Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi




Download 2 Mb.
bet1/3
Sana19.01.2024
Hajmi2 Mb.
#141500
  1   2   3
Bog'liq
99eTctEUcJ4Tuxa0jTNAeplDb4GWOiqxTriSfTLT

Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi

Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi


MAVZU: INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI
Umumiy o’rta ta’lim maktabida informatika va axborot texnologiyalari ta’limi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish ushbu Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. U umumiy o’rta ta’lim maktabida beriladigan informatika va axborot texnologiyalari ta’limi mazmunining majburiy minimumi hamda o’quvchilarning informatika va axborot texnologiyalaridan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar majmuasini ifodalaydi.
Informatika va axborot texnologiyalari ta’limi majburiy minimumi umumta’lim maktablarida o’quvchilarga informatika va hisoblash texnikasi asoslaridan berilishi zarur bo’lgan ta’lim mazmunining minimumini ifodalaydi.
Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Davlat ta’lim standartining maqsadi
01
02
03
04
05
  • milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
  • o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
  • kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

Davlat ta’lim standartining vazifalari
  • davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.

Download 2 Mb.
  1   2   3




Download 2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi

Download 2 Mb.