Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari




Download 245,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana04.01.2024
Hajmi245,37 Kb.
#130159
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- Ma\'ruza matni 2- semestr

Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari 
Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi ilk qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni 
tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning 
milliy zaminini mustahkamlash , zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon 
andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadida ta`lim tizimida ulkan 
bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda Xususan, O`zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan “Ta`lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” to‘g‘risidagi Qonunda ta`lim sohasida olib borilayotgan 
islohotlarda o'qituvchi-tarbiyachilarnmg mehnati naqadar yuksakligi, ular oldida 
barkamol avlodni tarbiyalashdek sharafli va mas’uliyatli vazifa turganligi ta’kidlanadi. 
‘Ta`lim to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida ta`lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy 
taraqqiyotida ustuvor soha deb e’on qilingan hamda ta`lim sohasidagi davlat 
siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berilgan: 
 
ta`lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
 
ta`limning uzluksizligi va izchilligi; 
 
umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limining 
majburiyligi; 
 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limining yo‘nalishini:
 
akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning 
ixtiyoriyligi; 
 
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 
 
davlat ta`lim standartlari doirasida ta`lim olishning hamma uchun ochiqligi
 
ta`lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan vondashuv; 
 
bilimli bo’lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; 
 
ta`lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. 
Ushbu prinsiplar zamirida o’qituvchi pedagogik faoliyatining asosiy mohiyati 
mujassamlangan bo’lib, uni hayotga tatbiq etish o'qituvchilari zimmasiga yuklatilgan. 
Oqituvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlovchi asosiy javobgar shaxs 
ekan, uning pedagogik mahorati ham hozirgi zamon talablari darajasida, jahon 
andozalariga mos ravishda shakllanishi kerak. Shu jihatdan, “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”da ham o’qituvchining kasbiy mahoratini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilgan. 
Jumladan, Dasturning 4.2. bandida pedagogik kadrlarning malakasini oshirish va ularni 
qayta tayyorlashning zamon talablariga moslashuvchan, ta`limning yuqori sifatli va 
barqaror rivojlanishini ko‘zlovchi tizimini vujudga keltirish ta’kidlanadi. Pedagog 
kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh 
darajada ularning kasbiy sifatlarini takomillashtirishni qo’llab-quvvatlash ta’minlanadi. 
Ushbu talablar zamirida ham o’qituvchining pedagogik mahoratini uzluksiz 
takomillashtirib borish naqadar muhim va davr talabi ekanligi ta’kidlanmoqda. Shunday 
ekan, “Pedagogik mahorat” fanining vazifalarini “Ta`lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari belgilab beradi. Uning vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
 
ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlarni 
insonparvarlik va demokratik tamoyillarga moslab olib borish; 


 
ta`lim mazmunini mamlakatmng ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti 
istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning 
zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda boyitib borishni ta’minlash; 
 
bo’lajak o’qituvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan dunyoqarashini 
rivojlantirishda milliy urf-odat va an’analarimizdan, boy adabiy merosimizdan samarali 
foydaianishning tezkor metod va usullarini ishlab chiqish va joriy etish; 
 
ta`lim va tarbiya jarayonini kelgusida o’qituvchilardan talab qiladigan 
darajada sifatini va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlash 
uchun normativ hujjatlar, o‘quv-uslubiy adabiyotlar, moddiy-texnika va axborot bazasi 
bilan boyitib borish; 
 
bo’lajak o'qituvchilarning yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasi, malakasi, 
bilimi, madaniy va ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatini zamon talablariga javob 
beradigan darajada oshirib borish; 
 
bo’lajak o’qituvchilarni yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan pedagogik 
faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarishga o‘rgatish. 
Pedagogik mahoratni egallashda kasbga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallash, 
pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda bo’lish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, 
bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan 
bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch 
hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash 
hamda ularni bartaraf etish yo’llarini topish imkoniyati mavjud. 
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o’qituvchining doimiy ravishda fanlarni 
mutolaa qilish bilan shug‘ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: "O'qituvchi 
muntazam ravishda fan bilan shug'ullanmog`i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va 
toshga o‘xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda 
bunday o'qituvchidan hech qanday natija kutib bo‘lmaydi. 
Hozirgi zamon fan va texnikasi jadal suratda rivojlanayotgan, zamonaviy axborot 
texnologiyalarining salmog‘i keskin oshayotgan bir davrda o’qituvchi pedagogik 
mahoratini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar, ilgari fanning biror 
sohasida ro‘y berayotgan yirik kashfiyot qariyb o‘n besh yillik samarali va kishi zo‘rg‘a 
ishonadigan voqea hisoblangan bo’lsa, hozir har yili, hatto har oyda fan, texnika soha-
sida yangi kashfiyotlar yaratilmoqda, bilimlarning ilgari noma’lum bo’lgan yangi 
yo‘nalishlari maydonga kelmoqda. Kishilarda bilimga bo’lgan intilish beqiyos darajada 
o‘sib borayotir. Shuning uchun hozirgi kunda o’qituvchi faqat o‘z fani bo‘yicha emas, 
balki o‘z faniga yaqin bo’lgan sohalardagi yangiliklarni bilishi talab etiladi. 
Bizga ma’lumki, ilg‘or jamiyat fuqarosining, xususan o’qituvchining ma’naviy 
boyligi uning keng dunyoqarashi, teran fikrlash layoqati, savodxonligi, yuksak insoniy 
fazilatlarga boyligi bilan baholanadi. “Barcha illatlarning kelib chiqishi ilmsizlikdandir” 
degan edi yunon faylasufi Sokrat. Shunday ekan, yosh avlodning yuksak bilim va 
tafakkur sohibi bo’lishi uchun barchamiz javobgarmiz. Bu javobgarlik ko‘proq 
o’qituvchilar zimmasida 
Darhaqiqat, Oqituvchilarning obro‘-e’tiborini ta’minlaydigan ilk vosita uning 
tarbiyalanganlik darajasidir. Birinchidan, o’qituvchi ma’naviy jihatdan sog’lom va keng 
fikrlay oladigan bo’lishi, o‘z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk 


siymolari ijodiy merosini teran bilishlari kerak. Binobarin, o‘zi tanlagan mutaxassislik 
va fan sohasida izlanishlar olib borgan, allomalarning hayoti va ijodini yaxshi bilishi 
hamda mantiqiy tafakkurga ega bo’lishi lozim. Bu o’qituvchi pedagogik mahoratining 
shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, milliy an’analarimiz, urf-
odatlarimiz, qadriyatlarimiz asosida davlatimizning buyuk kelajagi bo’lmish yosh 
avlodga chuqur bilim berish o’qituvchilardan yuksak qobiliyatni va ishchaniikni talab 
qiladi. 
O’qituvchilik kasbining shakllanishi davomida uning pedagogik mahorati 
takomillashib boradi. U har xil psixologik xususiyatlarga ega bo’lgan o‘quvchilar bilan 
ta`lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi. Turli ziddiyatlarga duch keladi. Bu o‘z navbatida 
uni tinimsiz ijod qilishga, tarbiyaning har xil vosita va usullarini topib, mohirona 
qo’llashga majbur etadi. Tarbiya natijasida belgilangan maqsadga erishish uchun 
o’qituvchilar yillar davomida yig’ilgan tajriba va malakalariga tayanib ishlaydilar. 
o‘quvchilarning nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan barcha yutuqlari va ijobiy 
natijalari o’qituvchi pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositalar 
hisoblanadi. O’qituvchi pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini bilishi, uning 
cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi lozim. Quyida keltirilayotgan pedagogik mahorat 
fanining asosiy tarkibiy qismlari milliy an’ana va urf-odatlanmizdan kelib chiqib
hozirgi global rivojlanish davrida yanada to’ldirilib borilishi mumkin. 

Tushunarli, ta’sirchan fikr va his-tuyg‘ularni so‘zda aniq ifodalash. 

Ma’noli va ochiq chehrali nigoh bilan qarash. 

Hissiy- psixik vat turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo’lgan ijodiy
kayfiyatni boshqarish. 

Kulgi va tabassumda samimiylikni e’tirof etish. 

O‘quvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag‘batlantiruvchi munosabatda 
bo‘lish. 

Aniq imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlata olish. 

Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin 
foydalana olish. 

Download 245,37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 245,37 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari

Download 245,37 Kb.
Pdf ko'rish