|
Primitiv rekursiv funksiyalarBog'liq Muhammad Quvondiqovich QuvondiqovO‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
19-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2023
savol-javobdan o‘tkaziladi. Bunda qo‘yilgan savolga to‘g‘ri javob bergan talabaga 3 ball,
to‘g‘ri qo‘shimcha qilganga 2 ball, to‘g‘ri replika qilganga 1 ball, umuman fikr
bildirmaganga 0 ball qo‘yiladi.
4. Har bir guruh mavzu bo‘yicha o‘zlari bittadan savol tuzib, unga javob berishni
boshqa jamoalarga taklif etadi. To‘g‘ri javob bergan jamoaning umumiy baliga 3 ball
qo‘shilib, boshqalarga 0 ball qo‘yiladi. Hech kim javob bera olmasa, savolni tuzgan
jamoaning o‘zi javob bersa, ularning umumiy baliga 3 ball qo‘shib qo‘yiladi.
5. Endi har bir talabani baholash uchun ularga mavzu bo‘yicha oldindan
tayyorlangan test topshiriqlari tarqatiladi. Bir guruhning ish natijalarini boshqa jamoa
talabalari tayyor javoblar asosida tekshirib, o‘qituvchi tomonidan taqdim etilgan
shkala bo‘yicha ball qo‘yiladi.
6. Dars o‘qituvchi tomonidan talabalar ishtirokida mustahkamlanadi va
umumlashtiriladi. Guruhlar va talabalarga to‘plangan ballar e’lon qilinib,
rag‘batlantirish amalga oshiriladi. Kelgusi dars uchun kerak bo‘ladigan topshiriq va
vazifalar shakllantiriladi.
Guruh talabalarining tayyorgarlik darajasiga, o‘quv materiallarning hajmi, oson
yoki qiyinligiga bog‘liq ravishda dars vaqtida yetishmovchilik kutilsa, to‘rtinchi
bosqichni o‘tkazmaslik mumkin.
Bumerang texnologiyasini o‘tkazish bosqichlari
1 – bosqich. Guruh talabalari 4–5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi; -
o‘qituvchi har bir guruh va uning har bir a’zosiga mustaqil o‘rganish, fikrlash va yodda
saqlab qolish uchun alohida–alohida aniq yozma tarqatma material beradi. Ularning
soni guruhlar va talabalar soniga bog‘liq. Agar 5 ta kichik guruh bo‘lsa, u holda umumiy
mavzu 5 ta kichik matnlarga bo‘linib har bir guruhga beriladi;
- faoliyat samarali bo‘lishi uchun har bir guruhga berilgan matndan har bir
talabaga beriladi. Shunday qilib, 5 ta guruh umumiy mavzu asosida 5 xil matnga, har
bir talaba esa o‘z guruhiga tushgan matnga ega bo‘ladi.
Namuna sifatida “Primitiv rekursiv funksiyalar” mavzusini 5 ta qismga ajratib
kichik guruhlarga tarqataylik:
1. Minimizatsiya operatori;
2. Qisman rekursiv va rekursiv funksiyalar;
3. Rekursiv to‘plamlar, rekursiv sanaluvchi to‘plamlar;
4. Rekursiv sanaluvchi to‘plamlar panjarasi;
5. Chyorch-Tyuring tezisi.
2 - bosqich. Guruhlarga berilgan matnni guruh a’zolari yakka tartibda alohida
o‘rganishlari, matnni eslab qolishlari, keyin esa kerak bo‘lsa boshqalarga yoki
o‘qituvchiga gapirib berishlari, iloji boricha matnni o‘zlashtirib olishlari kerakligini
o‘qituvchi uqtiradi va tayyorgarlik uchun matnni katta yoki kichikligiga qarab 10-15
daqiqacha vaqt beradi. O‘zi esa guruh va talabalarning ish faoliyatini kuzatadi.
3 - bosqich. O‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘yilgan raqamlar yozilgan kichik
qog‘ozlar bilan xar bir guruh yoniga kelib guruh a’zolaridan ushbu qog‘ozlardan
|
| |