|
Qarshi davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Ernazarova Rano Yuldashevnaning “Talabalardagi psixologik stress holatini yengishning tarbiyaviy psixologik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi
|
bet | 1/2 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 13,87 Kb. | | #132053 |
Bog'liq Talabalardagi psixologik stress holatini yengishning tarbiyaviy -fayllar.org
Talabalardagi psixologik stress holatini yengishning tarbiyaviy psixologik asoslarini takomillashtirish
Qarshi davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Ernazarova Rano Yuldashevnaning “Talabalardagi psixologik stress holatini yengishning tarbiyaviy psixologik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligidan psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishiga
TAQRIZ
Dunyoda stress holati kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga asosan, kuchli stress insonlarning jismoniy va aqliy qobiliyatiga salbiy ta’sir etib, ularning psixikasida zo‘riqishlar yuzaga kelishiga hamda salomatligiga ziyon yetishiga sabab bo‘lmoqda. Jahonda stress holatini yengib o‘tishga qaratilgan psixologik usullarni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. Stresslarni boshqarish, stressga qarshi kurashish, stressga moslashish kabi koping strategiyalarni qo‘llash orqali stress holatida psixik barqarorlikni saqlash amaliyoti keng qo‘llanilmoqda.
Respublikamizda shaxs faoliyatida stress holati yuzaga kelishining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talabalar o‘quv faoliyatida stresslar salbiy ta’sirining oldini olish muhim ekanligi bois, stressga barqarorlikni ta’minlash uchun o‘ziga baho berish darajasini me’yorlashtirish va frustratsion tolerantlikni shakllantirish, shu bilan birga yoshlarni destruktiv g‘oyalar ta’siridan himoyalash, stresslarni boshqarish kompetensiyasi va kazusli vaziyatlarda psixologik himoyani faollashtirish amaliyoti qo‘llanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 14- avgustdagi «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3907-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmoni, 2022 yil 28-yanvardagi «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-son farmoni va ushbu sohaga aloqador bo‘lgan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda talabalardagi psixologik stress holatini yengishning tarbiyaviy psixologik asoslarini takomillashtirishdek muhim jihatlarga ham e’tibor qaratilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va mazmuniga ko‘ra materiallar kirish, uch bob, xulosa, amaliy tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 150 sahifani tashkil etadi.
Dissertatsiyaning kirish qismi OAK tomonidan shu toifa ishlarga qo‘yilgan talablar bo‘yicha rasmiylashtirilgan bo‘lib, unda mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslab berilgan, xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari belgilangan, tadqiqot metodlari, obyekti va predmeti ko‘rsatilgan, uning O‘zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi, tadqiqotda olingan natijalarning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, nazariy va amaliy ahamiyati, ishonchliligining asoslanishi, ularning amaliyotda tatbiq etilishi, aprobatsiyadan o‘tkazilishi, ilmiy nashrlarda e’lon qilinishi, dissertatsion tadqiqotning tuzilishi yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning«Psixologiyada stress holatini o‘rganishga nazariy-metodologik yondoshuvlar»deb nomlangan birinchi bobida shaxsda stress holati namoyon bo‘lishining shart-sharoitlari haqidagi nazariy talqinlar, shaxsda stress holati yuz berishining xorijiy psixologiyada o‘rganilganlik holati, shaxsda stress holati yuzaga kelishining mamlakatimiz psixologiyasida o‘rganilganlik tahlili keltirilgan.
Xorij olimlaridan stress holatining paydo bo‘lish asoslari, belgilari, mexanizmlari, stressning shaxs xulq-atvoriga ta’siri borasidagi izlanishlar A.Adler, A. Bandura, R.Kettel, K. Maslak, X.Murrey, G. Sallivan, G. Seleye, Z. Freyd, X. Frendenberger, E. Fromm, K. Xorni, E. Erikson va boshqalarning tadqiqotlarida o‘rganilganligi keng izohlangan.
MDH olimlaridan talabalar o‘quv faoliyatida stresslarning yuzaga kelish omillari va stress holatini yengib o‘tish muammosi A. Akopyan, A. Andreyeva, X. Axmedova, D. Badmayeva, T. Boxan, S. Gagolina, N. Devayev, V. Krivobokova, I. Komarova, O. Lavrov, T. Lisakova, O. Lozgacheva, I. Menishikova, M. Padun, YE. Sapyorova, L. Statuyeva, M. Xutornayalar tomonidan o‘rganilganligi yoritilgan.
Stressga barqarorlikni ta’minlash, frustratsiyaning stressogenlik ahamiyati, stress holati suitsidal xulq yuzaga kelishiga ta’siri, stress holati yuzaga kelishining oldini olishda yoshlarni destruktiv g‘oyalar ta’siridan himoyalash, stresslarni boshqarish kompetensiyasini shakllantirish, ota-onalar va bolalar o‘rtasida muloqotning ko‘lamini oshirish, kazusli vaziyatlarda psixologik himoyani faollashtirish borasida O‘zbekiston olimlari D. Abdumadjidova, R.Abdurasulov, D. Boymirzayeva, U. Butayeva, F. Gaziyeva, A.Jabborov, N. Ismoilova, K. Kadirov, M. Karamyan, Z. Elov, D. Mamadiyarova, N. Sagindikova, Z. Fayziyev, F. SHermatov, G‘.Shoumarov, P. Ergashev, U. Qodirov, O. Hayitov va boshqalar tomonidan o‘rganilganligi keltirilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qarshi davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Ernazarova Rano Yuldashevnaning “Talabalardagi psixologik stress holatini yengishning tarbiyaviy psixologik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi
|