• «Talabalardagi psixologik stress holatini yengishning psixokorreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalari»
  • Psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent: B.Jo‘rayev
  • «Talabalarda psixologik stress holatini yengishning empirik tahlili»




    Download 13,87 Kb.
    bet2/2
    Sana08.01.2024
    Hajmi13,87 Kb.
    #132053
    1   2
    Bog'liq
    Talabalardagi psixologik stress holatini yengishning tarbiyaviy -fayllar.org

    «Talabalarda psixologik stress holatini yengishning empirik tahlili» deb nomlangan ikkinchi bobida stressogen vaziyatlarda talabalar xulq-atvor xususiyatlarini ilmiy tadqiq etishning psixodiagnostik jihatlari, psixologik stressga barqarorlik talabalar xulq-atvorini belgilovchi omil ekanligi, stressogen vaziyatlarda talabalar xulq-atvor determinantlarining namoyon bo‘lish xususiyatlari tadqiq etilgan
    Dissertant talabalar xulq-atvor xususiyatlarini ilmiy tadqiq etishning psixodiagnostik bosqichida “Stressga barqarorlikni aniqlash” testi (N.V. Kirsheva, N.V. Ryabchikova), “Xavotir shkalasi” (J.Teylor), “Koping-strategiyalar indikatori” (D.Amirxan), matematik-statistik tahlil usullaridan o‘rinli foydalangan.
    Natijaga asosan, 1-kurs talabalarida stress omillar yangi muhitga moslashish bilan bog‘liq, 2-kurs talabalarida o‘qish jarayonidagi mas’uliyat, jumladan, imtihon oldi xavotir, 3-kurs talabalarida me’yoriy imtihon oldi xavotir va kelajakdan xavotir, 4-kurs talabalarida bitiruv oldidan imtihonlar xavotiri, kelajakka ishonchsizlik, oilaviy muammolarga bog‘liq ekanligi aniqlangan. Talabalarning stressga moyillik darajasi 1-4-kursda yuqori, 2-3-kursda o‘rta (yuqoriga moyil) ifodalanganligi kuzatilgan.
    Stressga barqarorlik diagnostik natijasiga ko‘ra, talabalarning stressga barqarorlik darajasi 1-kursda quyi, 2-kursda o‘rtadan biroz past, 3-kursda o‘rta, 4-kursda o‘rtadan past darajada ifodalangan. Talabalarning hissiyot, faollik, kayfiyat shkalalari bo‘yicha natijalari 1-2-4-kursda me’yordan past, 3-kursda me’yoriy darajada namoyon bo‘lgan.
    Stress holatida talabalar xulqi ko‘rinishi, ya’ni koping-strategiya qo‘llanilishi diagnostik natijasi ko‘ra, muammoni yechish strategiyasi 1-2-4-kursda quyi, 3-kursda o‘rta daraja; ijtimoiy ko‘mak olish strategiyasi 1-4-kursda yuqori,2-3-kursda o‘rta daraja; muammodan qochish strategiyasi 1-2-kursda yuqori, 3-4-kursda o‘rta daraja ifodalangan.
    Dissertant diagnostik natijalarga asosan psixokorreksiya amaliyoti tashkil etish zarurligini asoslaydi. Psixokorreksiya amaliyotida talabalarda stress holati paydo bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillarni yengish, ularning stressga moyillik darajasini pasaytirish, stressga barqarorligini oshirish, hissiyot, faollik, kayfiyat shkalalarini me’yorlashtirish, muammoni yechish strategiyasini oshirish, ijtimoiy ko‘mak strategiyasini me’yorlashtirish, muammodan qochish strategiyasini pasaytirish vazifasi belgilanganligini ko‘rish mumkin.
    Mazkur dissertatsiyaning «Talabalardagi psixologik stress holatini yengishning psixokorreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalari»deb nomlangan uchinchi bobida talabalarda psixologik stressga barqarorlikni oshirishning ilmiy-uslubiy asoslari, talabalar o‘quv faoliyati bilan bog‘liq stresslarni yenguvchi psixologik determinantlar, talabalardagi psixologik stress holatini yengishning psixokorreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalari joriy etilgan.
    Korreksiya amaliyotidan oldingi va keyingi ko‘rsatkichlari dinamikasiga asosan, stressga barqarorlik darajasi TG barcha kurs talabalarida yuqori darajaga erishilganligi, NGda esa o‘zgarish yuzaga kelmaganligi aniqlangan.
    Birinchi kurs talabalarida stress omillar yangi muhitga moslashish, ikkinchi kurs talabalarida mas’uliyat, imtihon oldi xavotir, uchinchi kurs talabalarida me’yoriy imtihon oldi va kelajakdan xavotir, to‘rtinchi kurs talabalarida imtihonlar xavotiri, kelajak va oilaviy muammolar bilan bog‘liq. Stressga moyillik darajasi 1-4-kurs talabalarda yuqori, 2-3-kurs talabalarda o‘rta (yuqoriga moyil) ifodalandi.
    Talabalarning stressga barqarorlik darajasi 1-kursda quyi, 2-kursda o‘rtadan biroz past, 3-kursda o‘rta, 4-kursda o‘rtadan past darajada, hissiyot, faollik, kayfiyat shkalalari 1-2-4-kursda me’yordan past, 3-kursda me’yoriy darajada. Stress koping-strategiya diagnostikasi bo‘yicha muammoni yechish strategiyasi 1-2-4-kursda quyi, 3-kursda o‘rta daraja; ijtimoiy ko‘mak olish strategiyasi 1-4-kursda yuqori, 2-3-kursda o‘rta daraja; muammodan qochish strategiyasi 1-2-kursda yuqori, 3-4-kursda o‘rta daraja ifodalangan.
    TGda stress holati paydo bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillar ta’sirini kamaytirish, stressga moyillik darajasini pasaytirish, stressga barqarorligini oshirish, hissiyot, faollik, kayfiyat shkalalarini me’yorlashtirish, muammoni yechish strategiyasini oshirish, ijtimoiy ko‘mak strategiyasini me’yorlashtirish, muammodan qochish strategiyasini pasaytirishga qaratilgan 4 bosqichli psixokorreksiya amaliyoti tashkil etilgan. Natijada TGda stress omillarning pasayishiga erishilgan, Stressga moyillik darajasi TGda me’yoriy darajaga pasaygan. Stressga barqarorlik darajasi TGda yuqori darajaga erishilgan. Hissiyot, faollik, kayfiyat shkalalari bo‘yicha TGda me’yoriy darajaga erishilgan. Stress koping-strategiyalari korreksiya bo‘yicha TGda muammoni yechish strategiyasi yuqori, ijtimoiy ko‘mak olish strategiyasi o‘rta, muammodan qochish strategiyasi quyi daraja ifodalangan.
    TG ishtirokchilarida korreksiya amaliyoti samaradorligi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. TG talabalarda stress omillar ta’siri kamayishi, stressga moyillik darajasi pasayishi, stressga barqarorlik oshishi, hissiyot, faollik, kayfiyat shkalalarini me’yorlashishi, muammoni yechish strategiyasini oshishi, ijtimoiy ko‘mak strategiyasini me’yorlashishi, muammodan qochish strategiyasini pasayishiga erishilgan.
    Dissertatsiyaning har bir bobi bo‘yicha aniq xulosalar shakllantirilgan, ular negizida umumiy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ilovalarda oraliq mazmundagi materiallar, ilmiy-tadqiqot metodikalari, psixologik korreksion dastur keltirib o‘tilgan. Umumiy ravishda, dissertatsiya matni ravon va tushunarli tilda, ilmiy uslubga xos tarzda bayon etilgan. Dissertatsiyada keltirilgan jadval va diagrammalardagi ko‘rsatkichlarning psixologik tahlillari keltirilgan, ular o‘qish va tushunish uchun qulay, estetik talablarga mos tayyorlangani bilan ajralib turadi, ularda qo‘pol xatoliklar sezilmaydi. Ishning ko‘plab yutuq va afzal jihatlari bilan birga undagi ayrim tahrirga muhtoj o‘rinlarni ham qayd etib o‘tish o‘rinli:
    1. Ishda mamlakatimiz olimlarining talabalardagi psixologik stress holatini yengishning tarbiyaviy psixologik asoslarini takomillashtirish borasida olib borgan tadqiqotlari kengroq yoritilganda ilmiy ish yanada mukammallashgan bo‘lar edi.
    2. Dissertatsiyaning asosiy qismida (ayniqsa, III bobda) jadval va diagrammalar ko‘plab keltirilgan. Ularni bir qismini ilovalarga o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
    3. Dissertatsiyaning ba’zi sahifalarida grammatik, orfografik xatolar ko‘zga tashlanadi.
    4. Tadqiqot natijalarini raqamlashda biroz chalkashliklar mavjud, jadvallarni tuzish va undagi ko‘rsatkichlarda texnik xatolar ham uchraydi.
    5. Dissertatsiya boblari bo‘yicha xulosalar raqamlar tartibi bilan ifodalanmagan. Boblar bo‘yicha xulosalarni shuningdek, yakuniy xulosani biroz takomillashtirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
    Yuqorida keltirilgan mulohazalar ishning yanada ilmiy jihatdan takomillashtirishga xizmat qiladigan tavsiyaviy xarakterga ega.
    Rano Ernazarovaning dissertatsion tadqiqoti bo‘yicha 11 ta ilmiy ishlari e’lon qilingan, shundan OAK tomonidan tavsiya etilgan respublika ilmiy jurnallarida 5 ta, xorijiy jurnalda 1 ta maqola chop etilgan.
    Qarshi davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Ernazarova Rano Yuldashevnaning “Talabalardagi psixologik stress holatini yengishning tarbiyaviy psixologik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligidan psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi tugallangan mustaqil tadqiqot bo‘lib, OAK tomonidan shu toifa ishlarga qo‘yilgan talablarga javob beradi, uning muallifi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq. Shunga ko‘ra, yuqorida bildirilgan fikrlarga tayanib, dissertatsiyani keyingi bosqich muhokamalarga tavsiya etaman.


    Psixologiya fanlari doktori (DSc),
    dotsent: B.Jo‘rayev
    http://fayllar.org
    Download 13,87 Kb.
    1   2




    Download 13,87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Talabalarda psixologik stress holatini yengishning empirik tahlili»

    Download 13,87 Kb.