Primitiv rekursiv funksiyalar




Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana06.10.2024
Hajmi0,94 Mb.
#273738
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muhammad Quvondiqovich Quvondiqov

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
19-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2023
13 – bosqich. O‘qituvchi guruh a’zolari to‘plagan ballarni yana bir marta doskaga 
yozadi va to‘plangan ballar (baholar)ning umumiy qiymatini aniqlaydi. To‘plangan 
ballar (baholar)ning umumiy qiymati barcha guruh a’zolariga teng bo‘linadi 
(kelishganlik asosida). 
Izoh: agar to‘plangan ballarni guruh a’zolariga teng bo‘lishda talabalar tomonidan 
norozilik bo‘lsa, ya’ni ba’zi guruh a’zolari guruhning faoliyatida faol ishtirok etib
umumiy jamoaviy faoliyatda passiv bo‘lgan bo‘lishsa, yoki umuman ishtirok etmagan, 
qiziqmagan bo‘lishsa, bunday holatda vaziyatni yechishni guruh a’zolariga yuklatiladi. 
Guruhning yechimi to‘g‘ri hisoblanadi, yoki o‘qituvchi o‘z fikrini bildirishi mumkin
chunki u dars jarayonida talabalarning javoblari, faol yoki passivliklarini kuzatib 
boradi. 
Umuman olganda, agar talaba faollik ko‘rsatmagan, yoki savol – javoblarda 
ishtirok etmagan bo‘lsa ham uning shu dars jarayonida biron narsani eslab qolib 
o‘zlashtirganini hisobga olgan holda unga eng kichik ball berilishi mumkin. Bu talabani 
keyinchalik shu shakldagi darslarda faolroq bo‘lishga undaydi. Yuqoridagi kabi vaziyat 
vujudga kelsa uning yechimini har bir o‘qituvchi sharoitga qarab o‘zi hal etishi yoki 
guruh, jamoaga tashlashi mumkin. 
Ba’zida guruhning “hisobchilari” ballarni qo‘yishda noaniqlik yoki qo‘shib 
yozishlari mumkin, natijada, ba’zi guruhlarning umumiy to‘plangan ballari boshqa 
guruhlarnikidan juda kam farq qilishi mumkin. Talabalarning haqqoniy baholanishlari 
ularning tanlangan “hisobchi”lariga bog‘liq ekanligini o‘qituvchi oldindan eslatib o‘tadi. 
Agar umumiy to‘plangan ballarni guruh a’zolariga taqsimlaganda shu mashg‘ulot 
uchun belgilangan maksimal balldan ortib ketgan bo‘lsa, u holda shu mashg‘ulot uchun 
kerakli ballni olib qolib, ortiqchasini keyingi mashg‘ulotlarga yoki yakuniy nazoratga 
o‘tkazish mumkin. 
14-bosqich. Har bir talabaga ballar qo‘yilgach o‘qituvchi mashg‘ulotga yakun 
yasaydi. 
Talabalarning faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga o‘z fikrini bildiradi va 
quyidagi savollar bilan ularga murojaat qiladi: 
-bugungi mashg‘ulotdan nimalarni bilib oldingiz? 
-nimalarga o‘rgandingiz? 
-nimalar siz uchun yangilik bo‘ldi? 
-yana nimalarni bilishni istar edingiz? 
15-bosqich. O‘qituvchi talabalarning javoblarini diqqat bilan tinglab ularga 
minnatdorchilik bildiradi va mashg‘ulotni yakunlaydi. 
Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit 
holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. 
Maqolada keltirilgan texnologiya yordamida darslarni samarali tashkil qilish 
mumkin. O‘quv mashg‘uloti davomida o‘quvchilarning qiziqishlarini orttirish 
maqsadida turli zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi [1-
30]. Zamonaviyo ta’lim texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning nafaqat fanga 



Download 0,94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish