BOSHLANG’ICH SINFLARGA INGLIZ TILI DARSLARINI QIZIQARLI
VA SAMARALI TASHKIL ETISH
Archabayeva Nargiza Nasimovna - JDPI stajyor-
o‘qituvchisi, Mahkamboyeva Shaxrizoda Xusan qizi -
JDPI talabasi, Mahkamboyeva Ozoda Xusan qizi -
JDPI talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda zamonaviy
yondashuvlar va innovatsiyalar usullarni qo’llash natijasida, o’quvchilarning
mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi, nutqi ravonlashishi, tez va to’g’ri javob
berish malakasi shakllanishi, bilimga ishtiyoq uyg’otishi, darslarga puxta hozirlik
ko’rishga intilishi haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: zamonaviy, innovatsiya, boshlang’ich, o’yin, ta’limiy, ta’lim,
bingo, texnologiya.
Ingliz tilini o‘rganish bugungi taraqqiyotning asosiy shartlaridan biridir.
Binobarin, yosh avlod o‘rtasida ushbu fanga bo‘lgan qiziqishni nafaqat oshirish,
balki ularning bu yo‘ldagi izlanishlarini rag‘batlantirish ota-onalar qatori
pedagoglar zimmasiga ham mas’uliyat yuklaydi. Zamonaviy boshlang’ich
ta’limdagi eng asosiy va ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’lgan qarorlardan biri bu
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet
tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-
1875-sonli Qaroridir. Ushbu qaror asosida chet tillarini, asosan, ingliz tilini
o’rganish umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-sinflaridan o’yin tarzidagi darslar
va og’zaki nutq darslari shaklida, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va
grammatikani o’qitish bosqichma-bosqich boshlanadi. Qarorga ko’ra, Chet tillarni
o’rganishni yanada rivojlantirish bo’yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi
kengash boshchiligida ta’lim sohasining barcha yo’nalishlarida beqiyos ko’lamli
ishlarni amalga oshirishga kirishildi. Masalan, 2013-2014 o’quv yilidan e’tiboran
umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni o’yin tarzidagi
mashg’ulotlar va og’zaki nutq darslari shaklida uzluksiz o’rgatish yo’lga qo’yildi.
Shuningdek, ushbu sinflarga mo’ljallangan darslik hamda o’quv-metodik
majmualar yaratildi. Diqqatga molik jihati, birinchi sinflar uchun yaratilgan
majmualardagi o’yin-mashg’ulotlarning kichkintoylar yoshiga mutanosibligi
ta’minlanadi. Bolalar xorijiy til bilan ilk tanishishni salomlashish madaniyati,
ranglar va kundalik so’zlarni dialog shaklida o’rganishdan boshladilar. Shubhasiz,
mamlakatimiz ta’lim dargohlarida xorijiy tillar xonalarini zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va o’qitishning ilg’or texnik vositalari bilan
jihozlash, teleradiokanallarda bolalar va o’smirlarni xorijiy tillarga o’rgatuvchi
ko’rsatuv va eshittirishlarni berib borish, boshqa mamlakatlar tarixi va madaniyati,
jahon ilm-fani va texnik yangiliklariga bag’ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy
badiiy va multiplikatsion filmlarni o’zbekcha subtitr yordamida muntazam
namoyish etish yoshlarimizga dunyo xalqlarining o’tmishi, madaniyati, ilm-fani
bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Boshlang'ich sinflarda, ayniqsa, birinchi sinfda o'quvchilarga chet tillarni
o'rgatishda o'quvchining yoshi, fiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish
kerak. Qarorda ta'kidlanganidek, birinchi sinflarda o'yin tarzidagi darslar va og'zaki
nutq darslari shaklida chet tillarini o'rgatishni amalga oshirish, haqiqatan, kichik
yoshdagi o'quvchilarga mosligidir. Ta'limda o'yin texnologiyalaridan foydalanish,
eng samarali vositalardan biridir. O'yin davomida ularning tafakkuri,
dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boradi. Olimlar ta'limga o'yin orqali yondashuv
ta'lim jarayonida osonlashtiradi, deb hisoblagan. Nafaqat osonlashtiradi, balki bu
fanga qiziqishini kuchaytirib,bolani chuqur bilim olishiga undaydi. O'yin tarzidagi
darslar bolalarning og'zaki nutqini rivojlanishiga yordam beradi. Birinchi sinf
o'quvchilari rasmli yoki videoli turli ko'rishlarni juda yaxshi ko'rishadi. Turli xil
rangli rasmlar orqali, ularning nutqlarini o'stirishda o'yinlardan muntazam
foydalanib turish lozim. Masalan, Bu nima?, Bu kim?, Kim ko'p so'z biladi?” kabi
o'yinlardan foydalanish mumkin. O'yin jarayonida bolalarning so'zlarni eslab
qolishi, to'g'ri talaffuz etishiga qarab rag'batlantirib borish zarur. Bolalarning so'z
boyliklarini ortib borishiga qarab boshqa turdagi o'yinlar, turli xil musobaqalarni
tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarga dastlab “Meva nomlari”,
“Kasblar”, “Uy jihozlari” kabi mavzulardagi mashqlarni o’yinlar yordamida
bajartirish mumkin. So’ngra ular kompyuterdagi rang-barang tasvirlarga uyg’un
holatda ko’rsatilsa, o’quvchilarning nutqi rivojlanib, atrof-muhitga munosabat
doirasi kengayadi. Yangi mavzuni namoyish etish bosqichida ekranda so’zlar va
uni aks ettiruvchi rasmlar paydo bo’ladi. O’quvchilar so’zlarni tinglab, ularni
talaffuz etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Mavzuni kompyuter yordamida taqdim
etishda ta’limni individuallashtirish printsipiga e’tibor berish lozim. Ayrim
o’quvchilar so’zning grafik, ayrimlari esa tovushli obrazni qabul qilishda
qiyinchilikka uchraydilar.
Shunday ekan biz ustoz-muallimlar interfaol, innovatsion va qiziqarli
usullardan foydalanib, darsimizni mazmunli o‘tishimiz lozim. Bilamizki, ta’lim
jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini olib kirish,
ulardan maqsadli va to‘g‘ri foydalanish, shu orqali o‘quvchida chet tillarga bo‘lgan
qiziqishni oshirish, o‘qitish samaradorligini yaxshilash eng muhim masaladir.
Bugungi kunda ta’lim sohasida turli xil usullar mavjud. Ulardan dars davomida
yangi mavzuni yoritishda keng va yanada qiziqishlarini oshirish maqsadida
foydalanishimiz kerak.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda yurtimizda xalq ta’limi tizimida chet tillarini o‘qitida
yangi davr boshlandi, talablar, metodika o‘zgardi. Bunda ilg‘or pedagogik
texnologiyalar, interfaol, innovatsion usullardan foydalanish talab etilmoqda.
Maktablarda ingliz tili fani 1-sinflardan boshlab o‘tilayotgani buning tasdig‘idir.
Bilimga chanqoq bolajonlarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish,
ularni ingliz tilining boy olamiga olib kirish o‘qituvchilardan katta mehnat talab
etadi. Albatta, bu borada darslarni turli interfaol o‘yinlar asosida tashkil etish
ularda ishtiyoqini yanada oshiradi, passiv o‘quvchilarni faollashtiradi, sinfda
o‘quvchilar o‘rtasida raqobat qatori o‘zaro jamoadoshlik muhitini yuzaga keltiradi.
Keling, ingliz tili darsini mazmunli o‘tkazish uchun didaktik o‘yinlardan bir
nechta misollarni ko‘rib chiqamiz.
PICTIONARY? ko‘pchilik ingliz tilini o‘rganuvchilar biladigan rasm
chizish o‘yini. Bu o‘yin uchun oddiy doska yoki oq magnit doskadan
foydalanamiz. Sinfni ikki gruhga bo‘lib olamiz va har bir jamoa uchun
doskaning bir tomoniga jadval chizamiz va jamoalarninig to‘plagan
ballarini shu yerga yozib boramiz, guruhlar o‘zlari uchun nom tanlaydilar.
So‘ng har bir guruhdan bitta o‘quvchi doskaga chiqib, teskari o‘girilgan
so‘zlardan bittasini tanlaydi va uni doskaga chizib ko‘rsatadi, qolganlar uni
topadi. So‘zni birinchi topgan jamoaga ball beriladi. OBJECTS? — bu
qiziqarli o‘yin orqali o‘quvchilarning xotirasi va so‘z boyligini tekshiramiz.
So‘z boyligimizni qanchalik oshirsak, ingliz tilida so‘zlashuv mahoratimiz
shuncha yaxshilanib boraveradi. O‘yinning shartlari: doska va sinfxonada
joylashgan 15 buyumdan foydalanamiz. Buyumlarning hammasini stol
ustiga qo‘yib, barcha o‘quvchini chaqirib, stol ustidagi buyumlarni ko‘zdan
kechirishlarini aytamiz, so‘ng hamma buyumlarning ustini biror narsa bilan
berkitamiz. So‘ng o‘quvchilardan eslab qolgan 15 ta buyumni qog‘ozga
yoki daftarlariga ingliz tiliga yozishlarini so‘raymiz. 2-3 daqiqadan so‘ng
o‘qituvchi buyumlar nomlarini doskaga yozadi va o‘quvchilar o‘zlari
yozgan buyumlar nomlarini tekshirib oladi. Eng ko‘p to‘g‘ri yozgan
o‘quvchi g‘olib sanaladi.
BACK TO BACK? — бу o‘yin o‘quvchi xotirasini charxlaydi va eshitish
qobiliyatini o‘stiradi. Stolga rang-barang rasmlarni chap tomoni bilan
qo‘yib chiqamiz, ikki o‘quvchini doskaga chiqaramiz va ularning birovidan
rasmlarni tanlab olishini so‘raymiz, ikkinchi o‘quvchiga ko‘rsatmasdan ular
ikkita bir-biriga teskari stulga o‘tiradilar. Rasmni ushlab turgan bola
topishmoq usulda unda nima tasvirlanganini aytadi va ikkinchi o‘quvchi
eshitgan so‘zlarni qog‘ozga tushiradi. Eshitganlarini yaqqol va aniq tushirsa
o‘quvchi g‘olib bo‘ladi. Bu o‘yin yuqori sinflar uchun ham juda qiziqarli.
BINGO? — bu o‘yinni o‘ynash uchun biroz tayyorgarlik ko‘rishga to‘g‘ri
keladi. Ammo u juda qiziqarli. 4x4 shaklda bingo qog‘ozlarini tayyorlang
va har bir katagiga so‘zlar yozing hamda o‘quvchilarga tarqating. So‘zlar
takrorlanmasligi va siz ularni o‘qib berganingizda o‘quvchilar borlarini
belgilashlari kerak. Sahifadagi barcha so‘zlarni birinchi bo‘lib belgilagan
o‘quvchi g‘olib sanaladi.
Ushbu o‘yinlarni darsingizda qo‘llab ko‘ring va erishgan natijalaringiz hamda
tajribangizni hamkasblaringiz bilan o‘rtoqlashing!
Darhaqiqat, sezgi a'zolar orqali til o'rganish boshqa usullarga qaraganda foydali va
samarali hisoblanadi . Masalan, o'quvchi birgina olmani tatib ko'rish jarayonida
uning rangi, ta'mi, hajmi, hidi qanday ekanligini biladi va uning inglizcha nomini
ham aytadi. Natijada esa, o'qituvchi bolalardan ranglarning inglizcha nomini so'rab
qolsa, bolalar darrov meva yegan paytini eslaydi. Demak, bunday usullardan
foydalanish o'quvchining ma'lumotlarni uzoq muddatda xotirasida saqlab qolishga
yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilariga til o'rga tishni majburiyat
sifatida emas, aksincha, qiziqarli o'yinlar va innovatsion metodlardan foydalangan
holda olib borishi , ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib
xizmat qilishi mumkin. Shunday ekan, ta'lim tizimi ham o'z oldiga erkin fikrlovchi,
barkamol, yetuk shahsni tarbiyalashni vazifa qilib qo'yar ekan, kelgusida biz
bo'lajak o'qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo'llarini
yanada mukamma lroq ishlab chiqish bilan o'z hissamizni qo'shishimiz mumkin .
|