Primitiv rekursiv funksiyalar




Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana06.10.2024
Hajmi0,94 Mb.
#273738
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muhammad Quvondiqovich Quvondiqov

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
19-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2023
ega bo‘lganliklarini hisobga olgan holda, har bir talabadan o‘rganilgan materialni 
so‘rashi mumkinligini aytadi. 
9 – bosqich. Talabalarga tarqatilgan o‘quv materialining ular tomonidan qay 
darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o‘qituvchi talabalarning nazorat 
savollariga bergan javoblarini reyting ballari orqali baholashini tushuntiradi, masalan, 
savollarga berilgan javoblar– agar to‘liq javob bo‘lsa – 3 ball, qo‘shimcha qilinsa – 2 
ball, o‘tirgan joydan luqma tashlansa – 1 ball, javob berilmasa – 0 ball qo‘yilishi 
belgilanadi. 
Baho sistemasida - to‘liq javob uchun 5 baho, qo‘shimcha uchun 4 baho, luqma 
tashlansa 3 baho, javob bermasa 2 baho qo‘yishni belgilash mumkin. 
Guruh a’zolarining javoblarini yuqorida ko‘rsatilgan tartibda baholash, ballarni 
qo‘yib borish, umumlashtirish uchun har bir guruh o‘ziga guruh qatnashchilaridan 
birini “hisobchi” etib tayinlashi mumkin (“hisobchi” ham davrada bo‘layotgan savol–
javoblar muloqotida ishtirok etadi). 
10 – bosqich. O‘qituvchi tarqatma materiallar asosida tuzilgan savollar (5– 6 ta) 
bilan talabalarga murojaat qiladi (savollar iloji boricha hamma matnlarga tegishli 
bo‘lgani ma’qul, shuningdek, o‘qituvchi o‘quv xonasidagi barcha talabalarni javob 
berish uchun qamrab olishga harakat qiladi). 
Savollardan namunalar: 
1. Arifmetik funksiya tushunchasini ta’riflang. 
2. Hisoblanuvchi funksiya tushunchasini ta’riflang. 
3. Boshlang‘ich funksiyalar tushunchasini ta’riflang. 
4. Funksiyalar superpozitsiyasi deganda nimani tushunasiz? 
5. Primitiv rekursiya sxemasi tushunchasini ta’riflang. 
6. Minimallash operatsiyasi ( -operatori) deganda nimani tushnasiz? 
Misollar keltiring. 
7. Primitiv rekursiv funksiyalar qanday funksiyalar? 
8. Qismiy rekursiv va rekursiv funksiyalarni tushuntiring, farqini ko‘rsating. 
9. Umumrekursiv funksiya qanday funksiyalar? 
10. A.Chyorch tezisini tushuntiring. 
11. Effektiv (samarali) hisoblanuvchi funksiyani ta’riflang. 
12. Funksiyalar superpozitsiyasi ta’rifini keltiring. 
Belgilangan savollarga javob berish tugagach, o‘qituvchi doskaga guruhlar 
tomonidan to‘plangan ballarni yozadi va mashg‘ulotning keyingi bosqichiga o‘tadi. 
11 – bosqich. O‘qituvchi har bir guruhni o‘z yozma materiallarining mazmunidan 
kelib chiqqan holda bittadan savol tayyorlashlari kerakligini aytadi va guruhlarga 
savol tuzishlari uchun 5 – 7 daqiqa vaqt ajratadi. 
12 – bosqich. Guruhlar bir–birlariga savollar beradilar, guruhlardagi “hisobchilar” 
esa guruh a’zolarining javoblarini yuqorida belgilangan tartibda baholab boradilar. 
Javoblar to‘g‘ri bo‘lsa, savol bergan guruh javobni to‘ldirmaydi. 



Download 0,94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish