O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
19-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2023
“PRIMITIV REKURSIV FUNKSIYALAR” MAVZUSINI O‘QITISHDA “BUMERANG”
TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Muhammad Quvondiqovich Quvondiqov
Toshkent moliya instituti o'qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada “Primitiv rekursiv funksiyalar” mavzusini “Bumerang”
texnologiyasi yordamida o‘qitish usuli yoritilgan. “Bumerang”
texnologiyasi turli
mazmun va harakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan
mavzularni o‘rganishda qulay bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab
oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining
turli topshiriqlarni
bajarishi, navbat bilan talaba yoki o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli ballni to‘plashiga
imkoniyat beradi, talabalarni mashg‘ulot jarayonida,
darsdan tashqarida turli
adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab
bera olish, fikrini erkin bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha talabalarni
baholay olishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
Primitiv
rekursiv funksiyalar, “Bumerang” texnologiyasi, dars,
talaba, o‘qituvchi, mavzu, baholash, gurux, o‘quv materiallari.
Otilgan buyumning otuvchiga qaytib kelishini ta’minlovchi o‘roqsimon
otish
quroliga bumerang deyiladi. Ta’limda bumerang metodining ma’nosi pedagog
tomonidan tashlangan muammoli masala yoki mavzuning
talabalar tomonidan
o‘zlashtirilgan holda o‘qituvchiga og‘zaki yoki yozma shaklda qaytishidan iborat.
1. Darsda o‘rganiladigan mavzuning rejasida 4 ta qism mavzular bo‘lsa, o‘quv
xonasidagi talabalar ham 4 guruhga ajratiladi. Rejadagi birinchi qism mavzu o‘qituvchi
tomonidan tayyorlangan javoblari bilan birinchi guruh talabalarining har biriga
taqdim etiladi. Shu tariqa rejadagi boshqa qism mavzular
ham javoblari bilan
birgalikda o‘ziga mos nomerdagi guruhlarning talabalariga tarqatiladi. Har bir
guruhdagi talabalar o‘zlariga javoblari bilan taqdim
etilgan bitta qism mavzuni
o‘qituvchi tomonidan belgilangan reglamentda o‘rganib chiqadilar.
2. Shundan keyin 4 guruh talabalari aralashtirilib, yangi tarkibdagi 4
guruh
tashkil etiladi. Bu yangi guruhlarning har birida dastlabki 4 guruhlarning barchasidan
bir nechtadan talabalarning ishtirok etishiga erishiladi. Natijada butun o‘quv
materialini yaxlit jamoa bo‘lib o‘rganish imkoniyati tug‘iladi. Muhimi, talabalarda o‘quv
materialini mustaqil o‘rganish, hamkorlikda ishlash,
bilganlarini boshqalarga
tushuntira bilish ko‘nikma va malakalari shakllanadi.
3. O‘qituvchi tomonidan belgilangan reglamentda mavzuni jamoa bo‘lib o‘rganish
yakunlangach, talabalar dastlabki guruhlariga qaytishadi va savoljavoblar boshlanadi.
O‘qituvchining tashkilotchiligi asosida savollar boshqa guruhlar tomonidan bitta
jamoaga beriladi. Jamoa ichidan o‘zlari tanlagan bir talaba sheriklarining to‘plagan
ballarini yozib, jamlab, natijalarini o‘qituvchiga topshiradi. Barcha guruhlar shu tarzda