ta`lim-tarbiyani milliy an’analarimiz ruhida 
zamonaviy metodlar asosida modellashtirish, o‘quv- tarbiyaviy jarayonda ilg‘or 
pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish uchun o’qituvchi mahoratining zarurligi 
haqidagi ma’lumotlar va ularni takomillashtirish tizimlari o‘rin olgan. 
Shunga ko'ra, «Pedagogik mahorat» fani kasbga oid bilim va qobiliyatlarni 
o’qituvchilarda shakllantirish, ijodkorlikni tarbiyalash, mahoral ko‘nikma va 
malakalarni egallashlari uchun, pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik, pedagogik 
nazokat, nutq madaniyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib boradi. 
Bu maqsad bo’lajak o’qituvchilarning quyidagi vazifalarni muntazam bajarib 
borishlari orqali amalga oshiriladi: 
Bo’lajak o'qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va metodologik asoslari 
bilan qurollantiriladilar. 
Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik (muloqot), 
pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachilik mahorati, ta`lim jarayonini 
boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texnologiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya 
kabi tarkibiy qismlari to’g‘risidagi bilimlar tizimini egallaydilar. 
Bo’lajak o’qituvchilar milliy urf-odat va an’analarimizda va O‘rta Osiyo 
mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogik mahorat sirlarini 
mustaqil egallashga nisbatan o‘zlarida ehtiyoj va havasni rivojlantirib boradilar. 
Egallangan pedagogik-psixologik va metodik bilimlar, ko'nikma va malakalar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida har bir bo’lajak o’qituvchi o‘zining shaxsiy pedagogik 
mahoratini shakllantiradi. 
O ‘quv-tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so’nggi zamonaviy metod va 
shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy 
asoslarini muntazam o’zlashtiradilar. 
O‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy-ijodiy 
malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egallaydilar. 


Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funksiyasi, tuzilishi to‘g‘risida o'qituvchilar 
uzluksiz ma’lumotlarni o‘rganib boradilar. 
Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalanish 
asosida o‘z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar. 
Bu maqsad va vazifalarning hal etilishi o’qituvchilar va tarbiyachilarni zamon 
bilan hamnafas bo’lishga, yoshlarni tarbiyalash dardi bilan yashash va kelajakni aniq 
ko‘ra olishga o’rgatadi. Har bir o’qituvchi shaxsida mamlakatimizning dolzarb 
muammolarini, maqsad va vazifalarini vijdonan tasavvur qilib, aniq bajarib borishi 
uchun shijoat bilan o‘z imkoniyati, bilimi, tajribalarini ishga solishga o‘rgatadi hamda 
pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish malakalariga ega bo’lishni tarbiyalaydi. 
Xo‘sh pedagogik mahoratning o‘zi nima? Unga hozirgi zamon fani nuqtai 
nazaridan quyidagicha ta’rif beriladi: 
Pedagogik mahorat – o'qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, 
insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, 
ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo'lib, 
o‘qituvchilarning ta ’lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy 
mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta ’minlovchi faoliyatdir. U o'z 
fanini mukammal bilgan, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarlikka ega bo'lgan, 
o'quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo'llarini izlab 
topish uchun, amaliy faoliyat olib boradigan har bir o‘qituvchining kasbiy faoliyatida 
namoyon bo ‘ladi. 
Shunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo’lish uchun o'qituvchi o‘z o'quv 
predmetini davr talablari asosida bilishi pedagogik va psixologik bilimlarga ega 
bo’lishi, hamda insoniylik, izlanuvchanlik va fidoyilikni o‘zida tarkib toptirishi lozim. 
I.P.Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san’atning bir qismi sifatida ta’riflab, 
shunday yozadi: “pedagogik mahorat deganda o’qituvchining pedagogik-psixologik 
bilimlarni, kasbiy) malaka va ko’nikmalarni mukammal egallashi, o‘z kasbiga qiziqishi 
rivojlangan pedagogik fikrlashi va hayotga axloqiy-estetik munosabatda bo‘lishi, o‘z 
fikr-mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi”. Tadqiqotchilarning fikriga 
ko‘ra, quyidagi to‘rtta komponent pedagogik mahoratning asosiy tashkil etuvchilari 
hisoblanadi: 

Download 245,37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 245,37 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’QITUVCHINING PEDAGOGIK FAOLIYATI TARKIBIY QISMLARI

Download 245,37 Kb.
Pdf ko'rish